|
Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M
|
bet | 1/15 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #249633 | Turi | Referat |
Bog'liq Dushanova Zuhro referat
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBAROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
REFERAT
MAVZU: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari
Bajardi: Dushanova Zuxro.
Tekshirdi: To’raqulova M.
TOSHKENT – 2024
Reja:
Geoaxborot texnologiyalariga kirish
Asosiy tushunchalar va terminlar
GAT evolyutsiyasi
GATni qo’llash sohalari
GATning bazaviy komponentlari
Geografik va atributiv ma’lumotlar
GATning apparat platformasi
GAT tipologiyasi
Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Geoaxborot texnologiyalariga kirish
Geoaxborot texnologiyalari qariyib 50 yildan beri mavjud. Bunday yuqori texnologik yo’nalish uchun bu ko’pmi yoki kammi? Nega geoinformatika va geoaxborot texnologiyalari axborot texnologiyalari ichida eng gurkirab rivojlanayotgan yo’nalishlardan birini o’zida ifodalaydi? Va umuman, bu nima -fanmi, texnologiyami, uslubmi, kompyuter dasturimi?
Geografik axborot tizimlari bilan mutlaqo tanish bo’lmagan kishi quyidagi savolni berishi mumkin: “nega endi men geoinformatika nimaligini bilishim kerak?”. Haqiqatan ham ko’pchiligimizning hayotimizda geografik atlaslarga yoki kartalarga murojaat qilish zaruriyati har kuni ham yuzaga kelavermaydi. Biroq agar tushunib yetilsa, geaxborot texnologiyalari kompyuterga joylangan shunchaki kartadan ko’ra birmuncha ko’proq narsani o’zida ifodalaydi. Shu bilan birga, “geografik axborot tizimi (geoaxborot tizimi, GAT)” tushunchasi odatdagi bosmadan chiqarilgan karta bilan uzviy bog` liq. Aslini olganda har qanday geografik karta yer yuzasining modelidir va undan foydalanuvchilarning tahlil qilish ob’yekti hisoblanadi. Mutaxassisga qandaydir hodisalar yoki ob’yektlarning kartada joylashuviga bir ongli nazar tashlash ularning vujudga kelishi va boshqa parametrlar bilan bog`liqligi qonuniyatlarini baholash uchun yetarlidair, 2-rasm.
Eng oddiy misol - bu kartadagi bir punktdan boshqasigacha bo’lgan masofani aniqlashdir, 1.3-rasm Undan murakkabroq masala noto’gri shakldagi ob’yektlarning maydonlarini aniqlashdir. Eng murakkab masalalarda kartalarning turli tematik ma’lumotlari o’rtasidagi bog`liqlik, masalan, qor qoploni populyatsiyasining joy relefiga yoki tuproqlar tarkibining tub jinslar geologiyasiga bog` liqligi aniqlanadi. Misollar ro’yxatini kengaytirish mumkin. Odam ilmiy, ishlab chiqarish va boshqaruv faliyatida ularning xususiyatlari va tavsiflarining vaqtga qarab o’zgarishini ta’riflovchi turli ob’yektlarning fazoviy joylashuvi bilan bog`liq bo’lgan katta axborot massivlariga ishlov berish zaruratiga doim duch keladi. Pirovardida vizual tasvir olinadi, butun vizualizastiya jarayoni esa - karta yaratish jarayonidir.
Funksiyalari axborotni tahlil qilishni va kartalar va sxemalar ko’rinishida vizualizastiyalashni o’z ichiga oluvchi geoaxborot tizimlari ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarida qo’llanilgan axborotga ishlov berish hamda geografik ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan loyihalash va mashina grafikasi tizimlarida (SAPR) vizualizastiyalash, avtomatlashtirilgan karta ishlab chiqarilishi, tarmoqlari tizimlari texnologiyalari tutashuvida vujudga keldi. Geografik axborotga ishlov berish uchun kompyuter quvvatidan foydalanish zarurati XX asrning 60-70 yillarida tan olindi. U vaqtlarda g oyani amalga oshirish ulkan dasturiy-apparat resurslarini talab qilardi va bunga faqat, masalan, Mudofaa vazirligishaxsidagi davlat idorasi kabi yirik byurtmachilarninggina imkoniyatlari etarli edi (bu haqda 3 bobda to’xtalamiz). Vaziyat 90-yillar o’rtasidan boshlab tubdan o’zgardi, zero bu vaqtda bozorda kuchli, nisbatan PKlar paydo bo’ladi, dasturiy ta’minot arzonlashadi va tushunarliroq bo’la boshlaydi, foydalanuvchilar ko’proq tayyorlangan bo’ladi. Bu omillar geoaxborot texnologiyalarini shiddat bilan tarqatish uchun tayanch nuqtasi bo’lib xizmat ko’rsatdi.
GAT uchun masalalarning ko’pini sodda ravishda, kompyuterli tahlil yoki modellashsiz ham yechish mumkin, lekin matnni bosma mashinkada ham bosib chiqarish mumkin, biz esa hozirda kompyuterdan foydalanishni ma’qul ko’ramiz. Bu juda qulay, tez, samarali. Odatda inson GAT ga o’zi sezmagan holda yaqinlashadi. Xammasi Pho-toshop, CorelDraw, Illustrator kabi keng tarqalgan grafik redaktorlrdan foydalanishdan boshlanadi. Ishlash jarayonida sxemamizga yoki tematik qatlamimizga boshqa manbalardan qo’shimcha ma’lumotlarni joylash kerakligi ayon bo’ladi (tasvirni kontur kartaga tushirish kabi). Bunday operatsiyalar uchun yagona koordinata fazosi talab qilinadi. Bu muayyan koordinatalar tizimlarini va kartografik proyektsiyalarni qo’llash yo’lidagi birinchi qadamdir (batafsilroq 3 bobda). Keyingi bosqichda atributiv axborot bo’yicha so’rovlarni tuzish va qilish zarurati yuzaga keladi. Eng oddiy so’rovlarni, masalan, 50 km2 dan ortiq maydonli barcha polinomlarni topishni grafik redaktorlarda qilish mumkin. Biroq ko’pincha beton bloklardan qurilgan barcha ko’p qavatli ofis binolarini belgilash, yoki kerakli ko’chani kartada topish kabi murakkabroq so’rovlarga ehtiyoj mavjud bo’ladi. Shu kabi masalalarni shakllantirishni boshlashingiz zahoti, siz GATning potenstial foydalanuvchisi bo’lib qolasiz.
Bir tomondan hayot faoliyatining turli sohalarida fazoviy axborotga ishlov berish va uni tahlil qilish uchun GAT ni qo’llash fanlararo tushunchalar va uslublarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqa tomondan geoinformatikaning rivojlanishi o’rganish ob’yektlariga ichki talablarni (o’z talablarini) tashkillashtirishga olib keladi, bu muayyan fan sohalarida (qurilishda, geologiyada, biologiyada va h.k.) qo’llaniladigan uslublarning ma’lum cheklanishlariga olib keladi. Bunday vaziyat turli (ba’zan juda turli) faoliyat bilan shug ullanuvchi, lekin ishga yoki tadqiqotlarga geoaxboriy yondoshuv bilan birlashgan odamlarning jonli muloqot atmosferasini yaratadi.
|
| |