|
Respublikamizda neft va gaz to`g`risida ingiliz tilida qisqacha bayon yozib bering
|
bet | 5/32 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #108684 |
Bog'liq GTL 1-bosqich1111Izomerlari va nomlanishi
Alkinlarning nomlanishi alkenlarga oʻxshash. Xalqaro nomenklatura boʻyicha alkinlarni nomlashda [[alkanlarning -an suffiksi -in suffiksiga almashtiriladi. Uch bog' asosiy zanjirga kirishi kerak. Uglerodlar karrali bogʻ yaqin joylashgan chekkadan boshlab raqamlanadi.
Etin (atsetilen): C2H2
Propin: C3H4
Butin-1: C4H6
Pentin-1: C5H8
Geksin-1: C6H10
Geptin-1: C7H12
Oktin-1: C8H14
Nonin-1: C9H16
Detsin-1: C10H18
1_6 Laminar va turbulent oqimlar haqida tushuncha bering.
L aminar oqim (lot. lamina — plastinka, qatlam) — suyuqlik yoki gazning tartibli (qatlamli) aralashmasdan oqishi. Laminar oqimda suyuqlik yoki gaz oqimga nisbatan parallel ravishda qatlam-qatlam boʻlib siljiydi. Suyuqlik yoki gazlarning kichik tezlik bilan oqishi, oʻta qovushoq suyuqliklarning oqishi, shuningdek, kichik hajmdagi jismdan suyuqlikning ohista oqib oʻtishi va boshqalar laminar oqimga misol boʻladi. Suyuqliklarning ingichka (kapillar) naydan oqish paytida, podshipnikdagi moy qatlamida, jism sirtidan suyuqlik yoki gaz oqib oʻtayotganda shu sirt yaqinida hosil boʻluvchi chegara qatlamlarda va boshqalarda laminar oqimni kuzatish mumkin. Suyuqlik yoki gazlarning harakat tezligi osha borib, vaqtning maʼlum paytida laminar oqim tartibsiz turbulent oqimga aylanadi.
Turbulent oqim (lot. turbulentus — joʻshqin, tartibsiz) — turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik (gaz) oqimi (qarang Turbulentlik). Turbulent oqimda suyuqlik (gaz) ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boʻylab tartibsiz, beqaror harakat qiladi. Bunda oqimdagi har bir nuqta tezligi vaqt utishi bilan oʻzgaradi va pulsatsiya (jadal) tusida boʻladi. Bosimda ham pulsatsion oʻzgarish roʻy beradi, siqilayotgan suyuqlikning zichligi esa oʻzgaradi. Jadal tartibsiz aralashuv tufayli Turbulent oqim yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalar (mas., yonish)ni tez tarqatish, tovush va elektromagnit toʻlqinlarni sochish, shuningdek, impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega. Bunda Turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jism (zarra, toʻlqin)lar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli kattagina energiya yoʻqotishlari sodir boʻladi. Turbulent oqim davrida harakat qilayotgan suyuqlikning ayrim massalari intensiv ravishda aralashib turadi.
1_7 Piroliz va kreking jarayonlari haqida malumot bering. Misollar keltiring.
Piroliz jarayoni. Piroliz - grekcha so'zdan olingan bolib, «pur»-olov va «lysis»- parchalanish degan ma'noni bildiradi, ya'ni kimyoviy birikmalarni qizdirish natijasida parchalanish jarayonini ifodalaydi.
Organik kimyoda «piroliz» so'zining ma'nosi - organik birikmalarni yuqori temperaturada parchalanishi natijasida kichik molekula massaga ega bo'lgan mahsulotlar hosil bolishidir. Piroliz yoli bilan yoqilg'i va moylar yoki neftkimyosi sintezi uchun xomashyolar olinadi. Piroliz jarayoni isitiladigan reaktorlarda olib boriladi. Jarayonga quyidagi texnologik parametrlar ta'sir etadi: temperatura, xomashyoni reaktorga kelish vaqti va suv bug'i konsentratsiyasi (suyultirgich). Temperatura ko'tarilishi bilan reaksiya tezligi ortadi. Piroliz jarayoni unumdorligi xomashyoni reaksiya zonasiga kelish vaqtiga bog`liq.
Suv bug'ini piroliz reaktorlariga yuborishdan asosiy maqsad, uglevodorodlarni parsial bosimini pasaytirish va oraliq reaksiyalar tezligini kamaytirishdir. Suv bug'i konsentratsiyasi ortishi bilan etilen, buten, butadien hosil bo'lishi ko'payadi, aromatik uglevodorodlar chiqimi kamayadi.
Neft distillyatlari (benzin, kerosin) yoki gaz (etan, propan)ni piroliz qilish neft kimyosi uchun muhim ashyo bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar (etilen, propilen, butadien)ni ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Piroliz paytida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol) va pirokondensat ham olinadi. Ushbu jarayon bosim 0,01 MPa dan past bo‘lganda va haroart 650-900 C atrofida o‘zgarganda amalga oshiriladi.
|
| |