• Gomogen katalizda reaksiyaga kirishayotgan moddalar bilan katalizatorlar bir fazali gaz yoki suyuq fazali
  • 1_5 Atsetelin qatori uglevodorodlar fizik va kimyoviy hossalari
  • _4 Gamogen va geterogen jarayonlar haqida tushuncha bering




    Download 1,12 Mb.
    bet4/32
    Sana30.11.2023
    Hajmi1,12 Mb.
    #108684
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    GTL 1-bosqich1111

    1_4 Gamogen va geterogen jarayonlar haqida tushuncha bering.
    Gomogen sistema - bir fazadan iborat boʻlgan fizik-kimyoviy sistema. Bunday sistemaning har bir nuqtasida bosim P,temperatura T va konsentratsiya S bir xil boʻladi. Masalan, muz, suv, suv bugʻi, gazlar aralashmasi, suyuqyoki qattiq jism eritmalari Gomogen sistema dir.
    Geterogen sistema (yun. heterogenes — har xil jinsli) — fizik xossalari yoki kimyoviy tarkiblari jihatdan har xil qismlar (turli fazalar)dan tuzilgan bir jinsli boʻlmagan fizik-kimyoviy sistema; oʻz xossalariga koʻra, ajratuvchi sirtlar bilan ajralgan turli qismlardan iborat boʻladi. G. s.ning bir fazasi bilan qoʻshni faza oʻrtasidagi yuzada sistemaning bir yoki bir necha xossasi (tarkibi, zichligi, kristall panjara parametrlari, elektr yoki magnit maydoni va h.k.) birdaniga oʻzgaradi. Suv va uning ustidagi suv bugʻi (agregat holatida farq bor), oʻzaro aralashmaydigan ikki suyuqlik — moy va suv (tarkibi farq qiladi) va h. k. G. s.ga misol boʻla oladi. Koʻpincha G. s. bilan gomogen (bir jinsli) sistema oʻrtasida keskin chegara yoʻq. Mexanik aralashmalar (suspenziyalar, emulsiyalar) bilan chin (molekulyar) eritmalar oraligʻi kolloid eritmalar bilan band. Kolloid eritmalarda erigan modda zarralari ularga faza tushunchasini tatbiq etib boʻlmaydigan darajada mayda boʻladi. "G. s." iborasi fizika va kimyoda, ayniqsa, kimyoviy termodinamikada keng qoʻllaniladi.


    Gomogen katalizda reaksiyaga kirishayotgan moddalar bilan katalizatorlar bir fazali gaz yoki suyuq fazali
    sistema hosil qiladi. Bunda katalizator bilan reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasida ajralish sirti bo’lmaydi. Geterogen katalizda reaksiyaga kirishayotgan moddalar bilan katalizatorlar turli fazalardan iborat sistemani
    hosil qiladi. Bunda katalizator bilan reatsiyaga kirishayotgan moddalar orasida chegara sirti hosil bo’ladi. Odatda,katalizator qattiq modda, reaksiyaga kirishayotgan moddalar esa gazlar yoki suyuqliklar bo’ladi.

    1_5 Atsetelin qatori uglevodorodlar fizik va kimyoviy hossalari


    Alkinlar — molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan atsetilen qatori toʻyinmagan aniq uglevodorodlari, umumiy formulasi CnH2n-2. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi vodorod metil radikallar bilan almashtirilsa, molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan gomologik qator hosil boʻladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen CH3-C≡CH; ikkinchisi etilatsetilen CH3-CH2-C≡CH va hokazo. Xalqaro nomenklatura boʻyicha atsetilen qatori uglevodorodlarni nomlashda ularga muvofiq keladigan alkanning -an qoʻshimchasi oʻrniga -in qoʻshimchasi qoʻyiladi. Alkinlar tabiatda uchramaydi, ular asosan alkanlar va kalsiy karbiddan olinadi. Alkinlar uchun birikish, polimerlanish, oʻrin olish va oksidlanish reaksiyalari xosdir. Alkinlarning oldingi uchta aʼzosi gazlar, C5H8 dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C16H30) esa qattiq moddalar. Alkinlar alkenlar kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi.


    Alkinlar va ularning hosilalaridan kundalik hayotda, texnikada keng qoʻllaniladigan: sirka aldegidi, sirka kislotasi, benzol, polivinilxlorid, poliakrilonitril, vinilatsetilen, sintetik kauchuk va boshqa moddalar olinadi.

    Download 1,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 1,12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    _4 Gamogen va geterogen jarayonlar haqida tushuncha bering

    Download 1,12 Mb.