|
Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M
|
bet | 3/15 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #249633 | Turi | Referat |
Bog'liq Dushanova Zuhro referatKartani o’qish - kartani kartografik shakllarni tanishga, uning mazmunini talqin qilish va tushunishga asoslangan o’zlashtirish. Kartani o’qish smaradorligi kartaning o’qiy bilish darajasiga, ya’ni ayrim belgilarni kartografik obrazlarni va umuman butun tasvirni o’zlashtirishning yengilligi va tezligiga bog` liq. O’z navbatida o’qiy bilish darajasi shartli belgilarning yaqqolligi, karta bezatilishining sifati, kartaning umumiy yuklanish darajasi, tasvir detallarining farqlanishi bilan belgilanadi.
Raqamli karta - (Numerical map, Digital map, nem. Numerische karte) -sirtning kartalar uchun qabul qilingan proyektsiyada, razgrafkada, koordinatalar va balandliklar tizimida kartografik generalizatsiya qonunlarini inobatga olib shakllantirilgan raqamli modeli. Aslini olganda, “raqamli karta” termini aynan raqamli modelni, raqamli kartografik ma’lumotlarni anglatadi. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiyalash, shartli belgilar tizimi normativlari va qoidalariga to’la rioya qilgan holda yaratiladi. Raqamli karta odatdagi qog ozli, kompyuterli, elektron kartalarni tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi, u kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi, GAT axborot ta’minotining eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi va shu bilan birga GAT amal qilishining natijasi bo’lishi mumkin.
Kompyuterli karta - avtomatlashtirilgan kartografiyalash vositalari yordamida grafik chiqarish qurilmasida (grafopostroitellar, printerlar, digitayzerlar va boshqalarda qog ozda, plastikda, fotoplyonkada va boshqa materiallarda) yoki geoaxborot tizimi yordamida olingan kartadir. Ba’zida ixtisoslashtirilmagan uskunalarda tayyorlangan kartalarni, masalan, alfavit-raqamli bosish qurilmalarida tayyorlangan EHM - katalar yoki ATSPU-kartalar deya atalmishlarni ham kompyuterli kartalar sarasiga kiritadilar.
GAT - texnologiyalar - geografik axborot tizimlarini yaratishning texnologik asosi, ularning funksional imkoniyatlarini realizastiya qilish imkonini beradi.
Geoaxboriy tahlil - ob’yektlar va hodisalarning joylashuvi, strukturasi, o’zaro bog`lanishini fazoviy tahlil va geomodellash uslublaridan foydalanib tahlil qilish.
GATlarning funksional imkoniyatlari - geografik axborot tizimlari va tegishli dasturiy vositalar funksiyalarining to’plami:
ma’lumotlarni mashina muhitiga raqamli ma’lumotlarning mavjud to’plamlaridan import qilish yo’li bilan yoki manbalarni raqamlash yordamida kiritish;
ma’lumotlarni o’zgartirish, shu jumladan ma’lumotlarni bir formatdan boshqasiga kovertastiyalash, kartografik proyektsiyalarni transformastiyalash, koordinatalar tizimlarini o’zgartirish;
ma’lumotlarni ichki va tashqi ma’lumotlar bazalarida saqlash, manipulyastiya qilish va boshqarish;
kartometrik operatsiyalar;
• foydalanuvchilarning personal sozlash vomitalari.
Geoinformatika - fan, texnologiya va ishlab chiqarish faoliyati:
geografik axborot tizimlarini ilmiy asoslash, loyihalash, yaratish, ekspluatastiya qilish va ulardan foydalanish bo’yicha;
geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish bo’yicha;
GATlarning amaliy yoki geoilmiy maqsadlar uchun amaliy aspektlari yoki ilovalari bo’yicha.
Geomatika - bu axborot texnologiyalari, multimedia va telekommunikastiya vositalarining ma’lumotlarga ishlov berish, geotizimlarni tahlil qilish, avtomatlashtirilgan kartografiyalash uchun qo’llanishlari majmui; bu termin shuningdek geoinformatika yoki geoaxboriy kartografiyalashning sinonimi tariqasida ham qo’llaniladi.
|
| |