|
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali
|
bet | 17/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,44 Mb. | | #229921 |
Bog'liq Bioekologiya amaliyot qo`llanmaIshni bajarish.
Talabalar 6 chi kuni Toshkent viloyati Yagiyo‘l tumani tajriba maydonida o‘quv-dala amaliyotini olib boradilar va qishloq xo‘jaligida bioxilma-xillikning ahamiyati bilan tanishadi. Boxilma-xillik bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganib o‘quv-dala amaliyoti daftariga yozib boradi.
7. Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish. Sug‘orish usullari.
Suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash.
Talabalar bilan SDVMChBU Toshkent Filiyalining o‘quv–tajriba dala maydonida “Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish. Sug‘orish usullari. Suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash” mavzusi bo‘yicha o‘quv amaliyoti olib boriladi.
Ishning maqsadi: Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish. Sug‘orish usullari. Suv tejovchi texnologiyalar bilan tanishtirish.
Identiv o‘quv maqsadlari.
Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning ahamiyati.
2. Sug‘orish usullari. Suv tejovchi texnologiyalarning afzalliklari
3. Suvdan nooqilona foydalanishning oqibatlari
Kerakli jihozlar: o‘quv amaliyotining dars ishlanmasi, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanma, albom, rangli qalamlar, fotokamera.
Nazariy material.
Mamlakatimiz hududida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shu ilmiy tavsiyalarga joylarda rioya qilinmasligi natijasida mana shu muammolar kelib chiqayapti. Fermer yoki bo‘lmasa, klaster loyihachilarni topib, jihozlarni olib keltirayapti va o‘zlari montaj qilib texnologiyani ishga tushiryapti.
Ko‘ryapsizmi, bu yerda tuproqning tarkibini, suv sig‘imini, yerning meliorativ holatini, sizot suvlarning joylashgan o‘rnini yaxshi biladigan qishloq xo‘jaligi mutaxassislari deyarli ishtirok etayotgani yo‘q. Bundan tashqari, baʼzi yurtdoshlarimiz narxining arzonligiga qiziqib tomchilatgich moslamalari har 50 sm.da joylashgan qurilmalarni keltirishayapti. Bu esa ekinlarni suv bilan to‘liq taʼminlay olmaydi. Aslida hamma gap yerning holatidan kelib chiqib unga mos texnologiyalarni tanlashda. Ularni to‘g‘ri montaj qilib, to‘g‘ri foydalanishda. Bundan tashqari agar tuproqning mexanik tarkibi og‘ir bo‘lsa, har 25-30 sm.da tomchilatgich joylashgan quvurlarni ikki qatorning o‘rtasiga, tuproqning mexanik tarkibi yengil (qumoq) bo‘lsa, bu quvurni ekinlar yaxshi suv ichishi uchun har bir qatordan tashlash kerak bo‘ladi. Afsuski baʼzi fermerlarimiz bunga ham rioya qilishmaydi.
|
| |