• Mikrobiologik usul
  • Pestitsidlar kimyoviy tarkibi va qo‘llanishi xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda




    Download 4,44 Mb.
    bet12/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,44 Mb.
    #229921
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
    Bog'liq
    Bioekologiya amaliyot qo`llanma

    Pestitsidlar kimyoviy tarkibi va qo‘llanishi xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda
    3 ga bo‘linadi:

    1. Gerbitsidlar (begona o‘tlarga qarshi qo‘llaniladi):


    2. Zootsidlar va insesidlar (zararkunandalarga qarshi qo‘llaniladi):
    3. Fungitsidlar (kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi).
    Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida turli tarmoqlar faoliyatining ulushi turlicha bo‘lib, tuproq qoplamiga chiqarayotgan birikmalari ham turli kimyoviy tarkib va ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tuproqlarni kimyoviy ifloslanishida ko‘proq uchraydigan holatlardan biri bir necha ixtisosdagi sanoat korxonalari bir hududga joylashishi natijasida atrof-muhitning ifloslanishi keng uchramoqda. Jumladan, Respublikamizning Toshkent va Navoiy viloyati tumanlarida bir nechta sanoat korxonalari joylashib, tutash hududdagi tuproqlar turli darajada ifloslanmoqda. Bu korxonalar respublika bo‘yicha o‘zining faoliyati mobaynida atrof-muhitga turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalarni chiqaradi.
    O‘simliklarning biologik himoyasi keng ma’noda ishlatilganda—bular, zararkunandalar va kasallik qo‘zg‘atuvchilar keltiradigan zararni ham kamaytirish maqsadida, ularning populatsiyalari miqdorini kamaytirishda tirik organizmlar, ularning faoliyati tufayli hosil bo‘lgan moddalar yoki sintetik analoglaridan foydalanish deb tushuniladi. Tor ma’noda esa klassik biologik usul zararli organizmlarga qarshi kurashda tirik organizmlar: parazitlar, yirtqichlar va patogen mikroorganizmlardan foydalanish demakdir.
    Biologik himoya usulining mohiyati tabiatda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari bilan ularning parazitlari va yirtqichlari (entomofaglar va akarifaglar), ayniqsa hasharotlar, kanalar va zararkunandalar bilan bakterial, zamburug‘, virus va kompleks kasalliklar orasida vujudga kelgan antogonistik munosabatlardan aniq maqsadda foydalanishdir. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining bahor-yoz-kuzgi yuqori haroratli tabiiy-iqlim sharoiti bilan amalda yil bo‘yi ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari mahsulotlarining yetishtirilishini ta’minlaydi. Ammo yozgi-kuzgi davrda oziq-ovqat ekinlari—boshoqli, sabzavot-poliz, bog‘ mevali hamda texnik ekinlari—g‘o‘za, kanop va boshqalarga zararli bo‘g‘imoyoqlilar yetkazadigan talafot ancha sezilarli bo‘ladi.
    Dastavval respublikada zararkunandalarga qarshi kurash kimyoviy usulda amalga oshirilgan. Ammo zaharli ximikatlarni, ayniqsa yuqori toksik moddali birikmalarni keng qo‘llash atrof-muhitga tuzatib bo‘lmaydigan darajada talafot yetkazdi, suv havzalari ifloslanishi, foydali bo‘g‘imoyoqlilar va boshqa jonivorlar soni keskin kamayishi, qishloqlarda ekologik vaziyat keskinlashuvi va aholi orasida kasalliklar o‘sishiga olib keldi (Xabibullayev, 1996; Azimov, Xamrayev, Abdunazarov, 1998). Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda o‘simliklarni zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlardan biologik himoya qilishning asosi—tabiatda evolutsion shakllangan turlararo munosabatlardan to‘g‘ri foydalanishdir. O‘simliklar biologik himoyasida makro va mikrobiologik usullardan ham foydalaniladi.
    Mikrobiologik usul — mikroorganizmlar va ular hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlardan, makrobiologik usul—makroorganizmlar (hasharotlar, qushlar, baliqlar, umurtqali hayvonlar, o‘simliklar) dan foydalanishdir. Bu usullar o‘simliklar biologik himoyasining tarkibiy qismi bo‘lib, ularning mazmuni bir muncha kengdir. M.S. Sokolovning (2000) ta’rificha, o‘simliklar biologik himoyasi—fundamental-amaliy fanlar sohasi bo‘lib, uning tadqiqot predmeti bioagentlar va bioregulyator organizmlar, tabiiy yoki genetik o'zgarishlar va ularning genetik mahsulotlaridir. Bu soha ekologiya, entomologiya, fitopatologiya va mikrobiologiya singari ko‘plab mustaqil fanlar vakillarini birlashtiradi. Biologik himoyaga quyidagi agentlar tegishli: hasharotlarga qarshi yirtqichlar, parazitlar va entomopatogenlar; begona o‘tlarga qarshi o‘simlikxo‘r jonivorlar va fitopatogenlar; kasalliklarga qarshi antagonistik mikroorganizmlar, ularning metobolitlari va o‘simliklar chidamliligi induktorlari.
    Yashil o‘simliklar biologik himoyasining bosh maqsadi—biosenozlardagi bioxilma-xillikni saqlagan holda yuqori sifatli (ekologik xavfsiz) mahsulot olishdir. Biologik himoya—birinchi navbatda zararli turlarga qarschi kurash vositasida boshqarish bo‘lib, u to‘rtta asosiy strategiyaga asoslanadi:
    1) fitofaglar, fitopatogenlar va begona o‘tlar sonini muntazam boshqarib turish maqsadida, zararli turlar populatsiyasiga uzoqda joylashgan arealda biologik agentni introduksiya qilish va bu agent populatsiyada uzoq muddatga o‘sishini ta’minlash.
    Bu strategiya ilk bor XIX asrning ikkinchi yarmida Kaliforniyada (AQSh) Avstraliyadan keltirilgan rodoliya qo‘ng‘izi vositasida Avstraliya tarnovchasimon qurtini bartaraf qilishda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan.
    Shuning uchun bu strategiyani ko‘pincha klassik (mukammal) strategiya deb atashadi;
    2) zararli organizmlar miqdorini uzoq muddat davomida (ammo doimiy emas) boshqarib turish, keyinchalik ko'payishi va rivojlanishini ta’minlash maqsadida agrosenozga biologik agentni bir rnarta tarqatish (yoki kiritish);
    3) zararli turlarning ko‘payishi va rivojlanishini tez to‘xtatish maqsadida biologik agentni ko‘p marta tarqatish;
    4) turli usullar bilan foydali turlarni tabiatda saqlash, ularning faoliyatini kuchaytirish va hisobga olish.
    Bu o‘simliklarni zararkunanda, kasalliklar va begona o‘tlardan u yoki bu darajada himoya qilishning o‘ziga xos umumiy strategiyasidir.



    Download 4,44 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




    Download 4,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pestitsidlar kimyoviy tarkibi va qo‘llanishi xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda

    Download 4,44 Mb.