• Kerakli jihozlar
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali




    Download 4,44 Mb.
    bet5/23
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,44 Mb.
    #229921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    Bioekologiya amaliyot qo`llanma

    Ishning maqsadi. Dala amaliyoti olib boriladigan hududning geografik o‘rni rel’efi, tuprog‘i, iqlim sharoitlari bilan tanishish.
    Identiv o‘quv maqsadlari.
    1. Amaliyot olib borilayotgan hududning geografik o‘rni, rel’efini o‘rganish.
    2. Hududning tuprog‘I va iqlim sharoitlarini o‘rganish.
    3. Hududda turli-hil o‘simlik turlarini va tarqalish arealini aniqlash.
    O‘rganilayotgan hududning geografik o‘rni, rel’efi, tuprog‘i va iqlim sharoitlarining o‘simliklarga ta’siri to‘g‘risida xulosalar berish .
    Kerakli jihozlar: daftar, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, fotokamera, o‘simliklarni aniqlagich kitobi, texnologik xarita.
    Nazariy material.
    Amaliyot olib borilayotgan hududning geografik o‘rni rel’efi, iqlim sharoitlari kerakli adabiyotlar yordamida tahlil qilinadi.
    Agrotizimlardagi madaniy o‘simliklar turlari, tuproq xossalari, tuproq unumdorligi, gumusning ekologik ahamiyati haqida ma’lumotlar bilan tanishadi. Rel’ef shakllarining xilma-xilligi, ularning tarkibiga bog‘liq holda o‘simliklarning tarqalishi kuzatiladi. Bizga ma’lumki, tekisliklarda re’lefning ta’siri yaxshi seziladi. Ko‘pincha chuqurliklar hosil bo‘ladigan joylarda suv ko‘p to‘planib qoladi, tepaliklarda esa bunga teskari holda tuproq namligi past bo‘ladi. Bu farq o‘simliklarning tur tarkibiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
    O‘rganilayotgan hududda o‘simliklarning tarqalishiga iqlimning ta’sirlari ham kuzatilib, ular o’rtasidagi farqlar daftarga yozib boriladi. Tuproq hosil bo‘lishida o‘simliklar, bakteriyalar, zamburug‘lar va hayvonlarning o‘ziga xos o‘rni bor. O‘simliklar ildizi orqali tuproqdan olinadigan moddalar o‘simlikning chirigan qismi bilan birgalikda tuproqning yuza qatlamlarida to‘planadi. O‘simlik ildizlari tuproqni yumshatadi, ularni tuzilischi va boshqa xossalarini o‘zgartiradi. O‘simlik qoldiqlari tuproq chirindisining asosiy manbaidir. Tuproqning ekologik holatini baholashda, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Bakteriyalar va zamburug‘lar ta’sirida tuproqdagi murakkab va organik birikmalar nisbatan oddiy birikmalarga parchalanadi.Shu bilan birga bakteriya va zamburug‘lar ta’sirida hosil bo‘lgan organik kislotalar o‘z navbatida tuproqdagi mineral birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, yangi xil birikmalarni sintez qilishda ishtirok etadi. Tuproq hayotida mikroorganizmlarning roli g‘oyatda katta. V.A.Kovda ma’lumotiga ko‘ra tuproqdagi mikroblar massasining yillik dinamik zahirasi yer ustidagi fitomassaga barobar yoki undan 1,5-2 hissa ko‘pdir.
    Qora tuproqlar, bo‘z va madaniy tuproqlarda organizmlar biomassasi yiliga 20-50 t.ga yetadi. Tuproqning organik qismi o‘simlik va mikroorganizmlar chirindisidan iborat. Tuproq tirik mavjudotlardan iborat bo’lgan, hayotiy jaryonlari to‘xtovsiz davom etadigan tirik jismdir, chunki uning bir gramida milliard donalab baktriyalar bor. Ularning faoliyati natijasida azot, fosfor, temir, oltingurgurt kabi moddalar bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi.
    Maxsus bakteriyalar faoliyati tuproqda nitrifikatsiya, sulfofikatsiya, erkin azotni o‘zlashtirib oluvchi tuganak bakteriyalar (azotofikatsiya) ammonifikatsiya kabi, shuningdek, azotiszlanish jarayonlari ham sodir bo’lib turadi. Nitrifikatsiya jarayonini nitrifikator bakteriyalar o’zlaschtirib oladi, ular ammiakni azot kislotaga aylantirib, kaltsiy nitrat, azot tuzlari hosil qiladi. Bu tuzlar ildiz orqali o‘simlikka oson o‘zlashtiriladi, ular gektariga 500, hatto 1500 kg gacha nitrat hosil qiladilar. Harorat 25-30 daraja bo‘lsa, o‘rtacha namlik yaratilsa, o‘rtacha (neytral) reyaksiyali tuproqda yaxshi rivojlanadi.

    Download 4,44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 4,44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toshkent filiali

    Download 4,44 Mb.