Darsning borishi
Darsning tashkiliy qismi:
O’quvchilar bilan salomlashish;
O’quvchilar davomatini aniqlash;
Sinfni darsga tayyorgarligini tekshirish
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan bilim berish.
Tarbiyaviy – nutq rang-barangligi va go’zalligiga erishishga tarbiyalash
Rivojlantiruvchi – o’zbek tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish
Dars jihozlari:
Tarqatma material, kompyuter, proyektor, slayd, reklama roligi, sandiqcha, sandiqcha ichida javohirlar, ilmiy tadqiqotlar, qiziqarli masalalar, I, II, III darajali testlar, internet xabarlari
Darsning oltin qoidasi:
O’ZARO FIRK ALMASHISH
HAMJIHATLILIK
TASHABBUSKORLIK
IJODKORLIK
IZLANUVCHANLIK
DO’STONA MUNOSABATDA BO’LISH
Baholash mezonlari e`lon qilinadi:
“5” baho-qizil doira,
5
“4” baho-yashil to`rtburchak,
4
“3” baho-sariq uchburchak.
3
Har bir shartni birinchi bo`lib bajargan guruhga ham rag`bat-yashil romb berib boriladi
I.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
Mana bugun ochiq dars,
Xush kelibsiz, azizlar.
Dars o’tib xushnud qilay,
Tahlil qiling ustozlar.
***
Agarda qilsam xato
Xulosaga shoshilmang.
Beayb Parvardigordir,
Bunga hech shubha qilmang.
***
Darslarga kirsangiz gar,
Haftasiga bir bora.
Shunda balkim bizlarni,
Bosmas hayajon sira.
***
Marhamat kiring do’stlar,
Doim darsga tayyormiz.
Ko’taramiz tanqidni,
Biz axir ustozlarmiz.
So`zlarning eng shirini,
Ochiq aytay sirini,
Odob bog`in sharbatin,
Qalb gavharin qimmatin,
Qo`l berib shu so`z bilan,
Dillar qulfin ochamiz.
Aql nurin sochamiz.
Qaysi shirin so`z ekan?
Assalomu alaykum!
____Bolajonlar omonmisiz?
Bugun darsga tayyormisiz?
____ Ha, ustozjon, omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz!
Sinf 2 guruhga bo'lib olinadi
1. ____________
2._____________
|