• KIRISH Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi.
  • -49 Xulosa va tavsiyalar 50-52




    Download 324,65 Kb.
    bet4/20
    Sana13.05.2024
    Hajmi324,65 Kb.
    #230150
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta (1)

    48-49

    Xulosa va tavsiyalar

    50-52

    Foydalanilgan adabiyotlar

    53

    Mavzu yuzasidan taqdimotlar






    KIRISH
    Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi. Bugun mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash, o‘sib kelayotgan farzandlarimizga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, ta’lim berish borasida ijobiy natijalarga erishib kelmoqda.
    Istiqlol yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yorqin samaralarini berdi. SHu bilan birga, ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratish, biz boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati etadigan, hech kimdan kam bo‘lmasdan hayotga kirib kelayotgan etuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish, bugun erkin fikrlaydigan, ongli yashaydigan, siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasi tobora o‘sib borayotgan, o‘z kelajagini, kim uchun va nima uchun mehnat qilayotganini o‘ziga aniq tasavvur etayotgan barkamol avlodni tarbiyalashni davr taqozo etadi.
    Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan 2019 yil O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
    Unda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishni yo‘lga qo‘yish ishlari boshlanganini alohida qayd etdi.
    Bugungi kunda ta’lim jarayonida qo‘llab ko‘rilib, yaxshi samara berayotgan ilg‘or ta’lim tajribalaridan biri bu – modulli o‘qitish tizimidir. Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
    An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan, ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
    Rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan O‘zbekistonimiz xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari kabi ta’lim sohasida ham ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va shu orqali ta’lim mazmunini jahon andozalari darajasiga olib chiqishda modulli yondashuv dolzarb ahmiyatga egadir.
    Oliy ta’lim tizimida o‘qitish jarayoni har doim ijtimoiy diqqatning ob’ekti va turli xil ommaviy axborot vositalarining muhokama predmeti bo‘lgan. Oliy ta’lim muammolari jahon hamjamiyati tomonidan yaqin vaqtlarda echishi zarur bo‘lgan muammolar qatoriga kirdi. O‘z navbatida oliy ta’lim oldida ham o‘zgaruvchan dunyoda o‘zining sharafli burchini bajarish va hozirgi kun talablari va ehtiyojlarini qanoatlantiradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlab berish muammosi turibdi. SHuning uchun ta’lim muassasalarida modulli o‘qitishga o‘tish hamda dars jarayoniga interfaol usullarni qo‘llash, o‘quvchilarni dars maboynida faol ishlashga undash, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim sifat samaradorligini oshirish ta’lim sohasining dolzarb masalalaridan biridir. “Oliy ta’limning asosiy vazifalardan biri talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
    Hozirgi kunda ta’lim tizimini yangi pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu o‘qitish jarayoniga modulli yondashuvni taqozo qiladi. Modul – bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir. “Modulli o‘qitish” termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog‘liq bo‘lib (“modul”, lot. modulus), uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq unsurlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi.
    Modul - mustaqil tarkibiy birlik bo‘lgani uchun, ba’zi hollarda, alohida o‘quvchilarga fanni to‘laligicha emas, balki faqatgina bir qator modullarni tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli o‘quvchilarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini tug‘diradi.
    O‘qitishda modulli yondashuvning dolzarbligi shundaki, dars jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishdan iborat.
    Tinglovchilar modulni o‘rganish natijasida quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar:
    ilg‘or pedagogik texnologiyaga ta’rif bera oladi;
    ilg‘or pedagogik texnologiya elementlarini farqlay oladi;
    dars jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim metodlarini bilib oladi;
    ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llay oladi;
    an’anaviy va interfaol ta’lim metodlarining afzallik va kamchiliklarini tahlil qila oladi.

    Download 324,65 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 324,65 Kb.