131
bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o‘zida o‘rnatish va
mustaqil ishlash;
bunday xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya bilan
shartnoma tuzish;
dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik turoperator bilan
shartnoma tuzish.
Mehmonxonada o‘z GDS terminallarini o‘rnatish eng murakkab va qimmat
yechimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona rezervlash tizimlari bilan
shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o‘tkazishi, kerakli asbob-uskunalarni
o‘rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o‘rgatishi va boshqa ko‘plab shunga o‘xshash
ishlarni amalga oshirishi lozim. qilingan sarf-harajatlar yaqin kelajakda o‘zini oqlashi
uchun GDSdan muttasil ravishda ko‘plab buyurtmalar olish lozim. Binobarin, bunday
yondashuv faqat o‘z mehmonxonalar tizimiga ega bo‘lgan mehmonxonalar
tarmoqlari uchun o‘rinlidir. Shu bois GDS bilan mustaqil mehmonxonalarning
ishlash holatlari deyarli ma’lum emas.
Vositachi kompaniya (provayder) orqali ishlash ancha yengil va arzondir.
Bundan tashqari, qoida tariqasida, maxsus asbob-uskunalar o‘rnatish, maxsus
ajratilgan aloqa tarmoqlarini o‘tkazish va mehmonxonaga xos bo‘lmagan boshqa
funksiyalarni bajarish talab etilmaydi.
Mehmonxonani, uning nomerlarini, narxlarni
mufassal tavsiflovchi so‘rovnomani to‘ldirish va bronlashga tasdiqnoma kelishini
(odatda faks orqali) kutish kifoyadir.
Provayder xizmatlari haqi bir yilda bir necha yuz dollardan bir necha ming
dollarga yetishi mumkin. Har bir sof (ya’ni amalga oshirilgan va bekor qilinmagan)
bronlash uchun qayd etilgan haq (taxminan 10 AqSh dollari) olinadi. Vositachi
kompaniya funksiyasiga (tegishincha mehmonxona harajatlariga ham) bronlashni
amalga oshiruvchi turistik agentlarga vositachilik haqi to‘lash kiradi. Vositachilik
haqi miqdorini har bir mehmonxona har xil belgilaydi.
Odatda uning miqdori
bronlash summasining 10% ni tashkil qiladi.
Texnik nuqtai nazardan olib qaraganda, turoperator orqali ishlash oldingi variant
bilan aniq mos keladi. Birdan-bir farq moliyaviy munosabatlarning tashkil
etilishidadir. Turoperator uchun GDS orqali mehmonxonani bronlashtirgan har bir
mijoz amalda yakka turist hisoblanadi. Uni mehmonxonaga joylashtirishga
mehmonxona turoperatorlar uchun belgilagan narxlar amal qiladi. Turoperator
skidkasi (komissiyasi)ning miqdori, qoida tariqasida, nomerlar narxiga qarab, 15-
30% va undan ko‘proq bo‘ladi. O‘z skidkasidan turoperator agentlik komissiyasini
to‘laydi,
rezervlash tizimlari, telekommunikatsion kompaniyalarga majburiy
to‘lovlarni amalga oshiradi.
Turoperator orqali ishlash barcha jihatlardan ma’qulroqdir, chunki turoperator
skidkasi mijozlarning mehmonxonada amalda yashashiga nisbatan amal qiladi,
binobarin, turoperator mehmonxonaga
mijozlarni jalb qilishdan bevosita
manfaatdordir. Mijozlar bo‘lsa – daromad bo‘ladi, mijozlar bo‘lmasa –
mehmonxonadan hech qanday to‘lovlar kelmaydi.
Axborot tarqatish muqobil kanallari jadal rivojlanishi natijasida mehmonxonalar
sohasida dunyo miqyosida rezervlash tizimlari o‘zining avvalgi mavqeini asta-sekin
yo‘qotib bormoqda. Jahon Internet kompyuter tarmog‘i bu «yangi to‘lqin»ning
132
sardoridir. Buni bronlash tizimlarining o‘zi ham e’tirof etmoqda. Bu ularni Internet
bilan birlashishga va o‘z Internet-serverlarini tuzishga rag‘batlantirmoqda. Bunda
GDSdagi axborotga kirish va mehmonxonalarni bronlashtirish
Internet-serverlar
orqali ta’minlanadi. Bugungi kunda SAHARA tizimidan tashqari, barcha GDS
shunday imkoniyatlarga ega.
Mehmonxonalar uchun Internet tarmog‘ining imkoniyatlari faqat GDS bilan
hamkorlikda ishlashdan iborat emas. Internetdan foydalanishda mehmonxonalar
erishadigan asosiy ustunlik qamrab olinadigan mijozlar doirasining kengligi (yer yuzi
aholisining 100 mln.dan ko‘prog‘i) va GDSga qaraganda arzonroq ustama
harajatlardadir.
Hozirning o‘zidayoq Internet dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlarining jiddiy
raqibiga aylandi. Internet orqali ishlash dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari
ishidan quyidagi jihatlar bilan farq qiladi:
GDSda mehmonxona faqat bir marta, Internetda esa –
istalgan serverlarda
istalgan miqdorda ko‘rsatilishi mumkin;
dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari bilan o‘z ishi uchun mehmonxonalardan
vositachilik haqi oladigan professional turagentlar ishlaydi, Internetdan esa
arzon mehmonxona topishga harakat qilayotgan jismoniy shaxslar foydalanadi.
Bunda hech qanday agentlik komissiyasi to‘lanmaydi.
Internetga kirish imkoniyatiga ega bo‘lish va unda o‘z sahifasini tashkil etish
dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishga
qaraganda oson va arzonroq bo‘lib, bunga istalgan mehmonxonaning qurbi yetadi.
Ammo, Internet - markazlashtirilmagan muhit. Agar Toshkent mehmonxonasi o‘zi
haqida axborotni istalgan GDSga kiritsa, uni Toshkent mehmonxonalari ro‘yxatini
ko‘zdan kechirgan har bir turagent ko‘radi.
Internetda buning batamom teskarisi: muayyan mehmonxona sahifasi tashkil
etilganidan keyin u haqda deyarli hech kim xabar topmaydi. Internetning istalgan
foydalanuvchisi o‘ziga mehmonxona tanlamoqchi bo‘lganida yuqorida zikr etilgan
mehmonxona sahifasini topishi uchun uni turli axborot qidirish tizimlari,
ma’lumotnomalar, kataloglarda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha uzoq va mashaqqatli
ish olib borish, bannerli reklamaga katta mablag‘lar sarflash va boshqa shunga
o‘xshash sa’y-harakatlar talab etiladi.
Internetdan foydalanishning muhim afzalliklaridan biri shundaki, u xalqaro va
shaharlararo so‘zlashuvlarga harajatlarni ancha kamaytirish imkonini beradi.