• Har bir talaba tanishtiruv amaliyoti davomida bajargan ishlari yuzasidan hisobot yozib
  • Amaliyotning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat
  • Talabalarga qo‘yiladigan talablar




    Download 4,44 Mb.
    bet2/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,44 Mb.
    #229921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Bioekologiya amaliyot qo`llanma

    Talabalarga qo‘yiladigan talablar
    Har bir talaba reja asosida belgilangan dastur bo‘yicha ekologiya asosi hisoblangan populyatsiya, ekotizimlar va uning tarkibiy qismlaridan hisoblangan o‘simlik va hayvon turlari, ular o‘sadigan muhitga ta’sir etuvchi antropogen (tehnogen) omillarning oqibatlari, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarga doir jarayonlar bilan tanishadi, hamda ushbu jarayonlar yuzasidan ma’lumotlar to‘playdilar. Har bir talaba tanishtiruv amaliyoti davomida bajargan ishlari yuzasidan hisobot yozib, amaliyot rahbariga topshiradilar. Amaliyot rahbari rejada belgilangan mavzular yuzasidan talabalarni hisobotini qabul qiladi.
    Tanishtiruv amaliyotini o‘tkazishni tashkil qilish
    Tanishtiruv amaliyoti belgilangan reja asosida har kuni SDVMChBU Toshkent Filiyalining o‘quv – tajriba dala maydonida tajribalar o‘tkazib boriladi. Tanishtiruv amaliyoti davomida bajariladigan ishlar yuzasidan hamda, o‘tkaziladigan amaliyotning maqsadi va vazifalari bilan talabalarni amaliyot rahbari to‘liq tanishtiradi.
    Tanishtiruv amaliyoti boshlanishidan oldin talabalarga texnika xavfsizligi to‘g‘risida tushuncha beriladi, belgilangan qoidalar bilan tanishtirib o‘tiladi. Talabalar ushbu qoidalar bilan tanishib olganlaridan so‘ng maxsus daftarga imzo qo‘yadilar. Talabalarning har kuni bajarishlari kerak bo’lgan vazifalarni reja bo‘yicha tushuntirilib, maxsus ish dasturi bilan ta’minlanadilar.
    Shundan keyin talabalar amaliyot o‘tkazadigan o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ravishda hududlar bilan tanishib chiqadilar. Amaliyot davomida har bir vazifani bajarilishini qayd etib borish uchun, talabalar kundalik daftar tutadilar. Kundalik daftarda keltirilgan ma’lumotlar asosida tanishtiruv amaliyotining oxirida hisobot yozishda foydalaniladi, ushbu daftar, hisobot bilan birga topshiriladi. Tanishtiruv amaliyotini o‘tkazuvchi har bir talabada qalin muqovali daftar, oddiy qora qalam, bir nechta yorliq, texnologik xaritalar, fotokamera bo‘lishi lozim.
    Amaliyotning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
    O‘quv – tajriba dala maydonida Ekotizimlarda biologik xilma-xillik va ularning mahsuldorliklari bilan tanishish;
    Hududlardagi tuproq qoplamining xossalari va kimyoviy tarkibining shakllanishini o‘rganish;
    Tuproq unumdorligi, gumusi, makro, mikro, radioaktiv elementlarning to‘planishi;
    Ekologik omillarni (harorat, yorug’lik, iqlim) o‘rganish;
    Texnogen omillarning agrotizimlar xolatiga salbiy ta'sirini o‘rganish;
    O‘zbekiston hayvonot va o‘simlik dunyosini o‘rganish, biologik xilma-xillikni saqlash borasidagi umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy muammolarni hal etish;
    Ekotizimlarning biologik mahsuldorligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
    Chorvachilikda qishloq xo‘jalik hayvonlarini sermahsul zotlarini yaratish va iqlimlashtirish, ulami turli kasalliklardan himoya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
    Yovvoyi va uy hayvonlarining tabiiy biotsenozlaning ta'sirini o‘rganish, biotsenozlar mahsuldorligi va barqarorligini saqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni amaliy o‘rganish.
    Olingan ma’lumotlar asosida hisobotlarni rasmiylashtirish, tayyorlash, va topshirishdan iborat ekanligi tushuntiriladi.



    Download 4,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 4,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarga qo‘yiladigan talablar

    Download 4,44 Mb.