99
uzunligi esa 333 va 500 mm. Quvurlarning tashqi yuzasi silindr yoki olti- va
sakkiz burchak qirrali shaklda yasaladi. Quvur sopalagi g‘ovakli bo‘lib, suv
yutuvchanligi 18%dan oshmaydi. Ularning siqilishga chidamliligi 35-5D MPa,
egilishga chidamliligi 17,5-25 MPa atrofida. Ba’zi
adabiyotlarda oxirgi
raqam 45 MPa gacha borishi qayd etilgan. Sovuqqa bardoshlik 15 sikldan kam
bo‘lmasligi, agressiv erosti suvlariga chidamlilik yuqori bo‘lishi
talab
qilinadi.
Sopalakning
kislotaga
chidamliligi
84%
dan
yuqori.
Erosti
kommunikatsiyalarining suv va boshqa suyuqliklarni oqizib.
yuborilishini ta’minlovchi asosiy elementlari qatoriga uzoq muddatga va
korroziyaga chidamli keramik drenaj va kanalizatsiya quvurlari kiradi.
Drenaj quvurlari qishloq xo‘jaligi, inshoatlar va yo‘llar
qurilishiga
oid meliorativ ishlarni bajarish - tuproqlar, torfli
balchiqlar va joylarni
quritish, erosti suvlarini yig‘ish va uzatish uchun ishlatiladi. Ular
silindrik shaklga esa bo‘lib, rastrubsiz bir-biriga etkazilgan holda ulanadi.
Bir so‘z bilan aytganda drenaj quvurlar meliorativ xizmat doirasida suv
yig‘ish va tarqatish sistemalarining asosiy elementi bo‘lib,
ular gruntli
suvlar
yig‘ilishi
va
oshib
ketishining
oldini
oladi.
Kanalizatsiya quvurlari xo‘jalik va sanoat kanalizatsiya tarmoqlarida suv
va ishlab
chiqarishning tarkibida ishqor, kislota va kimyoviy tuzlar bo‘lgan
agressiv suyuq chiqindilarini oqizib yuborish uchun xizmat qiladi. Kanalizatsiya
quvurlarining
agressiv
muhitga
chidamliligi
metall,
asbestotsement,
beton va temirbetondan yasalgan quvurlarga nisbatan ancha ustun.