SDVMChBU Toshkent Filiyalining o‘quv-tajriba
dala maydoni haqida qisqacha ma’lumot.
Ilmiy tadqiqot ishlari uchun dala tajribalari har kuni Toshkent viloyati Yagiyo‘l tumani SDVMChBU Toshkent Filiyalining o‘quv-tajriba dala maydonida o‘tkazildi. Tajriba dalasi Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani - Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat hisoblanadi. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15 yanvar oyida tashkil qilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 3.931 million kishidan ziyod (2023). Tabiati. Viloyatning shimoliy va shimoli-sharqiy qismlari Gʻarbiy Tyanshan togʻlari va uning tarmoqlari (Qurama, Piskom va Ugom togʻlari) bilan band. Eng baland joyi Piskom tizmasidagi Manas togʻi (4484 m). Chatqol va Qurama togʻlari orasida Ohangaron daryosi kesib oʻtgan, Ohangaron platosi joylashgan. Viloyat hududining katta qismi Sirdaryo tomon qiyalanib boradigan togʻ oldi tekisligi (Chirchiq-Ohangaron vodiysi)dan iborat. Ohangaron daryo vodiysi, Qurama togʻi, Angren-Olmaliq atrofida foydali qazilmalardan mis, polimetall rudalari, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, alyuminiy xom ashyosi, qoʻngʻir ko‘mir, molibden konlari, plavik shpati va dala shpati, turli xil qurilish materiallari bor. Termal va mineral suv zaxiralari kup. Viloyat kuchli seysmik zonada joylashgan. Ayniqsa, Chirchiq va Ohangaron havzalarida aniq seziladigan zilzilalar buning ifodasidir. Juda kuchli zilzila 1868-yilda Toshkentda boʻlib oʻtdi va 1966-yilda takrorlandi. Turli intensivlikdagi yer osti silkinishlar vaqti-vaqti bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda.
Iqlimi keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi - 1,4 − 1,7°, eng past temperatura −33° (tekislikda), −37° (togʻ etaklarida), iyulnint oʻrtacha tempaturasi 26,7°, eng yuqori temperatura 43-45°. Tekislik qismida yiliga 250 mm, togʻ oldilariga 300-400 mm, togʻlarda 500 mm yogʻin yogʻadi. Yogʻinning koʻp qismi bahor va qishda yogʻadi. Qor togʻlardagina uzoqroq saqlanadi. Vegetatsiya davri tekislik qismida 210 kun. Daryolari Sirdaryo havzasiga mansub (Sirdaryo-oʻrta oqimi, uz. 125 km va uning irmoqlari - Chirchiq, Piskom va Ohangaron). Daryolar Tyanshan togʻlaridan boshlanadi va suvidan elektr energiya olishda va sugʻorish ishlarida foydalaniladi. Sugʻorish kanallari: Boʻzsuv, Qorasuv, Dalvarzin, Toshkent va boshqa Tuya boʻgʻiz suv ombori „Toshkent dengizi“, Chorvoq suv ombori, Ohangaron suv omborlarn bor.
|