|
Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M
|
bet | 2/15 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #249633 | Turi | Referat |
Bog'liq Dushanova Zuhro referatAsosiy tushunchalar va terminlar
Geoaxborot texnologiyalari - zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanayotgan yo’nalishidir. Shu sababdan ushbu bilimlar sohasida umumiy qabul qilingan terminologiyaning majudligi haqida gapirishning hozircha iloji yo’q. Bu faoliyat sohasi hali qanchalik yosh ekanligini tushunish uchun GATning turli muallflar tomonidan taklif qilingan ko’p sonli ta’riflarini kelttirish etarlidir.
GAT - bu “ma’lumotlarni boshqarish, ularni kartografik aks ettirish va tahlil qilish uchun yaratiladigan ichidan pozitsionirlangan avtomatlashtirilgan fazoviy axborot tizimidir” (Berry J.).
Ta’kidlashim kerakki, ushbu ta’rif unchalik to’liq emas, zero axborot tizimining elamenti tariqasida odamni hisobga olmaydi. Har qanday axborot tizimida odam muhim o’rin egallaydi - bu ham kuzatuvchi, hamekspert, ham tahlilchidir. Juda ko’p hollarda geoinformatika sohasidagi tadqiqotchilar GATda odamning roliga urg u berish uchun “odam-mashina kompleksi” so’z birikmasini qo’llaydilar.
GAT - bu “fazoviy-koordinastiyalangan ma’lumotlarni to’plash, ishlash, aks ettirish va tarqatishni, atrof-muhitni va jamiyatni hududiy tashkil etishni inventarizastiyalash, tahlil qilish, modellash, prognozlash va boshqarish biln bog liq ilmiy va amaliy geografik masalalarni yechishda hudud to’g risidagi ma’lumotlar va bilimlardan samarali foydalanish uchun ularni integrastiyalashni ta’minlovchi apparat-dasturiy odam-mashina kompleksidir” (Koshkarev A.V.).
GAT - bu “ma’lumotlarni ulardan keyinchalik geografik tadqiqotlarda foydalanish uchun va uni amaliy qo’llash uchun qulay bo’lgan axborotni ishlab chiqarish maqsadida to’plovchi, uzatuvchi va ishlov beruvchi, odamlar, shuningdek texnik va tashkiliy vositalardan tashkil topgan tizim” (Konecny M).
GAT - bu “geografik (fazoviy bog lanishi aniqlangan) ma’lumotlarni saqlash, manipulyastiya qilish va aks ettirish bo’yicha apparat-dasturiy vositalar va inson faoliyati kompleksi” (Abler R.).
GAT - bu “ma’lumotlarni ma’lum foydalanuvchilarning o’ziga xos ehtiyojlarini aniq belgilangan kostepstiyalar va texnologiyalar doirasida qondirish maqsadida fazoviy axborotga hisobiy, grafik va kartografik aylantirish uchunEHMda amalga oshirilgan modellar to’plami bilan bog langan dinamik tashkillashtirilgan ma’lumotlar to’plami (dinamik ma’lumotlar bazasi yoki ma’lumotlar banki)” (Degani A.).
GAT - bu: “ma’lumotlar bazasini kengytirish uchun, ma’lumotlar bilan manipulyastiya qilish, ularni kartalar yoki jadvallar ko’rinishida vizualizastiyalash uchun pirovardida xo’jalik faoliyatining u yoki bu variantiga oid qarorlar qabul qilish uchun mo’ljallangan, ma’lumotlar bazasini, apparaturani, ixtisolashtirilgan matematik ta’minotnio’z ichiga oluvchi tizim” (Lillesand T.).
GAT - bu: “tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirining hududiy aspekti to’g risidagi bilimlar tizimining avtomatik vositalar (EHM), shuningdek qidirish, kiritish, modellash va boshqa funksiyalarini modellashtiruvchi dasturiy ta’minot yordamida amalga oshirilgan saqlanish joyi” (Trofimov A.M., Panasyuk M.V.).
Ushbu o`quv qollanma muallifiga amerikalik olim D.P. Luschning sodda va bir vaqtda to’liq ta’rifi ko’proq yoqadi:
GAT bu mutaxassis-tahlilchilar boshqaruvi ostida bo’lgan integrastiyalangan kompyuter tizimidir, u fazoviy o’zaro bog lanishi aniqlangan ma’lumotlarni to’plash, saqlash, manipulyastiya qilish, tahlil qilish, modellash va aks ettirish ishlarini amalga oshiradi (5-rasmga qaralsin).
Ko’rinib turibdiki, Gat ta’riflari ko’p, lekin ularning har biri ham to’g`ri. Ular faqat ko’rilayotgan masalani qamrash kengligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, o`quv qo`llanmada quyidagi terminlar tez-tez uchraydi, ularning bir qismi www.glossary.ru saytidan olingan:
Karta - (Map, Chart, nem. Karte, fr. Carte, grek. Chartes dan - varaq, o’rog`liq qog oz) - tekis, yer yuzasining, boshqa jismining yoki kosmk fazoning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarning joylashuvini, xususiyatlarini va bog` lanishlarini ko’rsatuvchi tekis, matematik aniqlangan, kichiklashtirilgan, generalizatsiyalangan shartli-belgili tasviri. Karta yuqori axboriylikka, originalga nisbatan fazoviy-vaqt jihatdan o’xshashlikka, metriklikka, juda obzorlilik va ko’rgazmalikka ega bo’lgan obrazli-belgili model sifatida ko’riladi, bu uni yer to’ g`risidagi fanlarda va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarda bilishning o’ta muhim vositasiga aylantiradi.
|
| |