|
Tashkilotdan tashqarida xodimlarni tanlashning ijobiy tomonlariTashkilotdan tashqarida xodimlarni tanlashning ijobiy tomonlari:
Tanlash imkoniyatining kengligi;
Korxonaga «yangi g‘oyalar»ning kirishi;
Ishga qabul qilish kadrlarga bo‘lgan talabni bevosita qondiradi;
Chetdan olingan xodim boshqa korxonalar bilimlarini olib keladi;
Tashkilotdan tashqarida xodimlarni tanlashning kamchiliklari:
Tanlashda katta harajat qilinadi;
Yangi qabul qilingan xodimlar ulushining ko‘pligi kadrlar qo‘nimsizligiga
imkoniyat yaratadi;
Jamoadagi muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
Yangi xodimning bilim va ko‘nikmalari kamligi tufayli sinov muddatiga ko‘p
vaqt sarflanadi;
Ish jarayonini bilmaydi;
3. Xodimlarni tanlash mezonlari
Nomzodlarni baholash standart mezonlarga ko‘ra amalga oshirilishi lozim. Bu
baholash mezonlari quyidagilar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumoti va ishlab chiqarish sohasidagi tajribasi:
Mustaqil tarzda, kimningdir rahbarligi ostida ishlash;
Ishlab chiqarish harajatlari uchun javobgarlik;
Xodimlarni boshqarish;
Boshqalar bilan birga ishlash.
Xulq-atvori(o‘zini tutishi):
Tashqi ko‘rinishi;
O‘z kuchiga ishonchi;
Moslashuvchanlik va kirishimlilik;
Bosiqliq.
Maqsadga intiluvchanligi:
Xizmat bo‘yicha ko‘tarilish istagi;
Tashabbuskorligi;
Topshiriqlarni bajarishga tayyorlik;
Tirishqoqliq.
O‘z bilimlari va ma’lumotini oshirish qobiliyati.
Intellektual qobiliyati:
Zehni;
Abstrakt fikrlash qobiliyati;
Menejerning harakatlariga munosabati;
Fikrlash darajasi;
Muzokara olib borish qobiliyati.
|
| |