• Biotik omillar
  • Transpiratsiya
  • Qisqa kun o‘simliklari
  • Fotoperiodik reaksiyasi
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali




    Download 4,44 Mb.
    bet7/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,44 Mb.
    #229921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
    Bog'liq
    Bioekologiya amaliyot qo`llanma

    Kerakli jihozlar: ma’ruza matnlari, o‘simliklarni aniqlagich kitoblari, o‘quv-qo‘llanma, albom, rangli qalamlar, fotokamera.
    Nazariy material.
    Ekologik omillar quyidagi guruhlarga ajratiladi:



    1. Abiotik omillar.- anorganik tabiyat sharoitining yoki o‘lik tabiyatning yig‘indisi.


    a) iqlim omillari- yorug‘lik, harorat, namlik;
    b) tuproq omillari-tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xususiyatlari;
    v) yerning orografik omillari —rel’ef sharoitlari kiradi.
    O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga abiotik omillarning ta’sirini o‘rganish quyidagi jadval asosida tajriba olib boriladi:



    2. Biotik omillar: Bunda tirik tabiyat elementlari (tirik organizmlarning biriga-biriga va yashash muhitiga ta’siri. Har bir mavjudotga boshqa tirik organizmlarning ta’siri bor, o‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Biotik omillar quyidagilarga bo‘linadi: fitogen omillar — jamoadagi o‘simliklarning bir—biriga ta’siri. Bunga o‘simliklarning bevosita mexanik, simbiozlik, parazitlik, epifitlik ta’siri kiradi. Bulardan tashqari, o‘simliklarning bilvosita ta’siri (yashash muhitini o‘zgartirish yo‘li bilan) ham amalga oshib turadi. Masalan: daraxtlarning o‘tlarga soya tushirishi va boshqalar Zoogen omillar — hayvonlarning bir-biriga bo‘lgan ta’siri, hayvonlarning oziqlanishi, payhon qilishi va boshqa mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug‘larning tarqatilishi, muhitga ta’sir etishi kabi ta’sirlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Mikrobogen va mikogen omillar — mikroorganizmlar va zamburug‘larning insonlarga, o‘simliklar va hayvonlarga ta’siri. 3. Antropogen omillar bu inson faoliyati bilan bog'liq bo‘lgan omillar, ya’ni odamlarning o‘simlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzulishiga ko‘rsatgan ta‘siridir. Bunday omillar salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin. Tirik organizmlar yashash muhitining antropogen omillar ta’sirida o‘zgarishi, o‘simlik va hayvon turlarining kamayishi, o‘z navbatida ekotizimlardagi bog‘lanishlarning inqirozga uchrashiga olib keladi.





    Bunga o‘rmonlarning ko‘plab kesilishi, cho‘llarni o‘zlashtirish, yaylovlarda nazoratsiz mol boqilishi va boshqalar misol bo‘ladi. Tuproq, suv va havoning, sanoat chiqindilari va zaharli moddalar bilan zaharlanishi, ba’zi hollarda antropogen omillar ta’sirida butun biotsenozlar yo‘qolib ketishi ham mumkin. Organizmga har bir omil ta’sir etishining quyi va yuqori chegaralari bo‘ladi. Omilning qulay ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb ataladi. Har qanday ekologik omil ta’sirining optimum, minimum va maksimum ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb qaraladi. Yorug‘lik o‘simliklar uchun birinchidan fotosintez jarayonining amalga oshishida asosiy sharoitlardan hisoblanadi, ikkinchidan u transpiratsiyani, ya’ni bug‘lashishni tezlashtiradi. Uchinchidan, o‘simliklarning o‘sish tezligini sekinlashtiradigan muhit omili hisoblanadi.



    O‘simlik rivojlanishi davrida, ma’lum darajada, yorug‘lik va qorong‘ulikni talab qiladi. Yorug‘lik nuri o‘simliklarning o‘sishida, ya’ni hujayra va to‘qimalarda boradigan o‘sish jarayonlari va organlarning hosil bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi. Yorug‘lik manbai quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining 42% atmosfera orqali qaytariladi, 15% atmosferani isitish uchun ketadi, faqatgina 43% yer yuziga kelib yetadi, quyosh radiatsiyasi bu issiqlik va sayyoramizdagi hayotning asosiy manbaidir. Nur energiyaning ekologik omil sifatida xususiyati uning to‘lqin uzunligi bilan belgilanadi. Yorug‘lik spektrida ko‘rinuvchi ultrabinafsha va infraqizil nurlar ajraladi.


    Yorug‘likning ekologik ta’siri quyidagicha:
    1) fotoperiodizm — kun bilan tunning qonuniyatli almashishi
    2) yorug‘likning intensivligi (luksda),
    3) To‘g‘ri va sochilgan radiatsiyaning ta’siri.
    4) Yorug‘lik energiyasining kimyoviy ta’siri.

    Yorug‘likning quyidagi ko‘rsatgichlari ekologik ahamiyatga ega:


    1)ta’sirchanlikning uzoqligi, kunning uzunligi;
    2) tezligi energetik o‘lchamida;
    3) spektral tarkibi.

    Yorug‘lik resurs ham hisoblanadi, u energiya bo‘lib hayotiy jarayonlarga ta’sir qiladi. O‘simlik va hayvonlarda quyidagi hayotiy jarayonlar yorug‘lik ishtirokida amalga oshadi:


    1. Fotosintez—bunga tushayotgan yorug‘likning 1—5% miqdori ishlatiladi va ozuqa zanjirining energiya manbai hisoblanadi, u xlorofillning sintez qilinishida muhim hisoblanadi.
    2. Transpiratsiya—bunga tushayotgan yorug‘likning 75% ishlatiladi; infraqizil nurlar evaziga amalga oshadi.
    3. Fototropizm, fotonastiya o‘simliklarda kerakli yorug‘lik bilan ta’minlash uchun.
    4. Hayvonlarda, fototaksis yorug‘lik manba’iga intilish
    5. Fotoperiodizm—kunning uzun-qisqaligiga o‘simliklarning moslashishi.
    6. Moddalarning sintez qilinishi, pigmentatsiya ta’siri .
    Ekologiya va fiziologiyada yorug‘lik miqdori, undagi o‘simliklarga fiziologik ta’sir ko‘rsatadigan nurlar orqali hisoblanadi, quyosh nuri spektoridagi fotosintetik faol radiatsiya (FAR) — fotosintezda ishlatiladigan asosiy nurlardir. Yashil o‘simliklar tomonidan yil bo‘yi qabul qilinadigan yorug‘lik faqat yorug‘lik tezligiga bog‘liq bo‘lmasdan, u kun uzunligiga ham bog‘liq. Kun uzunligi ekvatordan qutblarga qarab oshib boradi.
    O‘simliklar qoplami uchun yil bo‘yi qabul qilinadigan radiatsiya summasi emas, o‘simliklar o‘sish mavsumi davridagi yorug‘lik miqdori ahamiyatiga ega hisoblanadi.

    O‘simliklar yashaydigan muhitning yorug‘lik bilan ta’minlanishi bizning sayyorada juda turli tumandir. Masalan, baland tog‘, cho‘l, dashtlardagi yorug‘likka eng boy joylardan tortib, juda qorong‘u g‘orlar, suv ostidagi muhitlar. Shu sababli o‘simliklarning yorug‘lik muhitiga moslashishi ham turlichadir. Yorug‘lik muhitiga nisbatan munosabatiga qarab o‘simliklar 3ta guruhga bo‘linadi:


    1. Yorug‘sevar o‘simliklar (geliofit), bu guruhga asosan kuchli yorug’lik tushadigan joylarda o‘suvchi o‘simliklar kiradi. Bu guruhga tog‘, cho‘l, adir, dasht, qishloq ho‘jaligida ekiladigan o‘simliklar, ochiq joylarda o‘suvchi o‘simliklar kiradi. Bulardan tashqari bu guruhga toshlar ustida yopishib o‘suvchi lishayniklar, madaniy o‘simliklar ham mansub.
    2. Soyaga chidamli o‘simliklar (fakultativ geliofit), ushbu guruhga kiruvchi o‘simliklar yorug’lik yetarli bo‘lmasaham, kuchli yorug‘likda ham o‘sib rivojlanadi. Bu guruhga madaniy ekinlardan qulupnay kabi o’simliklar kiradi.
    3. Soyasevar o‘simliklar (stsiofitlar), asosan soya joylarda o‘sadigan o‘simliklar kiradi. Bularga o‘rmonlardagi daraxtlar ostida o‘suvchi paporotniklar, binafsha va boshqalar kiradi.



    Quyosh nuri ya’ni, yorug‘lik o‘simliklarning o‘sishida, ya’ni hujayra va to‘qimalarda boradigan o‘sish jarayonlari va organlarning hosil bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi.


    Yorug‘lik manbai quyosh radiatsiyasi hisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining 42% atmosfera orqali qaytariladi, 15% atmosferani isitish uchun ketadi, faqatgina 43% yer yuziga kelib yetadi. Quyosh nuri radiatsiyasi bu issiqlik va sayyoramizdagi hayotning asosiy manbaidir. Nur energiyaning ekologik omil sifatida hisoblanib, bu to‘lqin uzunligi bilan belgilanadi. Yorug‘lik spektrida ko‘rinadigan, ultrabinafsha va infraqizil nurlar ajratiladi. Ultrabinafsha nurlar tirik organizmlarga kimyoviy ta’sir ko‘rsatadi, infraqizil esa issiqlik beradi.
    Yorug‘likning quyidagi ko‘rsatgichlari muhim ekologik ahamiyatga ega:
    1) ta’sirchanlikning uzoqligi, kunning uzunligi
    2) tezligi energetik o‘lchamida
    3) spektral tarkibi
    Fiziologiyada yorug‘lik miqdori, undagi o‘simliklarga fiziologik ta’sir ko‘rsatadigan nurlar orqali hisoblanadi. Quyosh nuri spektoridagi fotosintetik faol radiatsiya (FAR)—fotosintezda ishlatiladigan asosiy nurlardir.
    Yashil o‘simliklar tomonidan yil bo‘yi qabul qilinadigan yorug‘lik faqat yorug‘lik tezligiga bog‘liq bo‘lmasdan, u kun uzunligiga ham bog‘liq. Kun uzunligi ekvatordan qutblarga qarab oshib boradi. Yashil o‘simliklar qoplami uchun yil bo‘yi qabul qilinadigan radiatsiya summasi emas, o‘simliklar o‘sish mavsumi davridagi yorug‘lik miqdori ahamiyatiga ega.
    Yashil o‘simliklar faqat bevosita to‘g‘ri tushadigan yorug‘likdangina emas, tarqoq tushadigan yorug‘likdan ham foydalanadi. To‘g‘ri tushadigan quyosh nuri ko‘pincha o‘simliklar uchun xavfli, chunki quyosh nuri kuchining ta’siri natijasida o‘simliklar sitoplazmasi va xlorofill nobud bo‘ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug‘lik o‘simliklar tomonidan to‘la o‘zlashtiriladi. U foydaliroq bo‘lib, uning 40—60% fotosintez uchun muhim sariq —qizil nurlardan iboratdir. To‘g‘ri tushadigan yorug‘likda bir-xil nurlar miqdori 20— 35% oshmaydi.
    Yorug‘sevar o‘simliklar barglari asosan kunning xavfli soatlarida, radiatsiyani kam qabul qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan katta burchak hosil qilib joylashadi. Bunday joylashishni daraxtlardan evkalipt, mimoza va boshqalarda ko‘rish mumkin, juda ko‘p o‘t o‘simliklarida ham bunday holat uchraydi. Masalan, yovvoyi latuk o‘simligida hamma barglar shimoldan janubga qaratilgan, buning natijasida tush paytidagi kuchli quyosh nurlari oz miqdorda qabul qilinadi, bunday o‘simliklar kompas o‘simliklar deyiladi.
    Yashil o‘simliklar yashaydigan muhitning yorug‘lik bilan ta’minlanishi bizning sayyoramizda juda turli tumandir. Masalan, baland tog‘, cho‘l, dashtlardagi yorug‘likka eng boy joylardan tortib, juda qorong‘u g‘orlar, suv ostidagi muhitlar. Shu sababli o‘simliklarning yorug‘lik muhitiga moslashishi ham turlichadir.
    O‘simliklarning kunning uzun yoki qisqaligiga munosabati fotoperiodizm deyiladi. Fotoperiodizm hodisasini 1920-yilda V.Gardner va Aplard tomonidan kashf qilingan. Ularning kuzatishi bo‘yicha, tamaki o‘simligi maxsus issiqhonada, bahorda gullagan lekin dalada gullamagan. Bunga sabab, kunning uzunligidir. Kunni uzunligi sun’iy qisqartirilganda tamaki o‘simligi gullagan.
    Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki o‘simliklar ma’lum darajada yorug‘lik va qorong‘ulik fazalarini o‘tgandan keyin, gullash va urug‘ tugishga kirishadi.
    Fotoperiodik reaksiya turlariga qarab, o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
    1. Qisqa kun o‘simliklari. Bu o‘simliklarning gullash fazasiga o‘tishi uchun sutkada, 12 soat yoki undan kamroq yorug‘lik vaqti kerak (kanop, tamaki va boshqalar).
    2. Uzun kun o‘simliklari. Bularning gullash fazasiga o‘tishi uchun bir sutkada, 12 soatdan ko‘p yorug‘lik kerak (kartoshka, bug‘doy, ismaloq va boshqalar).
    3. Fotoperiodik reaksiyasi bo‘yicha neytral o‘simliklar. Bu o‘simliklarning gullash fazasiga o‘tishidan farq qilmaydi. Bu gruppaga tomat, qoqi o‘ti kabi o‘simliklar kiradi.
    Har bir tur uchun o‘zining fotoperiodik yoki yorug‘lik davri xarakterli. Uzun kun o‘simligi xrizantema uchun gullash fazasiga o‘tishida, sutkasiga 14 soat 40 minut davomida yorug‘lik kerak. Agar yorug‘lik 13 soat 50 minut davomida qabul qilinsa, g‘unchalar paydo bo‘lmaydi.
    Misol uchun sholi o‘sib turgan dala yaqinida gaz mash’alalari yonib turishi natijasida, sholi uzoq vaqt gullash fazasiga o‘tmay turgan. Demak mash’ala yorug‘ligi o‘simliklarda fotoperiodik reaksiyani hosil qilib, gullashni kechiktirgan.
    Fotoperiodik reaksiya ma’lum geografik muhitga moslashib bo‘lishi bilan birga, o‘simliklarning yer yuzida tarqalishini cheklovchi omil hamdir. Chunki, ma’lum fotoperiodik reaksiyali o‘simliklar ularga to‘g‘ri kelmaydigan yorug‘lik miqdorida o‘sa olmaydi. Kun uzunligi shimoldagi uzun kun o‘simliklarining janubga tarqalishida, janubdagi qisqa kun o‘simliklarining esa shimolga tarqalishiga xalaqit beradi.
    Neytral fotoperiodik reaksiyaga ega bo‘lgan o‘simliklar keng tarqalgan bo‘lib, tropik o‘rmonlaridan tortib arktikagacha bo‘lgan rayonlarda uchraydi.



    Download 4,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 4,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali

    Download 4,44 Mb.