|
Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M
|
bet | 9/15 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #249633 | Turi | Referat |
Bog'liq Dushanova Zuhro referatGATning apparat platformasi
“Geoaxborot tizimi bilan ishlash uchun qanday dasturlar va uskunalar zarur?” qabilidagi jumla o’rganishni boshlagan foydalanuvchi uchun qonuniy savoldir. Haqiqatan ham, GATlar rivojlanishining dastlabki bosqichida geoaxborot loyihalarini olib borish uchun uchun juda kuchli va qimmat apparatura talab etilar edi. Bunday vaziyat taxminan XX asrning 90- yillari oxirigacha davom etdi. Personal kompyuterlar rivojidagi taraqqiyot ishlar holatini tubdan o’zgartirdi. Hozirda deyarli har bir PKda GAT foydalanuvchisining ish joyini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda GATlar markazlashtirilgan serverlardan alohida va tarmoq bilan bog`langan personla kompyuterlargacha turli tipdagi kompyuter platformalarida ishlamoqda.
Uzoq vaqt davomida GATlar ikkita apparat platformalariga - personal kompyuterlar (PK) va ish stanstiyalariga (Workstation) asoslandi. Ularni batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Personal kompyuterlar bazasida tuzilgan GATlar, odatda, axborotnig kichik massivlariga ishlav berishga mo’ljallangan va nisbatan qimmat bo’ lmagan individual stol usti kartografik tizimlarini o’zida ifodalardi. PK-platformada Intel korporastiyassi ishlab chiqargan 8086 oilasiga mansub mikroprostessorlar yoki AMD, Cyrix prostessorlari qo’llanilar edi. Ichida bu mikroprostessorlar CISC arxitekturasiga (instrukstiyalarinng kengaytirilgan to’plamiga) asoslangan edi. Kompyuterlar bir masalalali operastion tizimlar (MS-DOS, MS Windows) boshqaruvi ostida ishlardi, katta bo’lmagan operativ xotira hajmiga (32 Mb gacha) ega edi.
Professional geoaxborot tizimlari ish stanstiyalari asosida tuzildi. Ish stanstiyalarida RISC arxitekturasi bazasidagi yuqori unumdorlikka ega mikroprostessorlar (instrukstiyalarning qisqartirilgan to’plami bilan) o’rnatilardi, ular katta hajmdagi operativ xotiraga (512 Mb gacha), katta diagonalli (21 dyuymgacha) yuqrori aniqlikdagi monitorlarga ega bo’lgan Ish stanstiyasi ko’p masalalai operastion tizimlari (UNIX, Solaris, VMS, O/S2 va boshqalar) boshqaruvi ostida ishlagan.
Personal kompyuterlar ishlab chiqarishda yuz bergan texnologik irgish vaziyatni tubdan o’zgartirdi. Tizim shinasi takt chastotasining, CPU (prostessorlar) ichki chastotasining, operativ xotira mikrosxemalari tezligining ortishi va apparat bazasidagi boshqa o’zgarishlar shunga olib keldiki, zamonaviy PKlar o’zining unumdorligi bo’yicha o’rtacha ofis ish stanstiyalaridan kam bo’lmay qoldi, narxi bo’yicha esa ulardan ko’p marotaba arzon edi. Bugungi kundagi kompyuterlarning texnik tavsiflarini sanab o’tishning mazmuni yo’qdir, zero yuz berayotgan o’zgarishlar nihoyatda revolyustion va jo’shqindir.
Apparat bazasida sifat o’zgarishlaridan tashqari GAT uchun keng tarqalgan Microsoft Windows va Linux operastion tizimlari asosidagi dasturiy ta’minotga o’tish sodir bo’ldi. Masalan, Windows NT dan boshlab, eng eski GAT ishlab chiqaruvchisi - ESRI firmasining DTi - tavsiflari bo ’yicha butunlay Unix opreastion tizimili ish stanstiyalarida ishlash uchun mo’ljallangan. Bu geoaxboot tizimlarini ekspluatastiya qilishni ancha soddalashtirdi.
GAT uchun apparat bazasining ajralmas qismini axborotni kiritish-chiqarish periferiya qurilmalari tashkil qiladi. Geoaxborot loyihalarini yaratish boshida ma’lumotlarni kiritish digitayzerlar yordamida amalga oshirilardi, 1.8-rasm. Digitayzer bilan ishlash odatdagi chizmachilik taxtasida emas, balki maxsus planshetda chiziqlar o’tkazadigan yoki nuqtalar qo’yadigan muhandis-chizmachining ishini eslatadi, uning yordamida grafik ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi. Hozirda bu kabi operatsiyalar skanirlangan tasvir (aytilishicha rastrli tag qo’yilma) bo’yicha bajariladi. Rastrli tasvirni olish uchun maxsus qurilmalardan -planshetli (stol usti) va keng formatli skanerlardan foydalaniladi. Ko’pincha dastlabki axborotni ancha katta o’lchamli planshetlarga yoki kartalarga tushirishga to’g ri keladi. Bunday operatsiya keng formatli skanerlar bilan amalga oshiriladi, 1.8-rasm. Rastrli tag qo’yilma bo’yicha ishlash texnologiyasi rastrli va vektorli qatlamlarni kombinastiyalash imkoniyatini beradi, raqamlash aniqligi va tezligini ancha oshiradi. Bu texnologiyaning yana bir nechta ustunliklari bor, masalan, bir vaqtda bir nechta foydalanuvchilarga ishlash imkoniyati, rastrli tasvirlarni dastlabki o’zgartirish va h.k. Bularning hammasi pirovard natijada rastrlarni vektorlash uchun maxsus DT to’plamining rivojlanishiga olib keldi. Professional GATlarning ko’pchiligi o’rnatilgan vetorizatorlarga ega, ular rastrli tasvirlarni raqamlash jarayonini avtomatlashtiradi. Ko’p ma’lumotlar GAT-ilovalar tomonidan to’g ridan-to’gri o’zlashtiriladigan formatlarga keltirib bo’lingan.
Tasvirni bosmaga chiqarish shuningdek katta formatdagi mahsulotni olish bilan ham bog`liq. Buning uchun GAT uchun periferiya uskunalaridan yana bir komponentdan – keng formatli plotterdan foydalaniladi, 9-rasm. Hozirgi kunda bosishning purkovli texnologiyasi eng keng tarqalgan, zero bunda narx-sifat nisbati optimaldir. Biz mavjud plotterlarning texnik tavsiflarini sanab chiqmaymiz. Plotterlar bo’yicha to’laroq axborotni Internetda topish mumkin.
GATning yana bir komponentini tilga olish lozim, u kartalarning yoki dala kuzatuvlarining dastlabki axborotini olish va ishlash tezligini ancha oshiradi. Bu zamonaviy taxeometrlar va geodezik asboblar, shuningdek yo’ldoshli pozitsionirlash navigastiyasi tizimlaridan (GPS) foydalanib bajarilgan dala o’lchovlari natijalarini avtomatik ro’yxatga olish uchun mo’ljallangan apparaturadir, 10-rasm.
So’nggi yillarda cho’ntak personal kompyuterlari (Pocket PC) GATning yana bir almashtirib bo’lmaydigan komponenti bo’lib qoldi, ular fazoviy axborotni tez va ishonchli qabul qilish, ishlash, tahlil qilish va uzatish imkoniyatini beradi. Cho’ntak PKlarining ustunliklari shubhasiz: gabaritlari va og`irligining kichikligi, ko’pfunksionallik, foydalanishning soddaligi, nisbatan arzonligi, 11-rasm.
Ta’kidlash lozimki, mikroelektronikada so’nggi yillardagi yutuqlar professional keng formatli kartografik skanerlar, plotterlar va ba’zi bir boshqa periferiya uskunalarining narxida o’z aksini topmadi. Avvallaridek bu GAT apparat ta’minotining eng qimmat turadigan elementlaridan biridir.
|
| |