• III. Yangi mavzu bayoni
  • TANSIHATLIK – TUMAN BOYLIK
  • Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism




    Download 108.57 Kb.
    bet7/10
    Sana23.06.2023
    Hajmi108.57 Kb.
    #75414
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2-sinf o\'qish IV- chorak tayyor
    Alisher, 2, Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari (Y.Allayorov, Y.Tojiboyev), Qòrqinchli Tehron (roman), Meditsinada axborot texnologiyaları pánınen isshi dastur, aynura, 3- laboratoriya ishi, Kompyuter grafikasi fanidan o\'quv qo\'llanma, «Uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish dasturi 3d studio max, 03-3-602 от 04.04.2023, 2 5337279257997476273, Mustaqil ta\'lim (2), Mustaqil ta\'lim (2), 2-Mustaqil ish
    Jami

    45 daqiqa



    I. Tashkiliy qism.
    Salomlashish.
    Davomatni aniqlash.
    O'quvchilami darsga hozirlash.
    II. O`tgan mavzuni mustahkamlash
    O‘quvchilar savollarga javob beradilar.
    - Tabiatdagi qanday qushlami bilasiz?
    - Qanday hayvonlar bor?
    - Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlardan qaysilarini bilasiz?
    - Qaysi qushlar qishda uchib ketmaydi? ipj «Bu nima?» o‘yini.
    O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Bu nima?» o‘yini o‘tkaziladi. Bu o‘yinda bir o'quvchi xattaxta yoniga chiqadi. Unga sezdirmasdan o‘quvchilarga biror uy hayvoni yoki parranda ras-mi ko‘rsatiladi. 0‘quvchi boshqalarga savol beradi: «Bu uy hayvoni-mi?», «Bu insonlaming uzog‘ini yaqin qiladimi?», «Kishnaydimi?»... O'quvchilar esa faqat «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob berishadi. Javobni tezroq topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
    III. Yangi mavzu bayoni
    Yangi mavzu e’lon qilinadi va xattaxtaga yoziladi: «Tansihatlik -tuman boylik».
    Ertak mazmuni suratlar yordamida tushuntiriladi.
    O‘qituvchi ertakni darslikdan ifodali o‘qib beradi. O’quvchilar kuzatib, tinglaydilar.
    Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
    TANSIHATLIK – TUMAN BOYLIK
    (O‘zbek xalq ertagi)
    O‘tgan zamonda bir qashshoq yigit donishmand cholning oldiga kelib:
    – Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishni bilmay
    qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan,– debdi. Chol:
    – Sen kambag‘almisan? – desa, u:
    – Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz yo‘q, – deb zorlanibdi.
    Chol:
    – Xo‘p, bo‘lmasa, menga o‘ng qo‘lingni sot, necha pul beray, – desa, haligi yigit:
    – Yo‘q, o‘ng qo‘lim o‘zimga kerak, sotmayman, – debdi. Shunda chol:
    – Bo‘lmasa o‘ng ko‘zingni sot, – debdi.
    – Nega men o‘ng ko‘zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, –debdi yigit.
    Chol shu tarzda yigitning tana a’zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit
    “Yo‘q” javobini qaytaravergach, chol unga:
    – Ha, butun tanang sog‘ bo‘lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan? Kishining tan-joni sog‘ligi – tuman boyligi-ku. “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, deb bekorga aytilmagan. Sog‘ bo‘lsang hamma ish qo‘lingdan keladi, kuning o‘tadi, – deb javob beribdi
    Lug'at ishi:
    qashshoq - o‘ta kambag‘al, faqir
    zorlanib - shikoyat qilib, xafa bo‘lib
    tuman - nihoyatda ko‘p, sanog'iga yetib boimaydigan
    Suhbat uchun savollar:
    1. Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
    2. Inson yaxshi yashashi uchun nima qilishi kerak deb o‘ylaysiz? Harakatli dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. O‘quvchilar birgalikda bajaradilar.
    Derazani ochaman toza havo kirsin deb,
    Badantarbiya qilaman tanim kuchga to‘lsin deb.

    Download 108.57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 108.57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jami 45 daqiqa I. Tashkiliy qism

    Download 108.57 Kb.