133
tashqari, aloqa markazi qo‘shimcha daromad manbai hamdir, chunki mehmonxonalar
odatda mehmon xonasidan amalga oshirilgan xalqaro so‘zlashuvlar qiymatiga 50%
ustama qo‘yadi.
Aloqa markazi uzzukun, bosh ma’mur ofisining grafigi bir xil tartibda – uch
smenada ishlaydi. Ushbu xizmat
xodimlari har qanday vaziyatda, ayniqsa,
favqulodda holatlarda,
asabiy muhitga qaramay, xotirjamlikni saqlashlari muhim
ahamiyatga ega.
Tayanch iboralar: Rezervlash xizmati, qayta bronlash (Overbooking), guruhiy
bronlash, qabul qilish (reseption), VIP –mijozlar,
elektron qulf, Fidelio, Lodging
Touch, Nimeta
tizimlari, Edelveys tizimi, Amadeus Calileo, Sabre va Worldspan.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari qanday ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi?
2. Rezervlashning markazlashtirilgan tizimi qaysi tarmoqlar orqali ishlaydi va unda
qanday ma’lumotlar beriladi?
3. Bronlash tartibi va mijozdan olinadigan dastlabki ma’lumotlar haqida gapirib
bering.
4. Bronlashning qanday tartib qoidalari mavjud?
5. Bronlash xizmati qaysi bo‘limlar bilan aloqada bo‘ladi?
6. Mehmonlarni ro‘yxatga olish xizmati qanday xizmat va u nimalarni o‘z ichiga
oladi?
7. Mijozni ro‘yxatdan chiqarish qanday amalga oshiriladi?
8. Qabul qilish xizmatini qanday jihatlari mavjud?
9. Zamonaviy mehmonxona biznesi qanday kompyuterlashtirilgan?
10. Mehmonxonalarda qanday kompyuter tizimlari ishlatiladi?