97
quritish va pishirish jarayonida buyumlarning ko‘p kirishishiga sabab bo‘ladi.
Gillar
yuqori plastik gil, o‘rtacha plastik gil va kam plastik gillarga bo‘linadi.
Yog‘li gillarning plastikligi yaxshi bo‘ladi, ular bog‘lanuvchan bo‘ladi va oson
shakllanadi, lekin buyumlar qurish jarayonida hajmi
kichrayadi va darzlar hosil
bo‘ladi. Kam plastik gillarga shakl berish juda qiyin bo‘ladi. Shakllanadigan
massaning plastikligini oshirish, g‘isht va boshqa materialllarning sifatini
yaxshilash uchun sirtiga faol moddalar –sulfat-achitqi bragasi (SDB) va boshqalar
qo‘llaniladi.
Sopol materiallarni ishlab chiqarish uchun yuqori plastik gillar
ishlatilganda xosh ashyo aralashmasiga yog‘sizlantiruvchi qo‘shimchalar yoki
ma'lum miqdorda plastikligi kam gil qo‘shiladi.
Gil zarrachalarini ajratish uchun zarur bo‘lgan
kuch uning
bog‘lanuvchanligini ko‘rsatadi. Yuqori bog‘lanuvchanlikka tarkibida ko‘p
miqdorda gilli fraksiyalar bor gillar ega bo‘ladi.
Gilning bog‘lanish xususiyati shu bilan ifodalanadiki, gil plastik bo‘lmagan
materiallarning zarrachalarini bog‘lashi (qum, shamot va boshqalar) va quriganida
yetarli darajada mustahkam xom ashyo hosil qilishi mumkin.
Gillarning havoda kichrayishi 110
0
C da quritish jarayonida endigina
qoliplangan namunaning chiziqli o‘lchamlarida foiz hisobida ifodalanadi. Yuqori
plastik gillarning havoda chiziqli kichrayishi 10 % dan ortiq, o‘rtacha
plastiklikdagi gilniki 6-10 va oz plastik gilniki 6 % dan kam bo‘ladi.
Gillarning olovda kichrayishi deb, pishirish jarayonida quruq namunaning
chiziqli o‘lchamlarining o‘zgarishiga aytiladi. Gillarning olovda kichrayishi turiga
qarab odatda 1-4 % atrofida bo‘ladi.
Olovbardoshlik – gilning yuqori harorat ta'siriga shakli o‘zgarmay bardosh
bera olish xossasidir. Olovbardoshligi bo‘yicha gillar uch guruxga bo‘linadi:
yumshash harorati 1580
0
C dan yuqori olovbardosh gillar;
yumshash harorati
1580
0
-1350
0
C bo‘lgan qiyin suyuqlanadigan gillar va yumshash harorati 1350
0
C
dan past oson suyuqlanadigan gillar.
Olovbardosh gillar gilli zarrachalardan iborat bo‘lib, ularning tarkibida
ozgina miqdorda aralashmalar bo‘ladi va shu sababli yuqori plastiklikka ega. Bu
gillar olovbardosh chinni va fayans buyumlarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Qiyin
suyuqlanadigan gillar pol plitkalari, oqava quvurlari va qurilishbop sopolakning
boshqa turlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Qo‘shilmalar. Plastik sergil xom ashyo sopol materiallar ishlab chiqarishda
kam ishlatiladi, chunki quritish va pishirish jarayonida ular ko‘p kichrayadi,
buning natijasida buyumlar qiyshayadi va yoriqlar bilan qoplanadi. Kichrayishni
kamaytirish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga
gilni kamaytiruvchi
materiallar (qum, shlak, qattiq yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘lgan kul,
maydalangan sopol sinig‘i, shamot va boshqalar) kiritiladi.
g‘ovakligi yuqori va issiqlik o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan yengil sopol
materiallar olish uchun xom ashyo aralashmasining tarkibiga kukun hosil qiluvchi
98
qo‘shilmalar kiritiladi, ular pishirish jarayonida yonib bitadi (qipiq, ko‘mir kukuni,
torf va boshqalar).
Boyituvchi va plastiklovchi qo‘shimchalar (yuqori plastik va bentonitli
gillar, ko‘mir qazib chiqarishdagi chiqindilar, sulfit-spirtli barda(qog‘oz ishlab
chiqarish chiqindisi) va boshqalar) gil aralashmasiga tuproq gil xom ashyosini
boyitish, uning plastikligini oshirish, gillarning qoliplanish
va qurilish xossalarini
yaxshilash uchun qo‘shiladi.
Plastiklik deb, gil qorishmasining tashqi kuchlar ta’siri ostida darzlar hosil
qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingandan keyin shu shaklni saqlab
qolishiga aytiladi. Gil tarkibida gil zarrachalarining miqdori ortgan sari uning
plastikligi ortadi. Gil qancha plastik bo’lsa, yaxshi shakllanadigan gil qorishmasini
hosil qilish uchun shunchalik ko’p suv talab qilinadiki, bu esa o’z navbatida
quritish va pishirish jarayonida buyumlarning ko’p kirishishiga sabab bo’ladi.
Gillar yuqori plastik gil, o’rtacha plastik gil va kam plastik gillarga bo’linadi.
Yog’li gillarning plastikligi yaxshi bo’ladi, ular bog’lanuvchan bo’ladi va oson
shakllanadi, lekin buyumlar qurish jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil
bo’ladi. Kam plastik gillarga shakl berish juda qiyin bo’ladi. Shakllanadigan
massaning plastikligini oshirish, g’isht va boshqa materialllarning sifatini
yaxshilash uchun sirtiga faol moddalar –sul fat-achitqi bragasi (SDB) va boshqalar
qo’llaniladi.
Mavzuni jonlashtirish uchun savollar
1.
Gil va kaolin asosidagi sopol buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi
2.
Ularning klassifikatsiyasi
3.
Sopol buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi