|
Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M
|
bet | 7/15 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #249633 | Turi | Referat |
Bog'liq Dushanova Zuhro referatGATning bazaviy komponentlari
Har qanday GAT quyidagilarni o’z ichiga oladi:
apparat platformasi (hardware),
dasturiy ta’minot (software),
ma’lumotlar (data),
odam-tahlilchi.
Apparat platformasi o’z navbatida quyidagi qismlardan iborat:
• kompyuterlar (ish stanstiyalari, noutbuklar, cho’ntak PKlari),
ma’lumotlarni saqlash vositalari (vinchesterlar, kompakt-disklar, disketalar, flesh-xotira),
axborotni kiritish qurilmalari (digitayzerlar, skanerlar, raqamli kameralar va fotoapparatlar, klaviaturalar, kompyuter sichqonlari),
axborotni chiqarish qurilmalari (printerlar, plotterlar, proektorlar, displeylar).
Tahlil qilish uchun foydalaniladigan ma’lumotlar har qanday GATning yuragi hisoblanadi. Kiritish qurilmalari mavjud geografik axborotni berilgan GATda qo’llaniladigan formatga konvertastiya qilish imkoniyatini beradi. Geografik axborot qog oz kartalarni, aerofotos’yomka va masofadan zondlash materiallarini, adreslarni, ob’yektlarning GPS global pozitsionirlash tizimlari (Global Position System), kosmik yo’ldoshlarni yoki boshqa formatlarda saqlanayotgan raqamli geografik axborotni o’z ichiga oladi.
Apparat platformalarining GATda qo’llanilishi mumkin bo’lgan bir nechta misollarini keltiramiz. GAT-platformaning uyda yoki katta bo’lmagan ofisda o’rnatilishi mumkin bo’lgan eng sodda konfigurastiyasi kompyuter va lazerli yoki purkovchi printerni (oq-qora) o’z ichiga oladi. Agar GAT yuqori sifatli professional raqamli kartalarni yaratish uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda apparat platformasi quyidagi komponentlar bilan ifodalanishi mumkin: yuqotri unumdor kompyuter, baquvvat server, zamonaviy digitayzer, rangli lazerli tezkor printerlar va plotterlar.
GATning dasturiy ta’minoti to’g risida so’zlansa, shuni ta’kidlash lozimki, dasturiy paketlarning ko’pchiligi geoaxborotni qavatli kartografiyalash, markirlash, kodlash, ob’yektni berilgan mintaqada topish, turli kattaliklarni aniqlash kabi o’xshash tavsiflar to’plamiga ega, lekin narxlari va funksionallikda juda farq qiladilar. Dasturiy ta’minotni (DT) tanlash foydalanuvchi tomonidan echiladigan muayyan masalalarga bog`liq. Misol tariqasida DT ishlab chiqaruvchi firmalar nomlaridan iborat ro’yxatni keltiramiz, 1-jadval.
|
| |