|
Sana
Guruh
|
bet | 20/22 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #238407 |
Bog'liq Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni
Mavzu : FALES TEOREMASI.
Mashgʻulot Texnologiyasi
Vaqti-45 min
|
Oʻquvchilar soni – ta
|
Oʻquv mashgʻulotining shakli:
|
Aralash
|
Mashgʻulot rejasi:
|
1. Fales teoremasi haqida tushuncha
2. Fales teoremasining ifodasi
3. Tarixiy ma’lumot
4. Fales teoremasidan foydalanib misollar yechish.
|
Oʻquv mashgʻulotlarining maqsadi:
Taʻlimiy -Fales teoremasi haqida tushunchaga ega boʻlish;
Fales teoremasining ifodasini bilish;
tarixiy ma’lumot keltirish;
Fales teoremasidan foydalanib kesmani teng ikkiga boʻlish;
Fales teoremasidan foydalanib misollar yechish.
Rivojlantiruvchi-
Fales teoremasidan foydalanib masalalar yecha olish;
Fales teoremasidan foydalanib berilgan kesmani uchta teng boʻlakka boʻla olish.
Tarbiyaviy-oʻrganilayotgan mavzuga qiziqish , hayotdagi kasblaridagi oʻrnini koʻrsatish orqali ularni mehnatsevarlikka, diqqatni jamlashga, fikrlashga oʻrgatish .
|
Рedagogik vazifalar:
Oʻqituvchi
- Teoremani oʻrganishni muammoli vaziyatni keltirib chiqarish:
sirkul (pargar) va chizg‘ich yordamida AB kesma qanday qilib teng ikkiga boʻlinadi?
yuqoridagi asboblar yordamida berilgan AB kesma qanday qilib teng uchga boʻlinadi?
- geometriya darslarida Fales nomi bilan ataladigan teorema hali koʻrib chiqilmaganligida ekanligidan bu muammoli vaziyatni yoritish-Fales teoremasi haqida tushuncha berish;
- Sinf oʻquvchilarining imkoniyatlarini hisobga olgan holda Fales teoremasi yordamida “Uchburchakning bir tomoniga parallel toʻg‘ri chiziq uning qolgan ikki tomonini proporsional kesmalarga ajratadi”, degan teoremaning isbotini berish;
-tarixiy ma’lumot berish;
-Fales teoremasidan foydalanib masalalar yechtirish;
-uyga topshiriq berish.
|
|
|
| |