EKSPLUATATSIYADA UCHRAYDIGAN




Download 8,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/139
Sana25.01.2024
Hajmi8,29 Mb.
#145939
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   139
Bog'liq
CJdZi0HhZkhxN7TFlanq

3.8. 
EKSPLUATATSIYADA UCHRAYDIGAN 
OMILLARNING TORTISH DINAMIKASIGA TA’SIRI
A vtomobilning nazariy yoki tajriba yo‘li bilan aniqlangan 
dinam ik ko‘rsatkichlari uning ayrim sharoitdagi harakatlari 
uchun mosdir. M asalan, yo ‘l to ‘g‘ri va tekis b o ‘lsa, uning 
um um iy qarshiligi \g o lzgarm aydi, harakatni o ‘zgartiruvchi 
to ‘siqlar uchram aydi. A vtom obilning hisoblangan dinam ik 
ko brsatkichlari uning eng yuqori im koniyatlarini aniqlaydi. 
A v to m o b iln i h iso b la sh n a tija sid a va ta jrib a y o ‘li b ilan
an iq lan g an dinam ik k o ‘rsatkichlari b ir-b irid an an ch a farq 
qiladi. Bunga avtom obilning texnik holati va ishlash sharoi- 
tining o ‘zgarishi sabab b o ‘ladi.
A v t o m o b i l n i n g t e x n i k h o l a t i deb, uning 
transport ishini bajarishiga tayyorligi, y a’ni m exanizm , agregat 
va asboblarning texnik ekspluatatsiya qoidalarida ko ‘rsatilgan 
norm alarga muvofiqligi tush u n ilad i. A vtom obil uzoq vaqt 
ishlatilganda detallarining yeyilishi, sozlanishining o ‘zgarishi 
va h. k. lar uning texnik holatini yom onlashtiradi, natijada 
avtom obilning ekspluatatsion xususiyati o lzgaradi. Porshen 
guruhi detallarining yeyilishi, klapanlarning o lz o ‘rniga jips 
o ‘rnashmasligi, yonilg‘i yondirish paytining no to ‘g‘ri bo‘lishi 
va h. k. lar dvigatel quvvatining kam ayib ketishiga sabab 
b o ia d i . M asalan , y o n d irish payti k ech ik sa, dvig ateln in g
211


q u w a ti ancha kamayadi. A gar yondirish payti ju d a ilgarilab 
ketsa, dvigatelda detonatsiya boshlanadi.
D vigatel quvvatining o ‘zgarishi avtom obil tortish din a- 
m ikasini yom onlashtiradi.
Ekspluatatsiya davrida avtom obil shassisining texnik holati 
yom onlashadi, m exanizm lar sozi tez buziladi. M asalan, bosh 
u zatm a podshipniklari qattiq tortilgan bo ‘lsa yoki konussimon 
shesternalarning ilashishi n o to ‘g ‘ri b o ‘lsa, transm issiyadagi 
ishqalanishni yengishga sarf b o ‘ladigan energiya katta bo ‘ladi, 
avtom obilning dinamikasi yom onlashadi. Torm ozlarning yoki 
oldingi g‘ildiraklarning yaqinlashuvi n o to ‘g ‘ri sozlansa, d ina­
mik ko ‘rsatkichlar pasayadi.
Avtomobil dinamikasi yom onlashganda uning puxta ishlash 
vaqti, maksimal tezligi va tezlanish qobiliyati pasayadi. Kapital 
t a ’m ir q ilin g an a v to m o b iln in g m ak sim al tezligi 
1 0

1 2

kamayadi, maksimal tezlikka erishish uchun tezlanishga sarf 
b o ‘ladigan vaqt yangi avtom obildagiga nisbatan 25—30% ko ‘p 
b o ‘ladi.
Avtomobil ekspluatatsion xususiyatining yom onlashishiga 
sifatsiz yonilg‘i va m oyning ishlatilishi sabab b o ‘ladi.
Siqish darajasi katta b o ‘lgan dvigatellarda kichik oktan sonli 
benzin ishlatilsa, detonatsiya so d ir bo ‘ladi, bu esa dvigatel 
q u w atin i kam aytiradi.
Benzin uzoq vaqt ishlatilm asdan saqlansa, unda sm olalar 
paydo b o ia d i va u kiritish trubasida qattiq qatlam hosil qilib 
o ‘tish yuzasini kamaytiradi. N atijada yonuvchi aralashm aning 
silindrlarga b ir tekis taq sim lan ish i y o m o n lash ad i, dvigatel 
q u w a ti 15—20% kamayadi.
D vigatelning q u w a ti av to m o b iln i ek spluatatsiya qilish 
sharoitiga qarab o ‘zgaradi. Avtom obil sovuq sharoitda eksp­
luatatsiya qilinsa, yonuvchi aralashm ani tayyorlash va uning 
yonish sharoiti o ‘zgaradi ham da issiqlikni atmosferaga uzatish 
ko‘payadi. Agar avtomobil issiq iqlimli sharoitda ekspluatatsiya 
qilinsa, dvigatel qizib ketadi, silindrlarning havo siyrakligidan 
yonilg‘i bilan to ‘lishi yom onlashadi, yonilg‘i uzatish tizim ida, 
trubalarda bug‘ pufakchalari hosil b o ‘ladi.
K o ‘rsatilgan om illar dvigatelning effektiv q u w atin i kam ay­
tiradi, natijada avtom obilning dinam ikasi yom onlashadi. Avto­
mobil konstruksiyasidagi afzalliklar uning texnik holati yaxshi
212


b o ‘lgandagina tortish dinamikasiga ijobiy ta ’sir etishi mum kin. 
Shuning uchun avtom obilning agregat va uzellarini o ‘z vaqtida 
texnik ko‘rikdan o ‘tkazib turish lozim.

Download 8,29 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   139




Download 8,29 Mb.
Pdf ko'rish