• Yangi dars bayoni
  • Sana “ ” 201 yil




    Download 1,74 Mb.
    bet13/85
    Sana13.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #263206
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85
    Bog'liq
    2 5251430060115624224

    II. Darsning mazmuni:
    7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
    8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
    9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
    III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
    11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, kimyo “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
    Yangi dars bayoni:
    Sistematik nomenklatura. 1892- yil Jenevada Xalqaro kimyogarlar kongressida yangi nomenklatura qabul qilindi. Jeneva nomenklaturasi bo‘yicha moddalardagi asosiy zanjir nomerlanib, radikal nomining oldiga ushbu radikalning asosiy zanjirdagi qaysi uglerod atomiga birikkanligini ko‘rsatuvchi
    raqam qo‘yiladi.1960- yilda Nazariy va Amaliy kimyo Xalqaro Ittifoqi (IUPAC – Interna-tional Union of Pure Applied Chemistry) komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi nomenklatura e’lon qilindi. Bu nomenklaturada Jeneva nomenklaturasi takomillashtirilgan, ya’ni u tartibga solingan va unga ayrim tuzatish hamda qo‘shimchalar kiritilgan. Bu nomenklatura sistematik nomenklatura nomini
    oladi.Uglevodorodlarni sistematik nomenklaturada nomlash uchun quyidagi tartib va qoidalarga amal qilinadi: 1. Uglevodorod molekulasidagi eng ko‘p tarmoqlangan va eng uzun zanjirni asosiy zanjir sifatida tanlab olinadi.
    Alkanlarni galogenli hosilalarini nomlashXalqaro (sistematik) nomenklaturaga ko`ra alkanlarni galogenli hosilalarini nomlashda quyidagi qoida va ketma-ketlikka amal qilinadi:1. Galogen asosiy uglerod zanjirida bo`lishi kerak.2. Asosiy zanjirdagi uglerod atomlarini galogen yaqin tomondan raqam-
    lab chiqiladi.3. Yonaki zanjirdagi radikallar yoki galogenlarni nomi ularni asosiy zanjirdagi ular bog`langan uglerodni tartib raqami ko`rsatilgan holda alifbo tartibida aytib o`tiladi va ohirida asosiy zanjirni nomi aytiladi.
    Uglerod atomlari o’zaro birikkanda tarmoqlanmagan tuzilishdagi uglevodorodlarni normal (n) uglevodorodlar deyiladi. Tarmoqlangan zanjirli uglevodorod deb normal tuzilishdagi uglevodoroddagi vodorod atomlari o’rnini uglevodorod radikallari egallagan moddalarga aytiladi. Uglerod atomining
    soni oshgan sari, izomerlar soni ham ortib boradi.



    Download 1,74 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   85




    Download 1,74 Mb.