70
Kamchiligi: shisha lentasida keskin “polosnost” bo‘lishi, vaqt davomida
lentada “rux”ni paydo bo‘lishi va lentani yangilash uchun uni uzishning lozimligi.
Afzalligi: tuzilishining oddiyligi, tuzatish imkoni borligi.
2.
“Lodochka” siz vertikal tortish usuli.
“Lodochka” li usuldan farqli ravishda bu usulda oyna lentalar bevosita ochiq
massa yuzasidan shakllanadi. Lentani shakllash uchun kerak bo‘ladigan qovushqoq
maydonga erishish uchun shisha massaning ma’lum qismi osma ko‘priklar
yordamida “konturlanadi” va shiddat bilan sovutiladi. Bu usulda shamot yuzalar
yordamida yoriqcha hosil qilinadi va shu yoriqcha orqali shisha lentasi shakllanadi.
SHamot jismlar ishlab chiqarish qismidan kelayotgan shisha massa oqimini
shakllash jarayoniga ta’sirini kamaytirish uchun qo‘yiladi. SHamot jismlar shisha
massaga taxminan 350 mm chuqurlikda o‘rnatiladi. Lenta bortlari metall roliklar
yordamida shakllanadi. Roliklar elektrodvigatel yoki mashina OVT dan xarakat
oladi. Lentani sovutish uchun sovutgichlar ishlatiladi.
SHisha tarkibi. Bu usul uchun tarkibida ishqorli oksidlar kam bo‘lgan
massa ishlatiladi. Amalda quydagicha tarkib qo‘llaniladi: SiO
2
–72-73, R
2
O
3
–1,-
1,5, SaO –8,5-9,5, Mg O –2,5-3,5 va Na
2
O –13,5-14.