• Yangi dars bayoni : Fizikada tabiatdagi jarayon va hodisalarni o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot metodlari mavjud.
  • Sana “ ” 201 yil




    Download 1.2 Mb.
    bet3/125
    Sana13.11.2023
    Hajmi1.2 Mb.
    #98085
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
    Bog'liq
    10-Sinf-Fizika-fanidan-YILLIK-dars-ishlanmalar
    To\'rayeva S, 2019S lecture 01, 2-semestr Nazariy fizika (kvant mexanika) oraliq 2022-2023, Begaliyeva shoxsanam, amaliyot hisoboti, vazifa, Toshpo`latov Azizbek 1, Tillar shajarasi, 3-maruza Elektronika, 001, 3-dars Muahammad Javohir, O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi, yosh psixologiya 2.doc, 41675
    I. Tashkiliy qism: 5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
    6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
    II. Darsning mazmuni:
    7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
    8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
    9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
    III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
    11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, fizika“ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
    Yangi dars bayoni:
    Fizikada tabiatdagi jarayon va hodisalarni o‘rganishda o‘ziga xos tadqiqot metodlari mavjud.
    Fizika eksperimental fan hisoblanadi. Shu bois tajriba o‘tkazish jarayoni alohida sharoitni talab qiladi. Bunda o‘rganilayotgan jarayonga tashqi ta’sir ko‘rsatilmasligiga harakat qilinadi.Bundan tashqari, jarayonlarga tegishli fi zik parametrlar orasidagi bog‘lanishni matematik ifodalar orqali beriladi. Shunga ko‘ra fi ziklar jarayonlarning bundan keyingi borishini yoki oldin qanday bo‘lganligini juda aniq aytib berishga muvaffaq bo‘ldilar. Buyuk italyan fi zigi Galileo Galiley
    shunday deb yozgan edi: “Tabiat kitobi”ni tushunish uchun uning yozilgan tilini bilishing kerak. Bu til – matematikadir.Kuzatishlardan ko‘pgina hodisalar uchun ma’lum bir qonuniyatlar mavjud ekanligi taxmin qilinadi. Bunday taxminlar ilmiy gipoteza deyiladi.Gipotezani tekshirish uchun, olimlar tajriba (eksperiment) o‘tkazishadi. Buning uchun tabiiy sharoitga yaqinlashtirilgan maxsus sharoitlar yaratiladi. Gipotezani shakllantirish va eksperiment o‘tkazish hamda uning natijala-
    rini tushuntirish uchun, mazkur jarayon yoki hodisaning modeli tuziladi. Biror bir jarayonning modeli deyilganda uning ixchamlashgan, tartibga solingan, muhim jihatlari ajratib ko‘rsatilgan holati tushuniladi. Bunga misol sifatida moddiy nuqta va ideal gaz tushunchalarini misol qilib aytish mumkin.Eksperiment o‘tkazish jarayonida tashqi ta’sirlardan to‘la qutulib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan, olingan natijaga ko‘ra ideal sharoitda qanday natija chiqishini aytib berish mumkin bo‘ladi. Bu ideal vaziyat ilmiy ideallashtirish deyiladi. Aynan mana shu hodisalar tashqaridan qaralganda murakkabga o‘xshasa-da, lekin ular bo‘ysunuvchi qonunlar sodda bo‘lishini ko‘rsatadi.
    Fizik jarayonlar borishi haqidagi gipoteza tasdiqlansa, u fi zik qonunga aylanadi.Mexanikaning asosiy mazmunini buyuk ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan shakllantirilgan uchta qonun, butun olam tortishish qonuni, elastiklik va ishqalanish kuchlariga doir qonuniyatlar tashkil etadi. Gaz jarayonlari uchun uning bosimi, hajmi va temperaturasi orasidagi bog‘lanishni ifodalaydigan qonunlar ochildi. Tinch holatda turgan zaryadlangan zarralar orasidagi o‘zaro ta’sir fransuz fi zigi Sharl Kulon tomonidan ochilgan qonunga bo‘ysunadi.Keng qamrovli hodisalarni tushuntiradigan qonunlar to‘plami ilmiy nazariya deyiladi. Masalan, Nyuton qonunlari mexanikaning klassik nazariyasini tashkil etadi. Ingliz fi zigi D.K.Maksvell tomonidan shakllantirilgan qonunlar elektromagnitizm uchun klassik nazariya mazmunini tashkil etadi.Ilmiy nazariya o‘z ichiga qonunlar bilan birgalikda bu qonunlarni shakllantirishda foydalanilgan fi zik kattaliklar va tushunchalarning ta’rifl arini ham oladi.Eng muhimi, fi zik nazariyadagi barcha aniqlanadigan kattaliklar tajribada o‘ lchana oladigan bo‘lishi kerak.Barcha fi zik qonunlar va nazariyalar haqiqatga yaqin bo‘lishi kerak.

    Download 1.2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




    Download 1.2 Mb.