• 1_8 Bernulli tenglamasi haqida tushuncha bering
  • Respublikamizda neft va gaz to`g`risida ingiliz tilida qisqacha bayon yozib bering




    Download 1,12 Mb.
    bet6/32
    Sana30.11.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #108684
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    GTL 1-bosqich1111

    Katalitik kreking.
    Kichik molekula massali mahsulotlar olish uchun neft xomashyosini termokatalitik qayta ishlash jarayoniga katalitik kreking deyiladi. Katalitik kreking natijasida yuqori oktanli benzinlar, yengil gazoyl, C3-C4 uglevodorod gazlari olinadi (to'yingan va to'yinmagan mahsulotlar aralashmasi). Katalitik kreking nisbatan past temperaturada katalizator ishtirokida olib boriladi.
    Katalitik kreking jarayonida uglevodorodlarni parchalanishi alyumosilikat katalizatorlari ishtirokida sodir boladi. Bu katalizatorlar ishtirokida parchalanish reaksiyasi ionli mexanizm asosida sodir bo'ladi. Termik kreking esa erkin radikal mexanizm bo'yicha sodir bo'ladi. Katalitik kreking jarayonining maqsadi oktan soni 90-92% bo'lgan yuqori sifatli benzin olish. Katalitik krekingda, asosan butan-butilen fraksiyasidan iborat gazlar hosil bo'ladi. Katalitik kreking natijasida olingan gazoyldan saja va naftalin, og'ir gazoyldan esa yuqori sifatli «ignasimon» koks olinadi.
    Ushbu jarayon orqali (harorat 420-530 C; bosim 0,1-0,3 MPa; alyumosilikat, tseolit ushlovchi va boshqa katalizatorlar ishtiroki bilan) turli distillyatlar va qoldiq xom ashyodan yuqori oktanli benzinlar va tarkibida yuqori kontsentratsiyali propan-propilen hamda butan-butilen fraktsiyalarini ushlagan gaz olinadi.
    Normal uglevodorodlar (pentan, butan, benzin fraktsiyasi)ni izomerlash yo‘li bilan alkillash uchun ishlatiladigan izobutan yoki sintetik kauchuk va benzinning yuqori oktanli komponentlarini olish uchun xom ashyo hisoblangan izopentan olinadi. Jarayon harorat 120-150 C va bosim 1 MPa gacha bo‘lgan sharoitda olib boriladi.


    1_8 Bernulli tenglamasi haqida tushuncha bering
    Bernulli tenglamasi — gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik oqimi barqaror (statsionar) boʻlganda suyuqlikning oqish tezligi v bilan bosimi r orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bernulli tenglamasi ga koʻra suyuqlik koʻndalang kesimi oʻzgaruvchan gorizontal quvurdan oqayotgan boʻlsa, quvurning tor joylarida suyuqlikning tezligini kattaroq, bosimi kichikroq va, aksincha, quvurning keng joylarida bosimi kattaroq, tezligi kichikroqboʻladi. Bernulli tenglamasi gidravlika masalalarini yechishda, mas, quvurning biror koʻndalang kesimidan vaqt birligida oqib oʻtayotgan suyuqlik (yoki siqilgan gaz) miqdorini hisoblashda ishlatiladi. Buning uchun Pito naychasi yordamida suyuqlikning bosimi aniqlanadi. Bernulli tenglamasi ning gidravlika va texnika, gidrodinamikada muhim ahamiyati bor. Hajm birligidagi suyuqlik energiyasining saqlanish qonunidan foydalanib D. Berpulli chiqargan (1738).
    Bernulli qonuni: gorizontal oqayotgan suyuqlikning tezroq oqayotgan nuqtalarida bosim sekinroq oqayotgan nuqtalarga nisbatan kichik boʻladi. Shunday qilib, diametri oʻzgaradigan gorizontal suv quvurining suv tez harakatlanadigan qismi suv sekin harakatlanadigan qismiga qaraganda kichikroq bosim ostida boʻladi. Bu koʻpchilikka erish tuyuladi, chunki odamlar yuqori tezlikni yuqori bosim bilan bogʻlaydi. Ammo biz keyingi boʻlimda haqiqatan ham suv ortida oldiga nisbatan kattatoq bosim boʻlsa, u tezroq harakatlanishini koʻrsatamiz. Siqilmaydigan suyuqliklar oʻzgarmas hajmiy oqimni ushlab turishi uchun quvurning ingichka qismiga yetib kelganda tezlashishi kerak. Shu sababli ingichka joʻmrak quvurdagi suvning tezlashishiga olib keladi. Ammo bir narsa sizni oʻyga solayotgan boʻlishi mumkin. Agar suv siqilish paytida tezlashsa, u qoʻshimcha kinetik energiya oladi.



    Download 1,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublikamizda neft va gaz to`g`risida ingiliz tilida qisqacha bayon yozib bering

    Download 1,12 Mb.