Reja: Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish




Download 36.42 Kb.
Sana19.07.2023
Hajmi36.42 Kb.
#76951
Bog'liq
Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish
XIV asming ikkinchi yarmi va XVI asrda Movarounnahrda tarbiya va, ХФХ тест, Chet mamlakatlar soliq tizimi, 1, 20230804T1325 - YAKUNIY NAZORAT Ergashev Dostonbek 2-gurux, 888888888888888888888888888888888888888888888888888, Toshmamatov Xusanboy, 20231111T1104 - TOSHMATOV XUSNIDDIN - ORALIQ NAZORAT 104guruh, Matematik analiz, Sonli usullar, Программирование под платформу Android, 7. Управление предприятием 72 часа, Амалий машғулот - Маркетинг

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI REJALASHTIRISH
REJA:

1. Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish


2. Boshlang`ich talim integratsiyasining metadologik asoslari
3. Integratsiyalangan darslarni samaradorligini oshirish omillari.

INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI REJALASHTIRISH


Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o’qitishda ularning integratsiyasini ta’minlashga yetarli e’tibor berilmay kelmoqda. Hatto, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi fanlar ham tizimli o’zaro bog’liqlikni ta’minmagan holda o’qitilmoqda.
Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o’quv rejalarida ushbu fanlarni o’qitishning vaqt bo’yicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini qisman uyg’unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta’minlovchi o’quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
Zamonaviy didaktika o’quv fanlarini integratsiyalashga bir qancha yondashuvlarni taklif qiladi, biroq hali bu jarayonning umume’tirof etilgan mazmuni, shakl va vositalari yaratilgan emas. Ko’pchilik pedagog olimlar ta’limdagi integratsion jarayonlarni o’rganishda fundamental fanlarni integratsiyalashdagi tasavvurlardan kelib chiqqan holda ish ko’radilar.
Bu holat integratsiyaning dastlab fundamental tarmoqlarda amalga oshib, keyinchalik pedagogika sohasiga tarqalganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, o’quv fanlari ilmiy fanlardan farq qiladi. Faqat bu farq ular mazmunida emas, balki bilimlarning berilish shakli, hajmi va bayon qilinish chuqurligida o’z aksini topadi.
O’quv fanini o’rganishdan maqsad o’quvchini fandagi ob’ektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda sub’ektiv yangilikka ega bo’lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat. SHu sababli, o’quv fanlari integratsiyasi ilm-fandagi shu jarayonlardan farq qiladi.
Bu ma’noda integratsiya – fanlarning differentsiatsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan o’quv fanlariga bo’lib o’qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o’zaro bog’liqligini ta’minlash shakli sifatida qaralishi mumkin.
O’quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o’quv fanlari bo’yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, o’quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o’zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi.
O’quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat bo’lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi – sub’ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
O’quv fanlarini integratsiyalashgan holda o’rganishda sub’ektiv yangi bilimlar sintezi qanday kechadi? – degan savol yuzaga kelishi mumkin. Didaktikada turli fanlarga taaluqli o’quv materiallarini bitta kursga birlashtirish kabi integratsiyaning turli shakllari taklif qilinadi. Biroq, pedagogik tajribalar bu kabi shakllarning yetarli samara bermasligini ko’rsatmoqda. Biz, ta’lim tizimida tarixan tarkib topgan fanlarga bo’lib o’qitish tizimi saqlanib qolishining tarafdorimiz. O’quv fanlari nisbatan mustaqil bo’lishi kerak, chunki ularning har biri o’z tili, tushunchalar apparati, metodologiyasi, metodikasi, tadqiqot predmeti va kontseptsiyasiga ega alohida fan sohasini ifoda etadi.
SHu bilan birga, ularni o’zaro bog’liqlikda o’rganish bilan bog’liq imkoniyatlar ro’yobga chiqarilishi lozim. Bunday imkoniyat jumladan fanlararo yondashuv asosida ta’minlanadi. Uni o’quv fanlarini integratsiyalash shakli sifatida ham, sub’ektiv yangi bilimlarni sintez qilish metodi sifatida ham qarash mumkin. Biz fanlararo yondashuvni umumta’lim hamda maxsus fanlarni integratsiyalashda pedagogika fani uchun eng optimal yo’nalish sifatida qaraymiz. Biz o’quv fanlarini integratsiyalash natijasi fanlar o’zaro bog’lanmagan holda o’rgatilganda shakllantirish mumkin bo’lmagan sub’ektiv yangi bilimlarning o’zlashtirilishi, — degan kontseptual g’oyaga tayanamiz.
Ilmda yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba’zida u bir qancha o’n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O’quv jarayonida o’qituvchi bir yoki bir necha mashg’ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o’zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi sub’ektiv yangi bilimga “olib kelishi” kerak bo’ladi. Ya’ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o’tish bilan bog’liq bo’lib, u fanlararo aloqalarni o’rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bilimlarning har qanday olib o’tilish holati sub’ektiv yangi bilimlar sinteziga olib kelmaydi. Buning uchun ushbu bilim inversiyaga uchrashi lozim.
Bilimlarning inversiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: talaba aqliy faoliyatini faollashtirish maqsadida bilimlarni shakllangan fandan boshqasiga o’tkazilgandagi tavsifining o’zgarishi; ilmiy bilimlar mohiyat jihatidan o’zaro bog’liqligini o’quv vazifalariga aylantirish; talaba ijodkorlik qobiliyatlari ham kasbiy yo’nalganligining tarkib topishini ta’minlovchi fanlararo bilim va ko’nikmalarni egallash darajalarini belgilab olish.
Inversiyaning mohiyatini quyidagi misolda izohlash mumkin. I.Nyuton tomonidan kashf etilgan mexanika qonunlariga oid bilimlar inversiya natijasida hali maktab fizika kursidayoq texnika va texnologiya ob’ektlariga tatbiq etilib, politexnik ko’rinishda taqdim etiladi. Ushbu bilim boshqa ob’ektlarga o’tkazilganida o’zga yo’nalish kasb etib, boshqa kasbiy vazifalar yechimiga xizmat qiladi. Misol uchun, fizikani o’qitish metodikasiga o’tkazilgan fizikaga oid bilimlar inversiyaga uchrab, bo’lajak fizika o’qituvchilarini tayyorlashdagi kasbiy bilimlarga aylanadi. Fan yo’nalishlariga oid bilimlar bo’lajak muhandisning maxsus fanlarni o’rganishi hamda ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida kasbiy bilimga aylanadi. Bu kabi o’zgarishlar amalga oshirilmasa, umumta’lim hamda maxsus fanlarga oid bilimlar kasbiy faoliyatga tatbiq etilmasa ular bo’lajak muhandis uchun kasbiy bilim emas, balki propedevtik ahamiyat kasb etuvchi ma’lumot sifatidagina ahamiyatga ega bo’ladi.
Umumta’lim, umumtexnik hamda maxsus turkumdagi fanlarni integratsiyalash imkoniyatlari ularning mazmunida mujassamlashgan, zero, u o’zida tabiatiga ko’ra yagona bo’lgan atrof-olam to’g’risidagi bilimlarni ifoda etadi.
Pedagogikaga oid ilmiy izlanishlarda o’quv fanlarini o’qitishdagi tarqoqlikni bartaraf qilishga qaratilgan shakl, metod hamda vositalari tizimini, ularning asosi bo’lgan o’qitish va tarbiyalash jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bularni o’quvchilar hayotiga qanday tatbiq qilib bo’ladi?

O’qish – aqliy mehnat turlaridan biri. Mamlakatimizda millionlab o’quvchilar maktablarda o’qishadi. O’qish – bu o’ziga xos xususiyatga ega mehnatdir. SHu narsa aniqki, bu mehnat ham ayni bir natijaga erishish uchun ko’p yoki oz kuch sarflanishiga qarab u yoki bu darajada samarali bo’lishi mumkin.


O’quvchilarni har bir ishga kirishishdan oldin xoh yozma, xoh og’zaki reja tuzib olishga o’rgatish kerak. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ham, shaxsiy ishda ham tartiblilik, tejamlilik rejaning mavjudligi va mukammalligiga bog’liqdir:
Reja – ishdagi muvaffaqiyatning asosidir.
Reja – harakat uchun dastur.
Rejaning tarkibiy qismlari:
Ish maqsadini aniqlash.
Ish uchun nimalar kerak?
Ish tartibi, ish jarayoni, vaqti, joyi.
Nihoyat, ishning o’zini: uning nimadan boshlanishi, qanday borishi, nimadan keyin nima kelishini aniq tasavvur qilish kerak.
Ishni bajarish uchun eng avvalo tegishli ish o’rni kerak. Maktabdagi ko’pchilik darslar uchun parta yoki stol singari ish o’rni to’liq kifoya qiladi.
Endi ish o’rniga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Ish o’rnida hech qanday ortiqcha narsa bo’lmadligi kerak. Aks holda kerakli narsani topish uchun ko’p vaqt sarflanadi.
Ish o’rnida tozalikni ta’minlash kerak. Ish o’rni qanchalik toza bo’lsa, ishlash shunchalik oson, zavqli bo’ladi.
Ish o’rnida bajariladigan ishga muvofiq tartib ta’minlanishi lozim. Bizga kerak bo’ladigan hamma narsani bir tomonda (yaxshisi chapda), bajarilgan va foydalanilgan narsalarni o’ng tomonda saqlash kerak. Ko’p ishlatiladigan narsalar yaqinroq turishi kerak.
Stolda tartib saqlanishi uchun ruchka, qalam, knopka, qisqich, o’chirg’ich va maxsus qalamdondan foydalanish o’rinli. SHuni unutmaslik kerakki, sinf xonasidagi tartib, ozodalik har bir ish o’rnidagi tartib va ozodalikka bog’liq.
Bu xildagi ish jarayoni o’quvchilarni tartiblilikka, ozodalikka, o’z-o’zini nazorat qilishga, qiziqib mehnat qilishga o’rgatadi.
Sinf rahbari turli rejalar tuzib olishi mumkin: kelajakka mo’ljallangan, ya’ni istiqbolli (yillik, bir necha yillik) va muvaqqat (oylik, haftalik, kunlik).
Xo’sh rejaning asosiy manbai nimalardan iborat bo’lishi kerak?
Bosh manba – hukumatimizning farmon va qarorlari, hamda xalq ta’limi tiziminyng rasmiy yo’l-yo’riqlari, hujjatlari hisoblanadi.
Rejaning yana bir muhim manbai – o’tgan o’quv yilidagi tarbiyaviy tadbirlarning yutuq va kamchiliklari tahlilidir.
Reja quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:
1. Rejaga Istiqlol g’oyalarini singdirish.
2. Rejaning shakl va yo’nalishlari rang-barang hamda istiqbolli bo’lishi.
Reja uzluksiz va izchil bo’lishi.
Rejaning aniqligi.
Barcha tarbiyaviy vazifalar maktab oldiga qo’yilgan asosiy maqsadni – o’quvchilarni har tomonlama, «Sog’lom avlod uchun» dasturi asosida ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash, ularni hayotga, mustaqil davlat qurilishiga faol qatnashishga tayyorlash maqsadini amalga oshirishga qaratilmog’i darkor.
«Har qanday ulug’ maqsadlarga yetishish yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go’zal hayot barpo etish, avvalo, shu jamiyat a’zolari bo’lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog’liqdir, – degan edi prezidentimiz I. Karimov.
Rejaga bajarib bo’lmaydigan ishlarni kiritmaslik kerak. Ishni rejalashtirishda mahalliy sharoitlardan kelib chiqish lozim. Rejada hamma narsa: ish vaqti, joyi, mas’ullar aniq bo’lsin.
Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi – bu majburiy pedagogik hujjatdir. Uni amalga oshirish uchun sinf rahbari shaxsan mas’uldir. «Sinf rahbari haqida Nizom»-da: «Sinf rahbarining ishi reja asosida olib borilishi lozim» deb belgilab qo’yilgan.
Ishning istiqbolli rejasi sinf jamoasi tomonidan to’plangan tajribaga qarab va sinf rahbarining o’z vazifalariga muvofiq ravishda bir yoki bir necha yilga tuzilishi mumkin. Nizomda «Sinfning yillik ish rejasi tuziladi. Uni tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari tasdiqlaydi» deyilgan.
Rejaning ifodalash shakli juda oddiy bo’lgani ma’qul: ishning nomi, bajarish muddati, mas’ul kishi. Reja qisqa va aniq bo’lishi kerak. Bo’lar-bo’lmas ishlar ro’yxatini qalashtirib, qappaygan reja tuzishga berilib ketmaslik kerak. Rejaga faqat hayot ilgari surgan va o’quv yili davomida muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin bo’lgan tadbirlarnigina kiritmoq lozim. Kiritilgan tadbirlar ham biri bog’dan, biri tog’dan olib yozilmasligi, balki ular tarbiyaviy ishlar tizimida bir-biri bilan bog’langan, bir-birini to’ldiradigan holda bo’lishi zarur.
Reja o’quvchi shaxsiga ta’sir ko’rsatuvchi turli tarbiyaviy omillarning nafaqat umumiy, balki xususiy aniq tadbirlarni ham o’z ichiga olishi kerak.
Biz quyida sinf rahbari ish rejasining asosiy bo’limlari va mazmunini beramiz:
I. Uquvchilar jamoasi bilan ishlash. Uquvchini o’rganish (o’quvchi haqida ma’lumot to’plash, uning aqliy, jismoniy, ruhiy rivoji, bilim, ko’nikma va malakalari darajasini, tarbiyalanganlik, jamoatchilikka intilish darajalarini diagnostik dasturlar asosida o’rganish), sinf jamoasini o’rganish (o’quvchilar soni, jinsi, millati, yoshi, rasmiy va norasmiy liderlar, ilg’orlar, qoloqlar, intizomsiz va tarbiyasi qiyin o’quvchilar, ularning sinfga ta’siri, sinfning jamoatchilik topshiriqlariga munosabati, sinfning tarbiyalanganlik, jipslik, rivojlanganlik darajalarini diagnostik dasturlar asosida o’rganish), sinf jamoasini tashkil etish va yo’naltirish (tashkiliy ishlar, sinf faollari bilan ishlash, umumiy ishlar ustidan nazorat, o’quvchilarni o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatish, navbatchilikni, o’zaro yordamni yo’lga qo’yish, gazeta tahririyati bilan ishlash, kasalmand va nogiron o’quvchilarga g’amxo’rlik, vaqtli matbuot nashrlariga yozilish, mehnat harakatlarida qatnashish, sinf mulkini saqlash, kundalik rejimga bo’ysunish va hokazolar).
II. O’quvchilar va o’smirlar uyushmasi («Kamolot» jamg’armasi) bilan birgalikda olib boriladigan ishlar. Ushbu bo’limda o’quvchilar Yetakchisiga, «Kamolot» jamg’armasi kotibiga ularning tarbiyaviy ish faoliyatlarida beriladigan yordamning aniq shakllari ko’rsatiladi.
III. Sinf o’qituvchilari bilan ishlash. Darslarda o’quvchilarni o’rganish (o’quvchining darsda o’zini tutishi, ularning o’zlashtirmasligi, bilimdagi nuqsonlar, xulqi), o’quvchilardagi bilim ko’nikmalarini aniqlash (o’quvchilar kundaliklari, daftarlarini ko’rib chiqish, o’qituvchilar bilan
suhbatlashish, o’quvchilarning o’quv ishlarini kuzatish, darsliklar, ma’lumotnomalar, jadvallar va hokazolar bilan ta’minlanish ahvolini o’rganish, nutq madaniyati, uyga vazifa, kasb tanlash masalalari bilan qiziqish), o’quvchi-o’qituvchi munosabati (o’quvchi bilan o’qituvchining chiqishimligi, o’qituvchiniig pedagogik odobga, pedagogik talablarning bir xilligiga erishishi masalalari), o’zaro yordamni tashkil etish (qoloq o’quvchilarni aniqlash, fan o’qituvchisi bilan birgalikda uning saablarini tahlil qilish va tegishli tadbir belgilash, a’lochi o’quvchilardan o’zaro yordam harakatini uyushtirish), o’qituvchilarga yordam berish (o’quvchilar haqida tegishli ma’lumotlar, maslahatlar berish, fanga oid tadbirlarni o’tkazishda ko’maklashish).
N.N.Skatkin, I.Ya.Lerner, AleksyO’q Yu.K.Babanskiylarning tekshiruvlarida ta’lim uslublariga taalluqli ikkilamchi tur belgilarining ta’rifi beriladi, Ular uslub-ifoda, mazmun va ta’lim usuli ekanligi isbotlab berishgan.
Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida ko’rsatadi. Ta’lim jarayoiida turli xil mantiqiy tizimlar orqali o’qituvchi va u bilan birgalikda o’quvchilar o’z bilim, qobiliyat va ko’nikmalarini dedO’qtsiya, indO’qtsiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash taklida ifodalaydidar.
Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog’langan ichkn tomonini tashkil qiladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o’quv rejalari va dasturlariga o’tish davrida jamiyat va atrof-muhit o’rtasndagi aloqalarni uyg’unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o’rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quv rejasi – me’yoriy hujjat bo’lib, unda har bir o’quv predmetining mazmuni ochib beriladi, muayyan o’quv yilida o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi.
O’quv rejasida quyidagilar aks etadi:
- o’quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
- ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlarining tartibi;
- fanlarning o’qish yillari bo’yicha taqsimlanishi;
- har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
- har bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
- praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar kabilarning davomiyligi.
O’quv rejalarining quyidagi turlari mavjud:
tayanch o’quv rejalari;
namunaviy o’quv rejalari;
ishchi o’quv rejalari.
Tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblanuvchi asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tayanch o’quv rejasi Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Namunaviy o’quv rejalari tayanch o’quv rejasi asosida uzoq muddatga mo’ljallab tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ishchi o’quv rejalari namunaviy o’quv rejalari asosida o’quv muassasalarining mavjud sharoitlarini hisobga olgan holda yaratiladi.

O’qituvchi faoliyatida rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslarning rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ijodiy faoliyat lozim bo’ladi. O’qituvchi mustaqil ravishda o’quvchilarning tayyorgarliklari darajasini, ularning o’quv imkoniyatlarini, moddiy baza holatini, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini ishlab chiqishi kerak.


O’quvchilarga dars o’tish faoliyatini tashkil etish uchun o’qituvchi o’quvchilar oldiga o’rganilgan mavzu asosida o’quv masalalarini qo’yishi va uni bajarishi uchun imkoniyatlar yaratishi lozim. Bunda o’quvchilarning faoliyati bilim olishdan iborat bo’ladi. Bilim olish faoliyatining o’ziga xos xususiyati faoliyat qonuniyatlariga egaligidir. Bilim olish borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajribalar asosida xulq-atvor hamda ko’nikma va malakalarning mustahkamlanib borishi, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borishi jarayoni. Bilim olishning ushbu komponenti ta’limiy xarakterga ega bo’lgan faoliyat natijasida rag’batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.
Bilim olishning yana bir komponenti o’quv harakatlari sanalab, ular belgilangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O’quv harakatlari o’quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko’rinishda bo’ladi.
Tashqi o’quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o’tkazish); pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.
Ichki, ya’ni mnemonik (yunonchadan «mnemonikon» –– eslab qolish madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.

Natijalarni baholash va tahlil etish o’quv harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o’quvchi tomonidan o’zini nazorat qilish, o’zini baholash va o’zini tahlil qilishni amalga oshirish o’qituvchining o’rgatuvchi harakatlari asosida shakllanadi. Bu harakatlarni shakllantirish o’quvchilarni o’z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o’zaro nazoratni tashkil etish, o’rnatilgan mezonlar asosida o’z faoliyati natijalarini o’zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi.

O’qituvchining darsga tayyorgarligi. Darsning samaradorligi uni samarali tashkil etilishi bilan bog’liq. Yaxshi rejalashtirilmagan, yetarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etuvchi tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O’qituvchining ma’lum bir fan asosida darsga tayyorgarlik ko’rishida quyidagi uchta bosqich muhim ahamiyatga ega: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish).
- tashxislashda o’qituvchi didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtiradi, uning natijalarini belgilaydi. O’qituvchining tashxislashida o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi.
- bashoratlash o’qituvchi tomonidan bo’lajak darsni samarali tashkil etilishining turli variantlarini tanlab olib baholash va qabul qilingan mezonlarga muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab olish va qo’llashdir.
- loyihalashtirish (rejalashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, o’qituvchi o’zi uchun boshqarish jarayoni (kimdan va qachon so’rash, qaerda mavzuni kiritish, mashg’ulot keyingi bosqichiga qanday o’tish)ni belgilab olishga imkoniyat beruvchi faoliyatdir.

O’zini mohiyatiga ko’ra keng tushuncha bo’lib, o’rganilayotgan ob’ektning turli jihatlari, xususiyatlarini har tomonlama ochib berishini nazarda tutadi.

Predmetlararo aloqadorlik o’rnatish uchun o’quv materiali mazmunan va mantiqan psixologik pedagogik didaktik metodik va boshqa jihatlardan taxlil etiladi. Pedagogik amaliyotda o’quv materiallarini mavzular bo’yicha va tarkibiy taxlil etish ususllardan keng foydalaniladi.

O’quv materialini mavzular bo’yicha tahlil etish yo’li bilan turli o’quv predmetlarini qaysi mavzulari bir-biri bilan aloqadorligi yuzaki ravishda aniklansa, tarkibiy taxlil etish orqali o’quv materialining tashkil etuvchi tushunchalari, dalillari, qonuniyatlari, hukm, xulosalari, tasavvurlari orasidagi aloqadorlik o’rnatiladi. Aniqlangan predmetlararo aloqadorliklar sxematik, jadval, verbal shakllarda qayd etiladi.


Predmetlararo alokadorlikning kanday shaklda kayd etilishi undan foydalanuvchining imkoniyatlyariga bog’lik.
Predmetlararo aloqadorlikni amalga joriy etish kuyidagi muhim bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin:
1. Maqsad qo’yib, prsdmetlararo apoqadorlikning mohiyati, amalga oshirish ketma-ketligi va ko’lamini aniqlab olish.
2. Mashg’ulotlar davomidi predmetlararo aloqadorlikni bevosita amalga oshirish.
3. Ko’zlangan maqsad bilai olimgap natijani qiyoslab, xulosa chiqarish va istiqbol rejalarini tuzish.
Download 36.42 Kb.




Download 36.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Integratsiyalashgan darslarni rejalashtirish

Download 36.42 Kb.