|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti4. Ishga qabul qilish
Xodimlarni baholash o‘tkazilgandan keyin, nihoyat, ko‘plab nomzodlar orasidan
eng yuqori baho olgan bita talabgor tanlab olinadi. Tarmoq rahbari uni firmaga ishga
olishga rozilik berganidan so‘ng yangi xodim Bilan shartnoma tuziladi. Shartnomani
muhokama qilish ishga yollash jarayoning tarkibiy qismi ekanligini hisobga olish
lozim. Shu sababli suhbatlashish paytida og‘zaki shaklda bo‘lsa ham qilingan takliflar
shartnomaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Odatda “shartnoma” atamasi ikki taraf
o‘rtasida yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan bitimni anglatadi. Har qanday shartnoma
kimdir taklif qilinishi va kimdir bu taklifni qabul qilishini nazarda tutadi.
Ishga olinayotgan xodimga taqdim etilishi lozim bo‘lgan shartnomaning shartlari
va muddatlari haqidagi axborotning minimal hajmiga quyidagi ma’lumotlar kiradi:
taraflar(ish beruvchi va xodim)nomi;
ishning nomi;
ishni boshlash sanasi(shartnoma ma’lum muddatda tuzilayotgan bo‘lsa
shartnoma muddati tugaydigan sana);
mehnat haqining tarif stavkasi yoki hisob-kitob qilish usuli;
mehnatga haq to‘lashning davriyligi(haftalik, oylik, b.);
bayram kunlari va ularga haq to‘lash;
kasallik va baxtsiz tasodif tufayli ta’tillarni rasmiylashtirish va ularga haq to‘lash
qoidalari;
pensiyani hisob-kitob qilish sxemasi va pensiya sug‘urtasi davlat tizimi xodimga
nisbatan amal qilish-qilmasligi haqida ma’lumot;
shikoyatlar berish tartibi;
shartnoma muddati tugagunga qadar xodim ishni to‘xtatish haqida xabarnoma
olishi yoki ariza berishi lozim bo‘lgan muddat.
Mehnat shartnomasida yuqorida zikr etilgan barcha bandlar bo‘lishi lozim.
Tayanch iboralar: Inson resurslari, xodimlarni boshqarish, xodimlarni tanlash,
xodimlarni baholash, ishga qabul qilish, shartnoma.
|
| |