Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish, СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ БИОЛОГИИ, Mavzu Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonla, maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-oiladagi-shaxslararo-munosabatlarini-o-rganish, Toshkent farmatsevtika instituti
Davlat etaloni – davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha 
etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos 
sifatida xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon. 


228 
Maxsus etalon – birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini 
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan 
etalon. 
Ikkilamchi etalon – birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi 
etalonidan oladigan etalon. 
Nusхa–etalon – birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun 
mo‘ljallangan ikkilamchi etalon. 
Ishchi etalon – birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish 
uchun mo‘ljallangan etalon. 
Aniqlik – bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga 
yaqinligini ifodalaydi. 
Ishonchlilik – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon 
hisoblanadi. 
To‘g‘rilik – o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga 
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. 
Mos keluvchanligi – bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga 
yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. 
Qaytaruvchanlik – ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil 
joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir – 
biriga yaqinligini bildiradi. 
Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini 
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladi. Masalan, g‘adir-
budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda – muayyan tayyorlash sharoitida hosil qilinadigan, aniq 
xossalarga ega bo‘lgan moddadan iborat o‘lchov. Masalan, “toza temir”, “toza 
suv”, “toza metall” va boshqalar. 
O‘lchovlar magazini - sanoq qurilmalari bilan bog‘langan maxsus qayta 
ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib birlashtirilgan o‘lchovlar 
to‘plami. 
Variometr - har biri o‘zgarmas qiymatli induktivlikka ega va biri 
ikkinchisiga nisbatan qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan ikkita g‘altak ko‘rinishidagi qurilma. 


229 
O‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov 
berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi 
mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi. 
Parametrik o‘zgartkichlar - kirish va chiqish kattaliklari turlicha bo‘ladigan 
o‘lchash o‘zgartkichlari. Masalan, temperaturaning turmoelektrik o‘zgartkichi 
(termopara). 
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi - kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan o‘zgartkich. 
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchash o‘zgartkichi ishining birinchi 
bosqichi bo‘lib, unda o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik 
qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi. 
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki 
o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga 
uzatilishi mumkin. 
Oraliq o‘lchash o‘zgartkichi - o‘lchash zanjirida birlamchi o‘zgartkichdan 
keyingi o‘rinni egallagan o‘lchash o‘zgartkichi bo‘lib, o‘lchanayotgan fizik 
kattalikni unifikatsiyalashgan (bir xillashgan) signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan 
o‘zgartkichdir. 
Uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichi – o‘lchash axboroti signallarini masofadan 
turib uzatish uchun mo‘ljallangan o‘zgartkichdir.
Mexanik o‘zgartkichlar – kiruvchi mexanik kattaliklar (bosim, kuchlanish, 
tezlik, ...) ni boshqa ko‘rinishdagi chiquvchi mexanik kattalikka (masalan, 
ko‘chish, aylanish chastotasi, bosim, ...) aylantirib beradigan o‘zgartkichlar

Download 8.92 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish