• 1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
  •  124  Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81
     



    124 
    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
     
    1. Mehmonxona sanoatida inson resurslarining roli.
    2. Xodimlarni tanlash jarayonini tushuntiring. 
    3. Qaysi manbalardan xodim haqida qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin? 
    4. Xodimlarni tanlash mezonlari nimalarga asoslangan? 
    5. Tashkilot ichida va tashqaridan xodimlarni tanlashning ijobiy va salbiy 
    tomonlarini tushuntiring. 
    6. Xodimlarni baholash usullarini tavsiflang. 
    7. Ishga qabul qilish jarayonini tushuntiring. 
    8. Sharnoma va uning tarkibini izohlang. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    125 
    Mavzu 13. Mehmonxonalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimidan 
    foydalanish 
    Reja: 
    1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
    2. Mehmonxona biznesini kompyuterlashtirish 
    3. Mehmonxonani boshqarish kompyuter tizimlari 
    4. Dunyo miqyosidagi rezervlash tizimlari 
    5. Mehmonxonalarda rezervlash 
    6. Mehmonxonaning aloqa vositalari 
    1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
    Mehmonxonalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari nomerlarni rezervlash, 
    doimiy mijozlar, mehmonlarning talablari va ular to‘lashi lozim bo‘lgan haq haqidagi 
    ma’lumotlarni kiritish, saqlash va zarur holda tez qidirib topishga yordam beradi. 
    Muayyan sanada tashrif buyurgan mehmonlar ro‘yxatini kompyuter xotirasidan 
    topish hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Rezervlash stoli fayllari 
    avtomatlashtirilgan axborot tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular ushbu ish 
    uchun mas’ul bo‘lgan ma’mur (administrator) yordamchisiga bronlashtirilmagan 
    nomerlar miqdori va ularning tafsilotlari: xonalari soni, derazadan ochiladigan 
    manzara, narxi va h.k. haqida axborot olish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan 
    axborot tizimi mehmonxona faoliyatiga joriy etilgunga qadar rezervlash bilan
    shug‘ullanuvchi xodim bunday axborotni yig‘ishi va undan foydalanishi ancha og‘ir 
    ish bo‘lib, juda ko‘p vaqtni olar edi.
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimi kompyuter dasturlari to‘plamidan iborat 
    bo‘lib, ular yordamida boshqarish ofislari va yordamchi bo‘limlar ishi uchun dolzarb 
    ahamiyatga ega bo‘lgan axborotni yig‘ish va undan foydalanish mumkin. Bu to‘plam 
    tarkibida to‘rt dastur ayniqsa muhimdir, chunki ular ma’murlarni quyidagi 
    yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli axborot bilan ta’minlaydi: 

    rezervlash xizmatini boshqarish;

    mehmonlarga xizmat ko‘rsatishni boshqarish;

    mehmonlar bilan hisob-kitob qilishni boshqarish; 

    mehmonxonani boshqarishning umumiy masalalari. 
    Avtomatlashtirilgan 
    axborot 
    tizimining 
    rezervlash 
    xizmati 
    faoliyatini 
    ta’minlovchi tarkibiy qismi mazkur xizmat xodimlariga rezervlashga so‘rovlarni tez 
    olish, rasmiylashtirilgan bronlarga tasdiqlar olish va mehmonxona nomerlari mijozlar 
    bilan qay darajada to‘liqligi haqida doim aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini 
    beradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimida bevosita ofisda va telefon orqali 
    rezervlash markazlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilgan bronlash haqidagi 
    barcha axborot jamlanadi. Mehmonxona korporatsiyalarining aksariyati mazkur 
    tizimda o‘z raqamlariga ega bo‘lib, ularning yordamida mijozlar oldindan buyurtma 
    qilish uchun mamlakatning istalgan nuqtasidan, ba’zan hatto chet eldan (bepul) sim 
    qoqishlari mumkin. Transport agentliklari ham ushbu markazlashtirilgan tizimga 
    kompyuter 
    tarmog‘i 
    orqali 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    kirish 
    imkoniyatiga 
    ega. 
    Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan surunkali foydalanuvchi mehmonxonaning 



    126 
    yuzdan ortiq xizmatchilari istalgan vaqtda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot 
    olishlari mumkin: 

    rezervlash; 

    bosh ma’mur ofisi; 

    jamoaviy tashriflarni rasimylashtirish; 

    doimiy mijozlar haqida ma’lumotlar; 

    hisobotlar matn muharriri; 

    transport agentliklarining xizmatlari uchun schyotlar; 

    turlarni rasmiylashtirish; 

    ma’muriy-xo‘jalik masalalari; 

    foiz daromadlarini boshqarish; 

    kompleks dasturlar tuzish; 

    ulgurji savdo; 

    kompyuter bo‘yicha hisob-kitoblar uchun interfeys; 

    kinofilmlar namoyishini buyurtma qilish uchun interfeys; 

    savdo nuqtalari uchun interfeys; 

    ekologik nazorat; 

    markazlashtirilgan rezervlash; 

    shahar grossbuxi; 

    kreditorlik qarzlari; 

    kondominium egalarining schyotlari; 

    uyushmalarni boshqarish; 

    nomerlarni uzoq muddatga berganlik uchun ijara haqi; 

    taymsherlar uchun ijara haqi.
    O‘rta va katta mehmonxonalarda ma’murning ish joyi schyotlar va haridlarni 
    nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun mini-kompyuter bilan jihozlanadi. 
    Mehmonxonada odatda monitorlar bilan jihozlangan yana bir nechta xizmatlar: 
    savdo nuqtalari, ta’minot xizmati, konferens-zal va boshqa xizmatlar ham faoliyat 
    ko‘rsatadi. Kichik mehmonxonalar so‘rovlarni rasmiylashtirish uchun mini-
    kompyuterdan alohida foydalanishi yoki uni mahalliy tarmoqqa ulashi mumkin.

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     124  Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar

    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish