• Dars turi
  • III.Yangi mavzu bayoni. KENJA O‘G‘IL (O‘zbek xalq ertagi)
  • Sana Mavzu




    Download 108.57 Kb.
    bet9/10
    Sana23.06.2023
    Hajmi108.57 Kb.
    #75414
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    2-sinf o\'qish IV- chorak tayyor
    Alisher, 2, Favqulodda vaziyatlarda tez tibbiy yordam asoslari (Y.Allayorov, Y.Tojiboyev), Qòrqinchli Tehron (roman), Meditsinada axborot texnologiyaları pánınen isshi dastur, aynura, 3- laboratoriya ishi, Kompyuter grafikasi fanidan o\'quv qo\'llanma, «Uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish dasturi 3d studio max, 03-3-602 от 04.04.2023, 2 5337279257997476273, Mustaqil ta\'lim (2), Mustaqil ta\'lim (2), 2-Mustaqil ish
    B) Tarbiyaviy: Ota-onani hurmat qilish va qadrlashga o'rgatish.
    C) Rivojlantiruvchi: O'quvchilaming tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirish.
    O`quv jarayoniga oid kompetensiya: . F.k.1. o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;T.k.3. mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
    Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash.Yangi bilim berish.
    Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.
    Jihozlar: Ertakka doir suratlar.
    Dars jarayoni:

    T/R

    Bo’limlar

    Vaqti

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O`tgan mavzuni mustahkamlash

    5 daqiqa

    3

    Yangi mavzu bayoni

    15 daqiqa

    4

    Yangi mavzuni mustahkamlash

    10 daqiqa

    5

    O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

    10 daqiqa

    6

    Uyga vazifa

    2 daqiqa

    Jami

    45 daqiqa



    I.Tashkiliy qism:
    Salomlashish;
    Darsning maqsadini aytish;
    Darsga hozirlik ko’rish.
    II.O`tgan mavzuni mustahkamlash O'tgan darsda o'tilgan ertak o'quvchilarga o'qitiladi va mazmuni so'zlatiladi, fikrlar umumlashtirilib, mavzu xulosalanadi. 15 daqiqa
    III.Yangi mavzu bayoni.
    KENJA O‘G‘IL
    (O‘zbek xalq ertagi)
    O‘tgan zamonda bir donishmand cholning uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. O‘g‘illari voyaga yetgach, chol ularga bunday debdi:
    – Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o‘stirdim, har biringiz bir ro‘zg‘orning egasi bo‘lib qoldinglar. Endi otlaninglar, turli shaharlarga borib, qo‘rg‘on
    solib kelinglar! To‘ng‘ich o‘g‘li farg‘ona vodiysining hamma shaharlariga borib, u yerlarga bittadan uy solibdi. O‘rtancha o‘g‘il Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo‘rg‘onlar qurdiribdi. Kenja o‘g‘ilning xotini oqila, dono ayol ekan. u eriga:
    – Dadangiz turli shaharlarga qo‘rg‘on solinglar, deyishi bilan har bir shahardan do‘st orttiringlar demoqchi, – debdi.
    Kenja o‘g‘il safarga chiqibdi. u qayerda bo‘lmasin, surishtirib, eng yaxshi, vafodor kishilarni topib, ular bilan do‘stlashibdi.
    – Qani, kim qaysi shaharga qanday uy qurdi ekan? – debdi chol bir kuni. –
    Yuringlar, bir aylanib ko‘rib kelaylik. u o‘g‘illari bilan birga katta o‘g‘il qurgan qo‘rg‘onlarga borsa, so‘rrayib uy-joyning o‘zi, odamsiz turgan emish. O‘rtancha o‘g‘ilning qilgan ishlari ham xuddi akasinikiga o‘xshabdi.
    – Bu qo‘rg‘onlarning odamlari qani? – so‘rabdi chol. To‘ng‘ich va o‘rtancha o‘g‘il
    unga javob bera olmabdi. Hammalari kenja o‘g‘ilning yor-birodarlari yashaydigan yerlarga borishgan ekan, ularni izzat-hurmat bilan kutib olibdilar, ketma-ket ziyofatdan bo‘shamay qolibdilar. Shunda chol o‘g‘illariga qarab bunday degan ekan:
    – Har bir shahardan orttirilgan do‘st u yerga bir qo‘rg‘on qurish bilan teng! Mening maqsadimni faqat kenja o‘g‘lim tushunibdi.

    Download 108.57 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 108.57 Kb.