|
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali
|
bet | 15/23 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,44 Mb. | | #229921 |
Bog'liq Bioekologiya amaliyot qo`llanmaBIOLOGIK MAHSULDORLIK—ekotizimlarning o‘z tarkibiga kiradigan tirik organizmlar qayta hosil bo’lishining muayyan izchilligini ta’minlash xususiyati. Ma’lum vaqt davomida hosil qilinadigan mahsulot, ya’ni biomassa bilogik mahsuldorlik birligi hisoblanadi. Bilogik mahsuldorlikning moddiy-energetik asosini birlamchi mahsulot tashkil etadi. Ekotizimlarda ular tarkibiga kiruvchi, har xil usulda oziqlanadigan organizmlarning ozuqa zanjiri hosil qilishi tufayli moddalar aylanishi sodir bo‘ladi. Birlamchi mahsulot (fitomassa)ni o‘txo‘r hayvonlar o‘zlashtiradi, ular bilan esa ozuqa zanjirining keyingi pog‘onasini tashkil etuvchi hayvonlar oziqlanadi. O‘simlik qoldiqlarini esa, saprofag hayvonlar, saprofag bakteriyalar va zamburug’lar (destruktorlar yoki redutsentlar) uchun ozuqa bo‘ladi. Bilogik mahsuldorlik moddalar biotik davriy aylanishining namoyon bo‘lishi xususiyatlaridan biri hisoblanadi
Biologik tizimlarda energiya faqat bir marta ishlatiladi. Bu jihatdan u anorganik muhitdan tirik organizmlar tarkibiga cheksiz ko‘p marta o‘tadigan moddalardan farq qiladi. Ana shu sababdan oziqa (trofik) zanjiri bo‘ylab energiya oqimi kamayib boradi. Trofik zanjirning har bir zvenosida iste’mol qilingan oziqaning bir qismi o‘zlashtirilmasdan qoladi, o‘zlashtirilgan oziqaning bir qismi qo‘shimcha mahsulot hosil qilishga, ko’proq qismi esa energiya almashinuviga sarf bo‘ladi. Har bir keyingi trofik pog’onada undan oldingisiga nisbatan 5-10 marta kam mahsulot hosil bo’ladi. Oziqa zanjiri qancha uzun bo‘lsa, uning oxirgi Bilogik mahsuldorligi ham shuncha kam bo’ladi. Ekotizimlarda hosil bo‘ladigan birlamchi mahsulot asosida ularning mahsuldorligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Quruqlik yuzasining bir yillik mahsuloti quruq modda hisobida 179,5 milliard tonnaga teng, bu tahminan 70YU16 kkal ga ekvivalent bo‘ladi. Okeanning birlamchi yillik mahsuldorligi tahminan 25-8010kkal energiyaga ekvivalent bo’ladi. Foydalaniladigan yerlar (agrosenozlar) Bilogik mahsuldorlikni aniqlash, hosildorlikni prognoz qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiiy ekotizimlar Bilogik mahsuldorlikni o‘rganish, tabiiy biologik resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va qayta tiklanishini ta’minlash uchun zarur.
|
| |