|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Lodging Touch tizimi mehmondo‘stlik sanoati uchun dasturlar ishlab chiqish
sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biri – AqShning MAI Hospitality kompaniyasi
tomonidan yaratilgan. Bugungi kunda Lodging Touch tizimi mehmonxona biznesini
kompleks avtomatlashtirish dasturiy vositalarining eng zamonaviylaridan biri
hisoblanadi. Dastur to‘la rusifikatsiya qilingan va MDH bozori uchun
moslashtirilgan. Boshqa shunga o‘xshash tizimlardan farqli o‘laroq, Lodging Touch
tizimi Windows NT operatsion muhitida faoliyat ko‘rsatadiki, bu uning faoliyat
doirasini ancha kengaytiradi, shuningdek u bilan ishlash usulini oson o‘zlashtirish
imkonini beradi.
Tizim mehmonxonaning turli bo‘limlari: porte, restoran xizmati, sotish,
banketlar tashkil etish bo‘limini avtomatlashtiruvchi dasturlarning birlashtirilgan
paketidan tashkil topgan. Lodging Touch tizimi buxgalteriya dasturlari, mehmonxona
daromadini oqilonalashtirish tizimlari, pullik televideniye, telefon, nomerga kirishni
nazorat qilish va b. tizimlar bilan bog‘lanishi mumkin.
Lodging Touch-Porte tizimi modul prinsipiga asosan tuzilgan. Operatsion blok
tizimning bosh bo‘g‘inini tashkil etadi. U nomerlarni bronlashtirish (bronni
rasmiylashtirish va bekor qilish, kutish varaqlarini yuritish, mehmonxona qavatlarini
ko‘zdan kechirish), mehmonlarni joylashtirish va ro‘yxatdan chiqarish, to‘lovlarni
kiritish va tungi audit taomili funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu yerda
mehmonxonadagi holat to‘g‘risidagi hisobotni (grafik yoki jadval variantlarida)
ko‘zdan kechirish, turli-tuman ma’lumotlar (mehmon kartochkalari, pasport
ma’lumotlari va h.k.) olish mumkin.
Lodging Touch tizimining boshqa ayrim dasturiy modullari qatoriga tariflarni
boshqarish bloki, nomerlar fondini boshqarish bloki (nomerlarni tozalash va
xodimaning ish grafigini tuzish uchun mo‘ljallangan) kiradi. Lodging Touch tizimida
turistik agentliklar bilan ishlash dasturiy bloki ham bo‘lib, u agentliklardan olingan
buyurtmalarni rasmiylashtirish, vositachilik haqini hisoblash, skidkalar va maxsus
takliflarni belgilash, statistika ma’lumotlarini ko‘zdan kechirish imkonini beradi.
Lodging Touch tizimining MDH mamlakatlaridagi rasmiy distribyutori LIBRA
Interneshnl kompaniyasidir.
|
| |