• Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784
  • Samarali foydalanish texnologiyasi




    Download 434.41 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana02.01.2023
    Hajmi434.41 Kb.
    #37426
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    dars-mashg-ulotlarida-tarqatma-materiallardan-samarali-foydalanish-texnologiyasi
    1-kurs uchun psixologiya YN savollari., 5gXcI8rkJyzwow4zynDTAZ73U6iRexaRPFHFNtLK, Haydarov Suxrob 3-AMALIY ISH, Reja O’zgarmas kuchlanish sathini siljitish qurilmasi, Passiv va faol tarmoq asoslariApr 07, Suyuqliklar, ISHLANMA BET, 3-mavzu Zardushtiylik dini., yurak o\'pka, TAKLIF 07, 81eb7722-f39d-4f9d-ad0f-9005f897921f (2), Mavzu Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik r-fayllar.org, 11 umumiy ro`yhat, 1
    MUHOKAMA VA NATIJALAR 
    Tarqatma materiallar - bu har qanday ko‘rgazmali vositalar bo‘lib, bu 
    diagrammalar, chizmalar, jadvallar, fotosuratlar, taqdimot slaydlari va boshqalar 
    bo‘lishi mumkin. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi 
    qoidalarga alohida e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq:
    - matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi;
    - sarlavhalarni bosh harf bilan yozishi;
    - bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo)
    ishlatmaslik;
    - matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi;
    - varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi; 
    - tarqatish jarayonida me‘yorni unutmaslik va shu kabilar. 


    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 1 | ISSUE 9 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
    185 
    w
    www.oriens.uz
    October 
    2021
     
    Tarqatma materiallar yordamida o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini 
    berish, olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida ta‘lim oluvchilar bilan 
    mustaqil muhokama qilish, ular diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga qaratish, 
    ularni darsga faol jalb qilish, ularning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash 
    mumkin. Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli ravishda:
    - axborot beruvchi;
    - topshiriq beruvchi;
    - bilimni nazorat qiluvchi turlarga ajratish mumkin.
    Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda o‘ziga xos kamchiliklar 
    ham mavjud. Tarqatma materiallar tayyorlash pedagogdan ko‘p kuch va vaqt, 
    mablag‘ hamda yuksak mahorat talab qiladi. Har bir ta‘lim oluvchiga imkon qadar 
    bitta tarqatma material berilishi maqsadga muvofiq. Bu qo‘shimcha katta moddiy 
    xarajatni talab qiladi. Tarqatma material asosida o‘zaro muhokama cho‘zilib, 
    mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e‘tibor pasayishiga olib kelishi mumkin. 
    Ayrim kamchiliklariga qaramay, dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan 
    foydalanishning afzalligi ustun va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida 
    dars o‘tishda keng foydalanish mumkin. 
    Ayniqsa chet tillarini o‘qitishda grammatik qoidalar ko‘pchilik ta‘lim 
    oluvchilarda ba’zi tushunmovchiliklarni yoki savollarni keltirib chiqaradi.
    Bu kabi holatlarda grammatik qoida tushuntirilgach, ularni mustahkamlash 
    sifatida tarqatma materiallardan o‘z o‘rnida samarali foydalanish ijobiy natija beradi. 
    Shuningdek, tarqatma materiallarning muhim ijobiy tomonlaridan yana biri shundaki, 
    u bevosita ta‘lim oluvchilarning qo‘lida bo‘lib, berilgan topshiriqni bajarishga 
    bo‘lgan mas’uliyat hissini oshiradi, darsda imkon qadar faol ishtirok etishiga undaydi 
    va uning tasavvur qilib, erkin fikrlashiga imkon yaratadi. 
     

    Download 434.41 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 434.41 Kb.
    Pdf ko'rish