• Tushunchalarni bo’lish
  • Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish




    Download 0,5 Mb.
    bet7/12
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #228838
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    14 MAVZU TOPSHIRIQ (1)

    3. Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish tushunchalar ustida olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.

    Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmiga tor tushunchaga (jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Masalan, «Mexanik harakat» tushunchasidan «Aylanma harakat» tushunchasiga o’tsak, uning hajmini chegaralagan bo’lamiz. Chegaralashda berilgan tushuncha – «Mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo’shiladi. Natijada unga nisbatan tur hisoblangan yangi tushuncha-«Aylanma harakat» tushunchasi hosil bo’ladi.


    4. Tushunchalarni bo’lish. Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo’li bilan aniqlashga tushunchani bo’lish deyiladi. Bo’lish amalini bo’linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo’lgan tushuncha), bo’lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilanadigan birorta umumiy belgisi) va bo’lish a’zolari (bo’lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan «Inson» tushunchasini (bo’linuvchi tushuncha) ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra (bo’lish asosi) «ishchi», «dehqon», «ziyoli» (bo’lish a’zolari) tushunchalariga ajratish yo’li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo’linuvchi tushuncha-jins tushuncha, bo’lish a’zolari-tur tushunchalar bo’lib, ular o’zaro birga bo’ysunish munosabatidadirlar.
    Tushunchalarni bo’lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga bo’lgan bo’lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga ega bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan mulohaza hosil qilsak, u xato bo’ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Yengil avtomobil», «Yuk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo’lgan bo’lamiz.
    Bo’lishning ikkita turi mavjud: asos bo’lgan belgining o’zgarishiga qarab bo’lish va dixotomik bo’lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo’lish uchun asos qilib olinib, uning o’zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan: burchakning o’zgarishiga qarab «uchburchak» tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to’g’ri burchakli uchburchak», «o’tmas burchakli uchburchak», «o’tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo’lish asosi qilib bo’linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini olish mumkin. Masalan «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab «teng tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak» tushunchalariga ajratish mumkin.
    Tushunchaning qaysi belgisini bo’lish asosi qilib olish bo’lishda hal qilinishi lozim bo’lgan vazifaga bog’liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’iy nazar, bo’lish o’zining obyektiv asosiga ega bo’lishi lozim, ya’ni bo’lish asosi bo’lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo’lishi shart.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish

    Download 0,5 Mb.