|
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali
|
bet | 14/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,44 Mb. | | #229921 |
Bog'liq Bioekologiya amaliyot qo`llanmaIshni bajarish
Talabalar 4chi kuni SDVMChBU Toshkent Filiyalining o‘quv–tajriba dala maydonida amaliyotini olib boradi. Pestitsidlar, insektitsidlar va biologik vositalardan foydalanishda atrof-muhitga ta’sirini o‘rganiladi. Agroekotizimlarda pestitsidlar, insektitsidlardan foydalanishda REM ko‘rsatkichining muhim ahamiyatga ega ekanligi va biologik vositalardan foydalanish afzalliklari bilan tanishadilar.
5. Agroekotizimlarining biologik mahsuldorligi.
Agroekotizimlarining biologik mahsuldorligi o‘rganiladi. O‘rganilayotgan Agroekotizimlarining biologik mahsuldorligi madaniy o‘simliklardagi mahsuldorlikni o‘rganish bo‘yicha yig‘ilgan ma’lumotlar daftarga yozib boriladi. Ushbu ma’lumotlar asosida xulosa va tahlil qilinadi.
Ishning maqsadi. Agroekotizimlarining biologik mahsuldorligini o‘rganish.
Identiv o‘quv maqsadlari.
1. Qishloq xo‘jalik ekotizimlarining biologik mahsuldorligini o‘rganish
2. Agroekotizimlarning tuzilish xillarini o‘rganish
3.Agroekotizimlarning hosildorligini oshirishda moddalar almashinishining ahamiyati
Kerakli jihozlar: o‘quv amaliyotining dars ishlanmasi, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanma, albom, rangli qalamlar, fotokamera.
Nazariy material.
Jamoalar mahsuldorligi, ekotizimdagi produsenlarning quyosh energiyasini kimyoviy energiyasiga aylantirib, organik moddalar sintezlash samaradorligiga bog‘liq.
Ma’lum vaqt davomida o‘simliklar tomonidan hosil qilingan organik massa jamoaning birinchi darajadagi mahsuldorligi deyiladi. Yashil o‘simliklarning quruq yoki ho‘l massasi tarzida ifodalanadi. Konsument massaning ma’lum vaqt ichidagi o‘sishi—bu jamoaning ikkinchi darajali mahsuldorligi deyiladi.
Har bir ozuqa zanjiri, birlamchi va ikkilamchi hosildorlik hosil qilish tezligi va mahsulotlarning taqsimlanishi bo‘yicha turlichadir ekotizimlarda birlamchi va ikkilamchi hosildorlikning miqdoriy ko‘rsatgichlari mavjud. Bu hosildorlik piramidasi qonuni deyiladi.
Har bir ozuqa zanjirida ma’lum vaqt davomida hosil qilinadigan biomassa yoki mahsuldorlik keyingi ozuqa zanjiriga nisbatan ko‘p.
Yer yuzidagi ekotizimlarda biomassalar piramidasi, son piramidasi qonuniyatlari qayd etiladi, ya’ni o‘simliklarning umumiy massasi, soni ularni yeydigan hayvonlarning massasiga va soniga nisbatan ko‘p.
Ekotizimlar mahsuldorligi qonuniyatlarini o‘rganish, energiya oqimi miqdorini hisobga olish amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Odamlar tomonidan foydalanadigan agrotsenozlar (birinchi mahsuldorligi) mahsulotlari insoniyat jamiyatining ovqat zahirasi hisoblanadi. Ikkilamchi mahsuldorlik, ya’ni qishloq xo‘jalik hayvonlari hisobiga olinadigan mahsuldorlik ham katta ahamiyatga ega.
Energiya oqimi va ekotizimlar mahsuldorligini aniq hisobga olish, ulardagi modda aylanishini boshqarish orqali odamlar uchun ko‘proq hosil olishda yordam beradi.
Bundan tashqari tabiatdan o‘simlik va hayvonlar biomassasining qanchasini olish mumkinligini bilishimiz ham kerak. Ularga zarar keltirmaslik, yerning eng yuqori biologik mahsuldorligini bilish maqsadida chet mamlakatlarda 1969-yildan buyon Xalqaro biologik dastur bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Birlamchi biologik mahsuldorlikning o‘sish tezligi o‘simliklar fotosintetik aparatining imkoniyatlariga bog‘liq.
O‘simliklar jamoasida fotosintezning foydali ish koeffitsienti bor yo‘g‘i 5% ni tashkil qiladi.
Umuman, Yer shari bo‘yicha o‘simliklar tomonidan quyosh energiyasining faqat bir foyizigina o‘zlashtiriladi. Chunki fotosintez faolligi ko‘p omillar tomonidan cheklandi.
Yer yuzida birlamchi biologik mahsuldorlik notekis taqsimlangan. Eng yaxshi ekologik sharoitda, namlik, yorug‘lik, mineral tuzlar, issiqlik yetarli bo‘lgan joylarda o‘simliklarda eng yuqori o‘sish kuzatiladi.
Shimoliy Muz okeani qirg‘oqlaridagi ekotizimlar mahsuldorligi 20 sga, qora dengizning Kavkaz tomon sohilida u 200 s ga dan oshadi. Markaziy Osiyo cho‘llarida esa mahsuldorlik 3—20 s ga ni tashkil etadi.
|
| |