• Geografik va atributiv ma’lumotlar Ta’kidlab o’tilganidek, GAT ikki tipdagi axborotga birga ishlov berishni nazarda tutadi: geografik
  • -jadval GAT dasturlari va ishlab chiqaruvchi firmalar




    Download 1,64 Mb.
    bet8/15
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #249633
    TuriReferat
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    Dushanova Zuhro referat

    1-jadval
    GAT dasturlari va ishlab chiqaruvchi firmalar



    Ishlab chiqaruvchi firma

    Dasturlar

    MapInfo

    MapInfo Pro

    ESRI

    ArcView, Arc/INFO

    Autodesk GmbH

    AutoCAD MAP, AutoCAD Land De­velopment, Autodesk MapGuide R5, AutoCAD Map 2000

    Caliper

    Maptitude

    Integraph

    GeoMedia

    Tactician

    Tactician

    Geograph

    GeoGraf GIS 2.0

    KREDO- Dialog

    CREDO

    Belgilangan GATda uskunalar va DTga sarflangan xarajatlar ma’lumotlarni olish va ishlashga sarflangan xarajatlarning ancha kam qismini tashkil qiladi. Odatda geografik va atributiv ma’lumotlarni etkazib beruvchilar ma’lumotlarning formati, ular olingan sana, ularning manbalari, sifati va tahlilchanligi to’g risida axborot taqdim etadilar.


    Geografik va atributiv ma’lumotlar
    Ta’kidlab o’tilganidek, GAT ikki tipdagi axborotga birga ishlov berishni nazarda tutadi:

    1. geografik (fazoviy, kartografik) axborot;

    2. atritbutiv (nofazoviy, semantik, tematik, ta’rifiy, jadvalli) axborot. Geografik axborot GATda ob’yektlarning fazoviy o’rnashgan joyini

    (koordinatalari, grafik rasmiylashtirish elementlari) ta’riflash bilan ifodalanadi. Ma’lumotlar raqamli shaklda magni tasmalarida, magnit, optik va “qattiq” disklarda bo’ladi hamda suratni ma’lumotlarning u yoki bu modelida vizuallashtirish uchun xizmat qiladi.
    GATda Atributiv axborot - bu fazoviy bog lanishi aniqlangan ob’yektlarning sifat yoki miqdor parametrlarini ta’riflaydigan ma’lumotlardir.
    Misol uchun, uy-joy imorati displeyda poligon ko’rinishida (grafik qismi) ifodalanishi mumkin, atributiv ma’lumotlar bazasida esa uning maydoni, pochta manzili, qavatlari soni, devorlarining materiali, fundamentining tipi, qurilgan yili va h.k.lar joy olgan bo’ladi, 1.6-rasm.
    Geoaxborot tizimida ham geografik, ham atributiv axborotni boshqarish kichik tizimi ishtirok etadi. Ob’yektlarning o’zaro joylashuvini tekshirishni, ularning taqsimlanish qonuniyatlarini belgilashni, yondosh ob’yektlarni topishni, masofani va maydonni o’lchashni va h.k. larni o’z ichiga oluvchi fazoviy tahlil qilish geografik axborotga tayangan holda o’tkaziladi. Semantik (nofazoviy) ishlov berish funksiyalari atributiv axborotni tahlil qilish va boshqarish uchun mo’ljallangan, 7-rasm.

    Deyarli har bir GATda axborotni kiritish va tahrirlash, ma’lumotlarni vizual aks ettirish – tasvirlarni masshtablash (kattalashtirish yoki kichiklashtirish), aylantirib o’tkazish, varaqlash yoki slayd-shou tariqasida ko’rib chiqish va h.k. imkoniyatini beruvchi vositalar va instrumentlar bor bo’ladi. Bunday sharoitlarda Windows, Linux, Solaris kabi operastion tizimlar tomonidan taqdim etiladigan do’stona, grafik foydalanuvchilar interfeysi - dialog derazachalari, kontekstli menyu, boshqa boshqarish elementlari (knopkalar, pereklyuchatellar, polzunkalar va h.k.) oxirgi o’rinni egallamaydi.
    To’liq funksional GATda, har qanday axborot tizimida bo’lgani kabi, axborot chiqarishning barkamol vositalari mavjud. Hisobotlar generatori, tematik kartalarni, turli sxemalar, grafiklar, legendalar, jadvallar va diagrammalarni yaratish va tahrirlash instrumentlarini bunday vositalar sarasiga kiritish mumkin Zamonaviy GATlar texnologiyaviyligi va axboriyligi jihatdan an’anaviy qog oz kartalarga bo’sh kelmaydigan, ko’p hollarda esa ulardan yaxshiroq bo’lgan yuqori sifatli kartalar yaratish imkoniyatini beradi.
    Ko’pchilik GATlarda ilovalar ishlab chiqishning o’rnatilgan vositalari bor, ular standart dasturiy ta’minotni foydalanuvchining muayyan masalalarini yechish maqsadida moslashtirish uchun qo’llaniladi. Bu maqsadlar uchun nafaqat maxsus, balki umumommaviy dasturlash tillari ham qo’llaniladi (S, S#, S++, Delphi, Visual Basic va boshqalar).



    Download 1,64 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval GAT dasturlari va ishlab chiqaruvchi firmalar

    Download 1,64 Mb.