|
Vektorli GATlarda fazoviy (geografik) ma’lumotlar ob’yektlarning quyidagi tiplarini o’z ichiga oladi:
O’lchamsiz ob’yektlar
|
bet | 12/15 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #249633 | Turi | Referat |
Bog'liq Dushanova Zuhro referatVektorli GATlarda fazoviy (geografik) ma’lumotlar ob’yektlarning quyidagi tiplarini o’z ichiga oladi:
O’lchamsiz ob’yektlar
Nuqta - o’rnashgan joyni ko’rsatadi, nuqtali ob’yektlar majmui nuqtali qatlamni tashkil qiladi.
Uzel - topologik o’tishni yoki u ham o’rnashgan joyni belgilovchi yakuniy nuqtani o’zida ifodalaydi.
Bir o’lchamli ob’yektlar
Chiziq - tayanch nuqtalariga ega bo’lmagan bir o’lchamli ob’yekt.
Chiziqli segment - ikki nuqtani birlashtiruvchi to’g ri chiziq (kesim).
Satr - bu to’g ri chiziqli segmentlar ketma-ketligidir.
Yoy - uzellarda boshi va oxiriga ega bo’lgan segmentlar ketma-ketligi.
Boglanish - ikki uzel o’rtasida bilashishni amalga oshiradi.
Yo’naltirilgan boglanish - ma’lum bir yo’nalishda vujudga keladigan boglanish.
Zanjir - bu kesishmaydigan chiziqli segmentlarning yoki o’zining oxirlarida uzellari bor yoylarning ketma-ketligini o’zida ifodalaydi.
Halqa - kesishmaydigan zanjirlar, satrlar, bog lanishlar yoki tutashgan yoylar ketma-ketligini o’zida ifodalaydi.
Ikki o’lchamli ob’yektlar
Oblast - o’z chegarasiga ega yoki ega bo’lmagan cheklangan uzluksiz ob’yekt sifatida ta’riflanadi.
Ichki oblast - bu o’z chegarasiga ega bo’lmagan oblastdir.
Poligon (sinonimlari ko’pburchak, poligonal ob’yekt, kontur, konturli ob’yekt, oblast) - ikki o’lchamli (maydonli) ob’yekt, unda ichki oblast vektorli-topologik ifodalanishlarda yoylarning tutashgan ketma-ketligi bilan tashkil topgan. Poligonlar majmui poligonal qatlamni tashkil qiladi.
Piksel - bu tasvirning engkichik, bo’linmas elementidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Vektorli GATlarda fazoviy (geografik) ma’lumotlar ob’yektlarning quyidagi tiplarini o’z ichiga oladi:
O’lchamsiz ob’yektlar
|