• Vyuverlar ( viewer ), elektron atlaslar
  • Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M




    Download 1,64 Mb.
    bet10/15
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #249633
    TuriReferat
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Dushanova Zuhro referat

    GAT tipologiyasi


    Geoaxborot tizimlarini turli alomatlar va tavsiflar bo’yicha klassifikatsiyalash mumkin, lekin bunda shunday faktni inobatga olish kerakki, ixtisoslashtirilgan DT asosiy ishlab chiqaruvchilari o’rtasidagi keskin raqobat kurashi GATlarning versiyadan versiyaga takomillashib borishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, tizimlarni baholash mezonlari o’ta shartlidir va qaysidir vaqt intervali ichida haqqoniydir.
    GATlarni muayyan apparat bazasida realizatsiya qilinishiga qarab klassifikatsiyalashni ustida biz yuqorida to’xtalib o’tdik.
    Bugungi kunda eng ahamiyatli klassifikatsiyalash - bu funksional imkoniyatlarga qarab klassifikatsiyalashdir. Unga muvofiq GATlar quyidagilarga bo’linadi:
    professional GATlar, ular katta axborot massivlariga yuqori unumli kompyuterlarda va hisoblash tarmoqlarida ishlov berish maqsadlariga qaratilgan hamda jiddiy ilmiy tadqiqotlar, butun tarmoqlarga va hududlarga (davlatlar, megapolislar, shaharlarga) rahbarlik uchun mo’ljallangan. Ularning ichida eng ajaralib turadiganlari ESRI, INTERGRAPH, AutoDesk, SIMENS NIXDORF, GDS va boshqa firmalarining dasturiy mahsulotlaridir, 12-rasm;

    Vyuverlar (viewer), elektron atlaslar, ya’ni axborot-ma’lumotnomaviy foydalanish uchun mo’jallangan oddiy qimmat bo’lmagan tizimlar. Ushbu klassning dasturiy mahsulotlari axborotni tahrirlash imkoniyatiga ega emas va asosan pofessional yoki stol usti GATlarida tayyorlangan axborotni qidirish va vizual aks ettirish uchun mo’ljallangan. Bu kabi dasturiy mahsulotlarning vakillari ArcExplorer (ESRI), M-City (Moskva shahri kartasiga ega axboriy-ma’lumotnomaviy tizim), Vladivostok (shaharning manzillar plani) lar bo’ladi. 13-rasmda Vladivostok (shaharning manzillar plani) dasturining darchasi ko’rsatilgan Dastur masshtablash va masofalarni o’lchash, ob’yektlarni (ko’chalar imoratlar, tumanlarni) qidirish, ob’yektlar to’g risidagi tavifiy axborot olish ishlarini o’tkazish imkoniyatini beradi.

    Bundan tashqari GATlarni geografik axborotni ifodalash tiplari bo’yicha klassifikatsiyalash mumkin. Ma’lumotlarni ifodalashning turli modellari qo’llaniladigan ikkta GAT tiplari ajratiladi:
    ma’lumotlarni ifodalashning rastrli modeli (muntazam-yacheykali ifodalash va kvadrotomik ifodalash) asosidagi GAT Bunday GATlarda geografik ob’yektni raqamli ifodalash ob’yekt klassining qiymati berilgan rastr yacheykalari (piksellar) majmui ko’rinishi shaklida shakllantiriladi, 14-rasm;



    ma’lumotlarni ifodalashning vektorli modeliga asoslangan GAT


    (vektorli-topologik ifodalash va va vektorli-notopologik ifodalash). Bu holda nuqtali, chiziqli va poligonal fazoviy ob’yektlarni raqamli ifodalash koordinata sonlari to’plami ko’rinishida amalga oshiriladi, 15-rasm.

    Ta’kidlash lozimki, zamonvaviy geoaxborot tizimlari odatda ma’lumotlarni ifodalashning ham vektorli, ham rastrli modellari bilan ishlaydi. Faqat vektorli yoki rastrli grafikaga ishlov berish uchun mukammalroq instrumentlar haqida aytib o’tish



    arziydi. Ko’pgina hollarda rastrli ma’lumotlar vektorliga konvertastiya qilinadi, 16-rasm.

    Rastrli va vektorli modellarning ustunliklarini ko’rib chiqamiz.

    Download 1,64 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M

    Download 1,64 Mb.