• Nomzod mehnatini baholash
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/81
    Sana20.02.2024
    Hajmi1,18 Mb.
    #159204
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
    So‘zlashish uslubi: 

    Topqirliq; 



    122 

    Ko‘p so‘zlilik; 

    O‘z fikrini aniq bayon etish. 
    4. Xodimlarni baholash 
    Xodimlarni baholash- shaxsning ishbilarmonlik va shaxsiy fazilatlari lavozim 
    yoki ish o‘rni talablariga muvofiqligini aniqlashga yo‘naltirilgan izchil jarayondir. 
    Xodimlarni baholash metodlarini uch asosiy guruhga birlashtirish mumkin: 
    1. prognostik metodlar. So‘rovnoma ma’lumotlaridan, yozma yoki og‘zaki 
    ta’rifnomalardan, rahbar va hamkasabalarning 
    fikr-mulohazalari 
    va 
    tavsiyanomalaridan, shaxsiy suhbatlar va psixologik testlardan foydalaniladi; 
    2. amaliy metodlar. Xodimning amaliy ish natijalariga asosan uning xizmat 
    vazifalarini bajarishga yaroqliligi tekshiriladi. Buning uchun xodimni muayyan 
    lavozimda sinash usullari va texnikasidan foydalaniladi
    3. imitatsion metodlar. Nomzodga muayyan vazifani hal qilish topshiriladi. 
    Pirovardida shaxsning xususiyatlari va ishchanligi ekspert baholanadi.har bir 
    holatlarda baholash mezonlari to‘plami bo‘lg‘usi ishning mazmuni va sifatiga bog‘liq 
    bo‘ladi. Bunda nomzodning yo kasbiy yo shaxsiy fazilatlari birinchi o‘ringa 
    qo‘yilishi mumkin. Xodimni muayyan lavozimda sinash usullari va texnikasidan 
    foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu usullar yordamida nomzod mehnatining 
    samaradorlik darajasi aniqlanadi. Ayni holda ekspertlardan ob’ektiv baho olish 
    ayniqsa mushkuldir. Ekspertiza uchun nomzod mehnatini baholashning quyidagi 
    shakli taklif qilinadi(2-jadval). nomzod mehnatini baholash 
     
     
    2-jadval 
    Nomzod mehnatini baholash 
     
    Sifat mezoni 
    Mezonning rivojlanish darajasi 





    Mehnat miqdori 
    Mehnat sifati 
    Ishga munosabat 
    Ishda puxtalik 
    Hamkorlikka 
    tayyorlik 
    Eslatma. A- mehnat unumdorligi yetarli emas; V- mehnat unumdorligi talab darajasida; S- 
    mehnat unumdorligi talabga to‘liq javb beradi; D- mehnat unumdorligi talab darajasidan ham 
    yuqori; Ye- mehnat unumdorligi talab darajasidan ancha yuqori. 
     
    Mehnat miqdorini baholashda mehnat hajmi, mahsuldorligi, intensivligi, 
    foydalanadigan vaqt aniqlinadi. 
    Mehnat sifatini baholashda ishda yo‘l qo‘yilgan xatolar ulushi, mehmonxona 
    mahsulining sifati, uning jahon andozalariga muvofiqligi aniqlanadi. 



    123 
    Ishga munosabatni tahlil qilishda xodimning tashabbuskorligi, ishda katta 
    og‘irlikni o‘z zimmasiga olish imkoniyati, turli vaziyatlarga moslashish imkoniyati 
    va b.baholanadi. 
    Ishda puxtalik ishlab chiqarish vositalariga munosabati, ulardan foydalanishni, 
    xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanishni, ish o‘rnida moddiy 
    harajatlarning hisobga olinishi darajasini va b.nazarda tutadi. 
    Hamkorlikka tayyorlikni bqo‘yilgan vazifalarni birgalikda hal qilishda 
    xodimning ishtiroki, jamoadagi munosabatlar, jamoa ishida qatnashish ko‘nikmalari, 
    chetdan aytilgan fikrga munosabat, boshqa shaxsiy fazilatlar e’tiborga olinadi. 
    Ushbu mezonlar xodimni baholash negizini tashkil etadi. Ularning har birini 
    miqdoriy ifodalash muhimdir(ballarda).Ballarda baholash mazkur mezonlar muayyan 
    xodimda qay darajada mavjudligini aniqlash imkonini beradi.
     

    Download 1,18 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




    Download 1,18 Mb.
    Pdf ko'rish