• Poligonlar
  • Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M




    Download 1,64 Mb.
    bet13/15
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,64 Mb.
    #249633
    TuriReferat
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Dushanova Zuhro referat

    Uch o’lchamli ob’yektlar
    Hajmli figura - uchta o’lchamga (uzunlik, kenglik va balandlikka) ega bo’lgan geomtrik jism (kub, parallelepiped, sfera).

    Har bir individual ob’yektga identifikator (ID) deb ataladigan yagona ko’satkich qo’yiladi. Odatda, identifikator – bu qatlamning fazoviy ob’yektiga beriladigan formal raqamdir. ID avtomatik tarzda berilishi yoki foydalanuvchi tomonidan tayinlanishi mumkin va fazoviy ma’lumotlarning pozitsion va nopozitsion qismining bog`lanishi uchun xizmat qiladi.
    Real dunyoda nuqtalar aholi punktlarini, katta bo’lmagan suv havzalari va tog` cho’qqilarini, binolar yoki joylashuvi yagona nuqta bilan tavsiflanadigan bir nechta ob’yektlarni ifodalaydi.
    Chiziqlar va yoylar ularni chiziqlar sifatida ko’rish mumkin bo’lgan real mavjud ob’yektlardir. Bu yo’l, daryo, elektr uzatish liniyasi yoki Yerosti kommunikastiyalari, masalan, vodoprovod yoki kanalizastiya tizimi bo’lishi mumkin.
    Poligonlar bilan odatda hududlar (viloyatlar, tumanlar, shtatlar), tuproqlarning turlari, saylov okruglari, Yer uchastkalari yoki binolarning konturlari belgilanadi.
    Hajmli figuralar ob’yektlarning qaysidir miqdoriy o’lchamlarini (suv havzasining hajmi, qazib olinadigan gazning hajmi, yig`ilgan hosil) belgilashda ishga solinadi yoki uch o’lchamli kartalardagi (3d-kartalardagi) ob’yektlarni (binolarni) o’zida ifodalaydi.

    20-rasmda vektorli axborotning topologik ifodalanishi ko’rsatilgan. Topologiyani shakllantirish nuqtali, chiziqli va poligonal ob’yektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aniqlash va kodlashni o’z ichiga oladi.
    21-rasmda Vladivostok shahri Vtoraya Rechka tumanining kartografik tasviri keltirilgan. Ushbu uch o’lchamli tasvirni shakllantirishda chiziqlar, poligonlar va solingan imoratlarni belgilagan hajmli figuralar ishlatilgan.

    Quyidagi rasmda poligonal chiziqlarning o’xshash parametrlarga ega oblastlarini ko’satish uchun qo’llanilishi (izoliniyalar) keltiriladi.

    Juda ko’p hollarda GATda ma’lumotlarning simvolli klassi ham qo’llaniladi. Simvollar asosan shaharlar imoratlar, tabiiy ob’yektlarni (tog` cho’qqilari, suv manbalari, qo’riqxonalar, hayvonlarning yashash doylarini) belgilash uchun qo’llaniladi. 23-rasmda ob’yektlarni belgilash uchun simfollardan foydalanilgan joy kartasi keltiriladi.


    Download 1,64 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: Geoaxborot texnologiyalarining asoslari Bajardi: Dushanova Zuxro. Tekshirdi: To’raqulova M

    Download 1,64 Mb.