Reja: Elektr o‘lchashlar fanining maqsad va vazifalari




Download 17.65 Kb.
bet1/2
Sana28.02.2024
Hajmi17.65 Kb.
#164124
  1   2
Bog'liq
Reja Elektr o‘lchashlar fanining maqsad va vazifalari-hozir.org
Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va u, 366-Article Text-842-1-10-2022.11.17, 15-MAVZU TOPSHIRIQ-PPHYS26MBK-(10-bet) (2), Nazirov Sh.A. Kompyuter grafikasi va dizayn, Типы устройство и принцип работы локомотива 3, 99 Buyruq 28.08.2023 (4), KARIMOVA SHOIRAXON uslubiy qo\'llanma, 14-maruza, Mavzu.turkiston assr da boshqaruv tizimi.docx 1230, Elektr yuritma asoslari labaratoriya, Chiqindilar muammosi-fayllar.org, ATOVA ZUXRA SABIROVA, ABDUMAJIDOV ELYOR BAXTIYOR O’G’LI, Raximova Roxat Boy soatovna (1), Tort haqida malumotlar

Reja: Elektr o‘lchashlar fanining maqsad va vazifalari

ELEKTR O’LCHASH ASBOBLARI. O’LCHASH XATOLIKLARINI KAMAYTIRISH USULLARI


Reja:
1.Elektr o‘lchashlar fanining maqsad va vazifalari
2.Elektr o‘lchashlarning fan va texnikadagi axamiyati
3.O‘lchashlar fanining rivojlanish tarixi
4.Xatoliklarni kamaytrish
Kirish. Elektr o‘lchashlar fanining maqsad va vazifalari
Sanoat, transport, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyoviy texnologiya va boshqa sohalardagi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnologik, agrokimyoviy va biologik nazorat bilan birga turli o‘lchash ishlari ham olib boriladi. Shuning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati boshqarishda qo‘llanilayotgan nazorat va o‘lchash vositalariga bevosita bog‘liq. Har bir yetuk mutaxassis o‘z ish joyida texnologik jarayon parametrlarini, ularning o‘lchash usullarini, o‘lchash asboblari va qurilmalarining texnik xarakteristikalarini bilishi kerak. Bakalavriatni tugatgan har bir kishi o‘lchash asboblari bilan ishlashda o‘lchash sxemalari va asboblarini ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilim va malakaga ega bo‘lishi, elektr, magnit, noelektrik kattaliklarni bilishi, ularni o‘lchashi, nazorat qilishi, o‘lchash asboblarini to‘g‘ri tanlay olishi, xatoliklarning sababini aniqlashi lozim.
Transport, Issiqlik texnikasi, elektroenergetika, qishloq va suv xo‘jaligi, geologiya va geofizika, tibbiyot, biologiya, atrof-muhit ekologiyasi sohalarida yuzaga keladigan muammolarni yechishda turli parametrlarni o‘lchash va axborot olish sezilarli darajada murakkablashib bormoqda. Bu holat yangi o‘lchash usullari va vositalarini yaratishni va birlamchi o‘lchash o‘zgartkichlari – datchiklarga, umuman olganda, o‘lchash texnikasiga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqda. Shuning uchun o‘lchash asboblarining texnik imkoniyatlarini hisoblash, texnika vositalari yordamida kengaytirish va turli sharoitlarga moslashtirish hozirgi o‘lchash texnikasining dolzarb masalasi bo‘lib qolmoqda.
«Elektr o‘lchashlar» fani talabalarga elektromagnit hodisasi va jarayonlarini, elektr, magnit kattaliklar va parametrlarini hamda texnologik jarayonlarni boshqarishda yuzaga keladigan muammolarni hal etishga imkon beradi.
Metrologiya va elektr o‘lchashlardan olingan bilim va ko‘nikmalar kasb-hunar kollejlarining elektrotexnik yo‘nalishdagi talabalariga «Sanoat korxonalarining elektr jihozlari va qurilmalari», «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish», «Elektrotexnologiya» va boshqa fanlarni o‘zlashtirishlarida yordam beradi. «Elektr o‘lchashlar» sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa sohalar yo‘nalishida bakalavr va mutaxassislar tayyorlashda o‘qitilishi lozim bo‘lgan fandir. Davlat ta’lim standartlari, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqqan holda, bu fan kollej talabalarida metrologiya va elektr o‘lchashlar bo‘yicha zarur va yetarli bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantiradi.
O‘quv qo‘llanmaning maqsadi elektrotexnika, elektroenergetika, radiotexnika va avtomatika cohalariga oid ta’lim yo‘nalishida elektrik bakalavrlarni tayyorlashga ko‘maklashishdir. Talabalar fanni o‘qish jarayonida elektr o‘lchovlar, o‘lchash asboblarining tuzilishi, ularning ishlatilishi va ta’mirlashning asosiy masalalarini o‘rganadilar. Asboblarning texnik xarakteristikalari va xususiyatlari, ularning qiyoslash usullari hamda qoidalari bilan tanishadilar.
«Elektr o‘lchashlar» fanini o‘rganish natijasida talabalar olgan bilimlari hamda tajribalarini ishlab chiqarishda qo‘llashlari lozim bo‘ladi.
Har bir talaba bilimlarini respublikamiz oldida turgan o‘ta muhim masalalarni yechishga, jahon andozalariga mos keluvchi texnologik jarayonlarni samarali boshqarish hamda mahsulotlarni ishlab chiqarishga safarbar etishi kerak.



Download 17.65 Kb.
  1   2




Download 17.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Elektr o‘lchashlar fanining maqsad va vazifalari

Download 17.65 Kb.