Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali




Download 4,44 Mb.
bet9/23
Sana13.05.2024
Hajmi4,44 Mb.
#229921
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Bioekologiya amaliyot qo`llanma

Kerakli jihozlar: daftar, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, fotokamera,tex xarita.
Nazariy material.
Amaliyot olib borilayotgan hududning ekologik holati va texnik vositalardan foydalanishda atrof-muhitga ta’sirini kuzatish va o‘rganiladi. Ekotizimlarda foydalaniladigan tehnologik xaritalar bilan tanishiladi.
Tuproqdan dehqonchilikda 2 usulda foydalaniladi. Asosiy va vegetatsiya davrida deb nomlangan faoliyatlarda, ekinlar qishdan oldin o‘lkamizda kuzgi shudgor (bahorda ham o‘tkaziladi) qilinib, tuproqni haydalma qatlami 25-40 sm o‘rtasida ag‘darib haydaladi. Vegetatsiya davrida tuproqga ishlov berischdan maqsad, ekilgan ekinlar ildizi tag‘ini yumshoq holatda ushlab turish, ayratsiya holatini yaxshilasch maqsadida o‘kaziladi. Umuman kuzgi shudgor bahorgisiga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega, chunki yerga solingan mahalliy o‘g‘it, kompost, o‘simlik qoldiqlari, fosfor va kaliy o‘g‘itlarini solib haydalganda bahorgacha ular chirib, ekilgan urug‘lar ildizi o‘zlashtirishi uchun mineral holatga keladilar. Bu haqda dexqonchilik va o‘simlikshunoslik kabi fanlarda batafsil tushuncha berilgani uchun bu yerda to‘xtalib o‘tmaymiz.
Tuproqga asosiy ishlov berishda ishlatiladigan haydov uskunalari ham hashorotlar turini va sonini o‘zgartirishi mumkin. Ammo bu sug‘oriladian mintaqalr uchun unchalik ahamiyaga ega emas. Tuproqga ishlov berish, undagi fauna turi va soniga qisman ta‘sir ko‘rsatuvchi vosita deb qarash mumkin. Tuproqga ishlov berish madaniy ekinlarni zamburug‘li kasalliklarga chalinishini kamaytiradi. Umuman ba‘zi kasalliklar tuproq ag‘darilganda namlik yetishmay nobud bo’lishadi. O‘g‘itlar nafaqat o‘simliklar uchun foydali hisoblanmay balki tuproqda yashovchi ko‘plab jonivorlar uchun bevosita yoki bilvosita ta‘sir ko‘rsatadi. Mahalliy o‘g‘it va boshqa mineral o‘g‘itlar bilan boyitilgan tuproqda bakteriyalar, zamburug’lar, saprofitlar, chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqliklar sonining turlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Chunki bu joylarda o‘simliklarni hosildorligi ortib borada va qoldiq mahsulot tuproqda ko‘payib,chirindining ortishiga olib keladi. Tuproqqa mahalliy o‘g‘it solinganda uni chirishi, tirik mikroorganizmlar va hayvonlar tomonidan davom etadi. Mahalliy o‘g‘it atrofidagi tuproqda mikroorganizmlar deyarli bo‘lmaydi. Ayniqsa yangi mahalliy o‘g‘it solinganda bu xol ro‘y berishi sezilib turadi, biroz vaqt o‘tgach tuproq hayvonlari faolligi boshlanadi. To‘g‘ri ishlatilgan o‘g‘itlar parazit zamburug‘larini kamaytiradi.
Yerdan faqat inson manfaati yo’ida foydalanishni o‘ylasak unda o‘suvchi o‘simliklarda va tuproqda hayot kechiruvchilarni hayot sikli butunlay izdan chiqib tuproq unumdorligini yo‘q qilib yuborishi mumkin. Masalan, yuqori hosil olish uchun yerga hadeb makkajo‘xori ekib unga ko‘p miqdorda azot o‘g‘itini solish undagi foydali mikroorganizmlar va chuvalchanglarni qirilib ketishiga olib keladi.
Almashlab ekish tizimida mintaqa uchun zarur bo‘lgan inson ehtiyoji uchun sarflanadigan mahsulotlar turini ko‘proq ekish, qolaversa tannarhi arzon tushadigan, qayta ishlashi mavjud bo‘lgan sohalarda ekinlarga o‘rin berilishi lozim. Ekilayotgan madaniy ekinlar surunkali qayta-qayta ekilaverganda kasallik va zararkunanda hasharotlar ko‘payib ketadi. Masalan, don ekinlari ekiladigan joylarda o‘ziga hos bo‘lgan patogen zamburug‘lar ko‘payib ketadi. Bunday kasallikdan taschqari, g‘o‘zada ham virus zamburug’i ko’payib ketadi. O‘simlikshunoslik va dalachilik ishlarini turli sohalarida kasallik va hashorotlarga qarshi kimyoviy kurash insonni qishloq xo‘jalik landshaftiga aralashuvi bo‘lib hisoblanadi.
Ularni insonga va ekologik muhitga ta‘siri haqida ko‘plab ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan. Kimyoviy himoya qilish moddalari turlicha zaharlash xususiyatiga egadir, ba‘zilari tez ta‘sir etsa, boschqalari sekin - asta to‘planib ta‘sir etadi. Preparatni zaharli darajasini aniqlash oson ish emas, chunki hayvonda sinalgan dorini inson uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib aytish emas. Masalan, kemiruvchilarda sinalgan va tekshirilgan dorini qoramolga ishlatib bo‘maydi. Shunday bo‘lsa ham dunyoda deyarli barcha turdagi preparatlar avval hayvonlarda sinaladi.

Download 4,44 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Download 4,44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali

Download 4,44 Mb.