• Shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan harakatlarda jism faqat bitta harakatda qatnashgan hollar o‘rganilgan. Hayotda ko‘pincha jismlar bir
  • Sana “ ” 201 yil




    Download 1.2 Mb.
    bet7/125
    Sana13.11.2023
    Hajmi1.2 Mb.
    #98085
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
    Bog'liq
    10-Sinf-Fizika-fanidan-YILLIK-dars-ishlanmalar
    To\'rayeva S, 2019S lecture 01, 2-semestr Nazariy fizika (kvant mexanika) oraliq 2022-2023, Begaliyeva shoxsanam, amaliyot hisoboti, vazifa, Toshpo`latov Azizbek 1, Tillar shajarasi, 3-maruza Elektronika, 001, 3-dars Muahammad Javohir, O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi, yosh psixologiya 2.doc, 41675
    Yangi dars bayoni:
    7-sinfda siz turli mexanik harakatlar bilan tanishgansiz. Ularni birgalikda eslaylik:
    1. To‘g‘ri chiziqli tekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi va yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = ·t formula bilan aniqlanadi.2. To‘g‘ri chiziqli notekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi o‘zgaradi, lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = o‘rt · t formula bilan aniqlanadi. Bunda o‘rt – jismning o‘rtacha tezligi.3. To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya’ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Bosib o‘tilgan yo‘l s = o· t ± formula bilan aniqlanadi (“+ˮ) ishora tekis tezlanuvchan, a > 0, (“ – ˮ) ishora tekis sekinlanuvchan (a < 0) bo‘l ganda qo‘yi ladi).4. Egri chiziqli tekis harakat. Egri chiziqli harakatning xususiy holi sifatida aylana bo‘ylab tekis harakatni olish mumkin. Bunday harakatda har doim tezlik yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib, trayektoriyaga urinma bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.Harakatning asosiy parametrlari:  – chiziqli tezlik; ω – burchak tezlik; T – ayla nishlar davri; v – aylanishlar chastotasi; Syoy – yoy uzunligi; s – bosib o‘tilgan yo‘l.
    Shuni ta’kidlash joizki, yuqorida keltirilgan harakatlarda jism faqat bitta harakatda qatnashgan hollar o‘rganilgan. Hayotda ko‘pincha jismlar bir
    vaqtning o‘zida bir nechta harakatda qatnashadi. Masalan, daryo bo‘ylab harakatlanayotgan kema, poyezd vagoni ichida yurib ketayotgan odam, uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yuk va h.k. Bunda daryoda harakatlanadigan kema o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli bir yo‘nalishda 1 tezlik bilan harakatlansa, suv uni 2 tezlik bilan oqim yo‘nalishida harakatlantiradi. Bu misollarda jismning ikkita harakatda qatnashayot ganligi ko‘rinib turibdi.Shunday savol tug‘iladi. Kemaga o‘z dvigatelining tortish kuchi tufayli berilgan 1 tezlik daryoning oqish tezligiga bog‘liqmi? Uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liqmi?Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kemaning tezligi suvning oqish tezligiga, samol yotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog‘liq emas!Bundan shunday xulosa kelib chiqadi.



    Download 1.2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




    Download 1.2 Mb.