13. Mavzu: Texnik shisha ishlab chiqarish.
Reja:
Kirish so’zi.
6. Texnika shishasining – stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi roli.
7. Texnika shishasining umumiy xususiyatlari.
8. Texnika shishasi turlari.
9. Texnika shishasini ishlab chiqarish texnologiyasi.
10. Texnika shishasining xalq xo’jaligida axamiyati.
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar.
Nazorat savollari.
***
Kirish so’zi.
83
Texnika shishalarining turi nihoyatda ko’p. Ularning ahamiyati nihoyatda
kata. Tarkibi va xom – ash’yosi son – sanoqsiz. Ishlab chikarilayotgan mahsulot
assortimenti, ularning ishlatuvchi sohalar behisob ko’p. Quyida shular haqida gap
boradi.
1. Texnika shishasining – stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi roli.
Hozirgi kunda quyosh, planeta va yulduzlar ustida katta ilmiy- tadqiqot
komplekslarini amalga oshirish, ilmiy-fan va xalq xo’jaligi manfaatlarini ko’zlab
er yuzasi va atmosferani o’rganish, odamning xayot faoliyatiga kosmik parvoz
omillarining ta’sirlarini o’rganish borasida tibbiy - biologik tadqiqot olib
borilmoqda. Kosmosda texnologik operastiyalar-metallarni payvandlash, kristall va
shishasimon moddalarni sintez qilish kabi ishlab bajarilmoqda, manzaraning uch
o’lchovli tasvirini fotografiya yo’li bilan qayd qilishdek o’lkan ishlar amalga
oshirilmoqda. Asrimizning ana shu muvaffaqiyatlarida shishadan yasalgan nur
tarqaluvchi va yo’naltiruvchi ekran, ko’zgu va lampalarning ahamiyati katta.
Xolbuki, lyuminesstent yoki issiqlik lampalarida atomlarning turli
tomonlariga har xil to’lqin o’zunligida, istalgan vaqt mobaynida yorug’lik
kvantlarining tarqalishiga erishiladi. Tarkibida steriy, neodim, erbiy, tulliy kabi
aktiv moddalar ko’shilgan lazer shishalarda esa atomlarning muayan tarzda - bir xil
yo’nalish bo’ylab, bir xil to’lqin uzunligida, sinxron ravishda tarqalishi natijasida
katta quvvatli nur olinmoqda va uni kerakli manzilga to’la uzatishga muyassar
bo’linmoqda.
2. Texnika shishasining umumiy xususiyatlari.
Texnika shishasi buyumi va materiallarining pishiq va mustahkamligini
istalgancha o’zgartirish mumkin. Odatda, shisha sathi mikroskopik defektlarga boy
bo’ladi. Bunday shisha yuzasini plavik kislota bilan sayqallash mustaxkamlikning
3-4 martaba oshishiga olib keladi. Olimlarning fikricha, shisha yuzasini
silliqlashdan tashqari jipslashtirish ham mustahkamlikni oshiradi. Jumladan,
yumshatilgan shisha varag’ini suyuqlikka botirib olish yoki bosim ostida sovitish
mustaxkamlikning 5-6 martaba o’zgarishiga, qattiqligini esa keskin oshishiga olib
kelishi aniqlangan.
Texnika shishalarning kimyoviy pishiqligi ham katta diapazonda tarkibiga
bog’liq holda o’zgaradi. Ularning ba’zi turlaridan yasalgan truba va idishlarning
kimyoviy turg’unligi yuqori, ichki yuzalari silliq bo’ladi. Bu buyumlarni kir-
chirdan tozalash ancha oson. Devorlari toza bo’lganidan ichida bo’layotgan
prostessni kuzatish mumkin. Bunday fazilatlar, kvarst va borli silikat shishalari
uchun xos, shu sababli ularda kuchli kislota, ishqor va boshqa kimyoviy aktiv
moddalarni saqlash va transportirovka qilish mumkin.
Yuqori qayd qilinganidek, texnika shishasi ko’pgina foydali, o’ziga mansub
bo’lgan xossalarni jamlangan.Shu sababli shisha buyumlari topish qiyin bo’lgan va
tannarxi qimmat mahsulot bo’lmoqlari kerak. Ammo biz har qadamda shisha
buyumlarga duch kelib, boshqa xulosa chiqarayotirmiz. Buning asosiy sabablari
shishalarning arzon, keng tarqalgan kimyoviy materiallar asosida olinishi, shisha
“bo’tqa”sining qo’l va mashinalarda hohlagan formani olishga o’ta moyilligi,
xalqimizning shishasozlik san’ati usullarini mukammal egallanganligi, olim va
injenerlarimizning bu sohani rivojlantirishdagi o’lkan mehnatidir.
84
Xohlangan formani berish mumkinligi, yuqori dekorativ xossaga egalligi,
nurni qabul qilish va uzatish qobiliyati, o’ta tiniq holatdan shaffofsiz holatga
o’tishi mumkinligi, arzonligi, qolaversa, uning pishiq va umri uzoqligi kabi asosiy
xossalar shishasozlikning bundan buyon ham rivojini ta’minlovchi omillar ekanligi
endi hech kimda shubha tug’dirmasa kerak.
3.Texnika shishasi turlari.
Texnika shishasining turi juda ko’p. Uning asosiy mahsulotlari qatoriga
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1. Kvarst shishasi - shaffof va bo’g’iq;
2. Optika shishasi - kron, flint va boshqalar;
3. Nur texnikasi shishasi - shaffof va rangli;
4. Toblangan list shishasi - yassi, egilgan va boshqalar;
5. Tripleks list shishasi - silliqlanmagan va silliqlangan;
6. Mollirovkalangan shisha - shaffof va rangli;
7. Kimyoviy - laboratoriya shishasi - yupqa va yo’g’on shishalar;
8. Termometrik shisha - yuqori kremnezemli, borsilikatli va qo’rg’oshin
silikatli;
9. Tibbiy shishalar - apteka shishasi, ampula, flakon, tibbiy detal, drot va
boshqalar;
10. Elektrod shisha - elektrod va korpus shishalari;
11. Elektr payvandlash flyuslari olishda ishlatiladigan shishalar;
12. Elektr tokini o’ta o’tkazuvchan shishalar;
13. Lyuminesstent texnikasida qo’llaniladigan shishalar;
14. Lazer texnikasi shishalari;
15. Yo’l belgilari yasashda ishlatiladigan shishalar - shisha mikrobo’lakchalar
va katafotalar;
16. Atom texnikasi shishalari va boshqalar.
Texnika shishalarining turlari yuqoridagilar bilan cheklanib qolmay, kundan-
kunga ko’paymoqda. Misol tariqasida, atom texnikasi shishalarini keltirish
mumkin. Texnika shishalari orasida kvant elektronikasining asosini tashkil etuvchi
lazer, lyuminafor sifatida ishlatiluvchi shishalarning salmog’i ham kundan-kunga
oshib bormoqda.
4. Texnika shishasini ishlab chiqarish texnologiyasi.
Kvarst shishasi texnika shishalari orasida muxim o’rinni egallaydi.Buning
sababi uning fizik-kimyoviy xossalari juda yuqori va kerakli xom-ash’yo
bazalarining etarli darajada ekanligidadir.
Kvarst shishasini ishlab chiqarishda formulasi SiO
2
to’g’ri keladigan yuqori
darajadagi toza tog’ billuri yoki kvarst qumlaridan foydalanadi. Albatda, ular og’ir
temirli minerallar, dala shpati, slyuda va tuproqdan tozalanishi zarur. Natijada
boyigan tog’ jinsining kimyoviy tarkibi SiO
2
foydasiga o’zgaradi va maydalangan
zarrachalarning
granulometrik
tarkibi
tuzatiladi.
Ishlab
chiqarishda
qo’llanilayotgan xom-ash’yo tarkibi quyidagicha bo’ladi: SiO
2
99.6-99.7; R
2
O
3
-
0.15-0.30, shu jumladan Fe
2
O
3
0.002-0.003; CaO 0.05-0.08; MgO 0.03-0.05; R
2
O
0.01-0.02 va qizdirilgandagi yo’qotish 0.05-0.08%. Donalar o’lchami esa 0.02 dan
to 0.35 mm oraligida bo’ladi.
85
Quyidagi chizmalarda kvarst shishasi olishga oid ikki texnologik tizim
keltiriladi:
47-rasm. Bo’g’iq kvarst shishasi asosida turli buyumlar ishlab chiqarishning
soddalashtirilgan texnologik tizimi.
86
48-rasm. Shaffof kvarst shishasi asosida buyumlar ishlab chiqarish texnologik
sxemasi.
5. Texnika shishasining xalq xo’jaligida axamiyati.
87
Texnika shishasi barcha tarmoqlarda keng qo’llaniladigan universal
materialdir. Birgina kvarst shishalarini qo’llanishini olib ko’raylik. U kimyoviy
mashinasozlik va asbobsozlikda kislotaga chidamli apparat, truboprovod,
xolodilnik, isitgich, vanna, idish, reaktor, nasos, tigel, kolba, kovak filtr;issiqlik
texnikasi va metallurgiya termoparalarining g’ilofi, gaz va elektr pechlarining
trubasi, gaz gorelkasi, pechlarning brusi, elektr isitgich; elektrovakuum sanoati va
nur texnikasida yuqori voltli izolyator, katod va generator lampalarining detali,
simobli to’g’rilagichlarning katodli izolyatori; optika-kimyo sanoatida esa
ko’rsatuvchi shisha, ultrabinafsha va infraqizil optikaning bo’laklari va boshqa
maqsadlarda ishlatiladi.
Nurli texnikada bunday shishalardan svetofor, fara, projektor, yoritkich,
linza, yo’l belgilari yasashda foydalanilgan; pishiqlangan taxta shishadan
avtomobil, samolyot, teplovoz, tramvay va teploxodlarning deraza va ilyuminator
oynalari, eshiklari, ajratkichlari, o’ramlari, nurfiltrlari yasalgan; tripleks
shishasidan
Neksiya,
Damas,
Tiko,
ZIL,
Volga,
Moskvich,
Jiguli
avtomobillarining eshik va oldi oynasi tayyorlangan. Shuningdek shishadan
avtomobillarning korpusini ham yasash mumkin.
Kvant elektronikasida esa aktiv moddadan (neodim, erbiy, itterbiy, steriy,
samariy oksidlari) tayyorlangan shisha XX asrning 60-70 yillardan boshlab lazer
sifatida ishlatilmoqda. Bu kashfiyot fanning o’lkan yutug’i bo’lib qolmay,
insoniyat madaniyati hazinasiga qo’shilgan salmoqli hissa bo’ldi. Chunki u
jismlarni juda yuqori haroratda qizdirish, fizikaviy va kimyoviy jarayonlarni
tezlashtirish, jarroh, zargar va quruvchining tig’siz ishlashi, predmetlarning hajmiy
tasvirini olish, turli materiallar, suyuqlik va gaz muhitlarining tarkibini tez aniqlash
kabi imkoniyatlarni tug’diradi. Lazerli shishalarni ma’lum ma’noda
radioto’lqinlarning generatorlari va kuchatirgichlari deb qarash mumkin. Lazerli
shishalar erning sun’iy yo’ldoshlarini, Oy, Mars va Venera planetalarini, kosmik
kemalarini, radioaktiv prostesslarni kuzatish va o’rganishda ham keng
qo’llanilmoqda.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining bir gurux olimlari olib borgan ko’p
yillik ilmiy izlanishlar respublikamizda shishaning bir necha turlari-yo’l belgilari
uchun
ishlatiluvchi
optik
shishalar,
termometrik
shishalarning
yangi
modifikastiyalari, ma’lum miqdorda tok o’tkazuvchi yarimo’tkazgich shishalar,
o’ta yuksak fazilatlarga ega bioshishalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish
mumkinligi isbotlab berdi.
Texnika shishalari tarkibi va texnologiyasini yaratishga oid ishlar O’zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasining issiqlik fizikasi va Yadro tadqiqotlarini olib
borish institutlarida, “Fizika-Quyosh” ishlab chiqarish birlashmasining
materialshunoslik
institutida,
Toshkent
Davlat
2-chi
Tibbiyot
instituti
laboratoriyalarida,
Toshkent
“Oniks”
xissadorlik
jamiyatining
shisha
laboratoriyasida, Farg’onaning “Quvasoy kvarst” korxonasi tajriba stexida,
“Toshkent - kabel” ishlab chiqarish birlashmasida va boshqa muassasalarda
muvafaqqiyatli olib borilmoqda.
Mavzuga oid tayanch so’z va iboralar.
Texnika shishasi – xom ashyolar aralashmasini eritish, qoliplash va
kuchlanishni yo’qotish yo’li Bilan olinadigan, ko’pgina foydali, o’ziga mansub
bo’lgan xossalarni jamlagan va texnika sohalarida qo’llaniladigan shaffof jins;
88
Texnika shishasi turlari – kvarst, optika, nur texnikasi, toblangan list, tripleks
shisha, egilgan shisha, kimyoviy – laboratoriya shishasi kabi turlanish;
Kvarst shisha ishlab chiqarish texnologiyasi – kvarst qumiga chuqur ishlov
berish, quritish, eritish, cho’zish yoki presslash, kesish va otjig kabi jarayonlani o’z
ichiga olgan texnologik tizim.
Kvarst shisha xom ashyosi – tarkibida 99,6 – 99,7 SiO
2
bo’lgan qum bo’lib,
ularning donalari o’lchamlari 0,02 dan 0,35 mm gacha boradi. Qum o’rniga toza
kvarst toshini ishlatish ham mumkin.
Kvarstni erish nuqtasi – harorat 1710
0
S ga etganda SiO
2
ning kristall
formadan eritma formasiga o’tish nuqtasi.
Kvarst shishaning asosiy xususiyatlari – kislota va ishKorlarga chidamlilik,
issiqdan kengayish kamligi, mexanik mustaxkamligining o’ta yuqori bo’lishi.
Texnika shishasini qo’llanilishi – xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun
keng ishlatiladigan universal material.
Nazorat savollari.
10. Texnika shishasining stivilizastiya rivojini ta’minlashdagi rolini gapirib
bering.
11. Texnika shishasiga ta’rif bering.
12. Texnika shishasi safiga kiruvchi shishalarni sanab bering.
13. Texnika shishasining umumiy xususiyatlarini sanab bering.
14. kvarst shishasi asosida buyumlar ishlab chiqarish texnologik sxemasini
chizib bering.
15. Kvarst shisha ishlab chiqarishda qanday xom Ashe ishlatiladi?
16. Kvarstning erish nuqtasi necha gradusga teng?
17. Texnika shishasi kanday maqsadlarda ishlatiladi?
18. Texnika shishalarining istiqbollari qanday?
|