Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/81
Sana20.02.2024
Hajmi1,18 Mb.
#159204
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
Mavzu Web sahifa yaratish va bezash, List yozishga, 1682947714, 18113, Mustaqil ish mavzulari css opacity transparency
 Fidelio tizimi-Mehmonxonalar va restoranlar uchun boshqaruv tizimlari 
yaratishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik Micros-Fidelio korporatsiyasining 
kompleksi eng ko‘p tarqalgan universal mahsul hisoblanadi. Fidelio tizimi 100 dan 
ortiq yirik mehmonxona tarmoqlari (Sheraton, Hilton, Marriot, Kempinsky, Hyatt va 
h.k.)da o‘rnatilgan. MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari hududidagi 90 dan ortiq 
mehmonxonalar ham o‘z faoliyatida mana shu texnologiyalardan foydalanadi.
Fidelio tizimi mehmonxona ishining nomerlarni kompyuterda rezervlashtirish, 
mehmonlarni ro‘yxatga olish, joylashtirish va ro‘yxatdan chiqarishdan nomerlar 
fondini boshqarish, buxgalteriya va moliya ishlarini yuritishgacha bo‘lgan barcha 
bosqichlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Tizim muomalada juda sodda bo‘lib, biron-bir 
alohida shaxsiy kompyuterlarni taqozo etmaydi va har qanday kattalikdagi 
mehmonxonalarda foydalanish uchun mosdir.
Kompleks funksional jihatdan bir nechta modulga ajratilgan: bronlashtirish, 
nomerlar fondini boshqarish bloki, tariflarni boshqarish (ko‘rib chiqish, o‘zgartirish, 
oqilonalashtirish), xizmatlarni paketlashtirish (konfiguratsiya, realizatsiya, kuzatish, 
xizmatlar ko‘rsatish, hisob-kitob qilish va sh.k.), mehmonlarni ro‘yxatga olish va 
ro‘yxatdan chiqarish, hisobotlar tayyorlash va sh.k. 
Bronlashtirish moduli 20 dan ortiq har xil vazifalarni bajarish, chunonchi: 
xonalarning mavjudligi haqidagi axborotni ko‘zdan kechirish, mijozlarning 
ma’lumotlar bazasini yuritish, har qanday toifaga mansub mehmonlar uchun 
nomerlarni bronlashtirish, hisob va statistikani yuritish, avtomatik faks jo‘natish 
imkonini beradi. Hisobotlar moduli mehmonxona ishida zarur bo‘lgan 
ma’lumotnomalar, shakllar, statistik materiallarning qayrib 300 turini tayyorlashga 
yordam beradi. Nomerlar holati, mehmonxonaning to‘lganlik darajasi, unda 
yashayotgan mehmonlar, joriy moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotlar shular 
jumlasidandir.
Fidelio tizimi to‘la rusifikatsiya qilingan va MDH bozori uchun moslashtirilgan. 
qoida tariqasida, Fidelio tizimini mehmonxonalar restoranlar uchun mo‘ljallangan 
Micros kassa-hisob-kitob majmui bilan birga o‘rnatadilar. qo‘shimcha tarzda moliya-
xo‘jalik faoliyatini avtomatlashtirish dasturi, sotish va marketing bo‘limi ishini 
tashkil etish dasturi, bosh muhandis dasturi va boshqa dasturlar yetkazib berilishi 
mumkin.
Barcha dasturlar yagona birlashtirilgan tizim tarzida ishlaydi. Fidelio tizimi DOS 
operatsion muhitida faoliyat ko‘rsatadi. Fidelio FO tizimini o‘rnatish bahosi har bir 
buyurtmachi uchun alohida hisoblanadi va birinchi navbatda tizimning 
komplektlanishi va mehmonxonaning kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.
MDH bozorida Micros-Fidelio firmasining eksklyuziv distribyutori sifatida 
so‘nggi yillarda HRS (Hotel & Restaurant Systems) kompaniyasi ish olib bormoqda. 



129 
HRS dasturiy ta’minot va apparat vositalarini to‘liq o‘rnatadi, xodimlarga tizim bilan
ishlashni o‘rgatadi va foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.  

Download 1,18 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish