• Yangiyo‘l tumani geografik joylashuv o‘rni 1.
  • Toshkent viloyati Yangi yo`l tumani flora olami




    Download 4,44 Mb.
    bet4/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,44 Mb.
    #229921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Bioekologiya amaliyot qo`llanma

    Toshkent viloyati Yangi yo`l tumani flora olami


    Tuproqlari: Hududlardagi tekisliklarda boʻz tuproq, togʻ etaklarida (500-600 m balandlikgacha) tipik boʻz tuproq, undan balandroqda chimqoʻngʻir, yuqoriroqda oʻtloqi-dasht tuproq, daryo terrasalarining quyi qismida, yer osti suvi yuza joylarda oʻtloqi va botqoq tuproq, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlardan iborat. Toshkent viloyatining tekislik qismi toʻla haydalgan, Sirdaryo buylarida kichik tuqaylar (terak, tol, jiyda, har -xil butalar) mavjud. Togʻ etaklari va togʻlarda (1200-1400 m balandlikgacha) togʻ dashtlari, yuqorirokda siyrak archazorlar, 2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Daryo vodiylarida terak, tol; togʻ etaklari va togʻlarning oʻrtacha balandliklarida olmazor va yongʻoqzorlar uchraydi, togʻolcha oʻsadi. Tekisliklarda sariq yumronqoziq, qoʻshoyoq, quyon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqalari, qalqontumshuq ilon va boshqa, toʻqaylarida chiyaboʻri, tolay quyoni, qobon; togʻ etaklari va togʻlarda ayiq, tulki, togʻ qoʻyi, jayra, boʻrsiq, kaklik, toʻrgʻay, archa boltatumshugʻi va boshqa, togʻ daryolari va jilgʻalarda qora baliq, sariq sazan, osman, laqqacha uchraydi. Boshqizilsoy boʻlimida meteorologiya stansiyasi (1956-yilda tashkil qilingan) faoliyat koʻrsatadi.
    Toshkent viloyati qadimdan Buyuk Ipak yoʻlidagi ilm-fan, hunarmandchilik, madaniyat taraqqiy etgan makonlardan biri bo‘lgan. Xoʻjakent yaqinidagi gʻordan topilgan tosh davriga mansub odam suyagining qoldiqlari qazilmalardan va qoya-toshlardagi suratlar bu vohada tarixda ibtidoiy odamlar yashaganligidan dalolat beradi.

    Yangiyo‘l tumani geografik joylashuv o‘rni
    1. Tuproq ekologiyasi. Tuproq qoplamining xossalari va kimyoviy tarkibining shakllanishi. Tuproq unumdorligi, gumus, makro, mikro, radioaktiv elementlarning to‘planishi.
    Dala amaliyoti mashg‘ulotlari olib borilayotgan hududning geografik o‘rni, rel’efi, tuprog‘i va iqlim sharoitlarining ekotizimlardagi ekin turlari va agrotizimning ekologik holati hamda u yerdagi muammolar bilan tanishib chiqiladi va o‘rganiladi. Tuproq qoplamining xossalari va kimyoviy tarkibining shakllanishi va tuproq unumdorligi, gumus, makro, mikro, radioaktiv elementlarning to‘planishi bo‘yicha hamda amaliyot o‘tkaziladigan maydondagi o‘simliklarning turlari, tarqalish areallari, geografik jihatdan joylashgan hududlari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

    Download 4,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 4,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati Yangi yo`l tumani flora olami

    Download 4,44 Mb.