Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish, СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ БИОЛОГИИ, Mavzu Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonla, maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-oiladagi-shaxslararo-munosabatlarini-o-rganish, Toshkent farmatsevtika instituti
Interferometr - nurning interferensiyasiga asoslangan asbobdir. Barcha 
interferometrlarning ishlash usuli bir xil va faqat korent nur taramlarini, ya’ni 
fazalarining doimiy ayirmasiga ega bo‘lgan qo‘shiladigan taramlarni hosil qilish 
usullari bilan farqlanadi. 
O‘lchash mikroskoplari - chiziqli va burchak oichamlari, rezbali kalibrlar 
tashqi rezbasining parametrlari, metchiklar, rezbali frezalar hamda murakkab 
shaklli detallar, shablonlar, shakldor keskichlar va shu kabilarni olchashga 
mo‘ljallangan maxsus optik asboblardir. 
Tarozi – jismning massasini unga ta’sir etuvchi og‘irlik kuchi bo‘yicha 
aniqlashga mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. 
Termometr - temperaturani kontaktli usulda о‘lchashga mо‘ljallangan 
о‘lchash vositalasi. 
Pirometr - kontaktsiz о‘lchashga mо‘ljallangan o‘lchash vositalasi. 
Kengayish termometrlari – ishlash prinsipi temperatura о‘zgarishi bilan 
suyuqlik yoki qattiq jismlar hajmining yoki chiziqli о‘lchamlarining о‘zgarishiga 
asoslangan temperatura o‘lchash asbobi. 
Manometrik termometrlar – ishlash prinsipi moddalar hajmi о‘zgarmas 
bо‘lganda temperatura о‘zgarishi bilan bosimning о‘zgarishiga asoslangan 
temperatura o‘lchash asbobi. 
Termoelektr termometrlar – ishlash prinsipi temperatura ta’sirida о‘zgargan 
termoelektr yurituvchi kuchning о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash 
asbobi. 
Qarshilik termometrlari – ishlash prinsipi о‘tkazgich va yarim 
о‘tkazgichlarning temperatura о‘zgarishi hisobiga elektrik qarshiliklarni 
о‘zgarishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi. 
Optik pirometr – issiq jismning ravshanligini о‘lchash asbobi.


234 
Rangli pirometr – jismning issiqlikdan nurlanish spektridagi energiyaning 
taqsimlanishini о‘lchashga asoslangan asbob.
Radiatsion pirometrlar – issiq jism nurlanishining quvvatini о‘zgarishiga 
asoslangan asbob. 
Gazli termometrlar - ishlash prinsipi temperatura ta’sirida gaz hajmining va 
uning bosim kuchining ortishiga asoslangan temperatura o‘lchash asbobi. 
Kondensatsion manometrik termometrlar - 25 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
intervaldagi temperaturani о‘lchash uchun ishlatiladigan, quyi о‘lchash chegarasi -
25 dan 100 °C gacha, yuqori chegarasi 35 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan 
tanlab olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 150 °C gacha bо‘lgan oraliqda 
о‘zgarib turadigan temperatura o‘lchash asboblari. 
Suyuqlikli manometrik termometrlar – -50 dan 300 °C gacha bо‘lgan 
temperaturalarni о‘lchash uchun qо‘llaniladigan, quyi о‘lchash chegarasi -50 dan 
100 °C gacha, yuqori chegarasi 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan intervaldan tanlab 
olinadi va о‘lchash diapazoni 50 dan 300 °C gacha bо‘lgan oraliqda о‘zgarib 
turadigan temperatura o‘lchash asbobi. 
Bimetall termometrlar - ishlash prinsipi turli kengayish koeffitsiyentlariga ega 
bо‘lgan (bimetall) metallardan tayyorlangan ikki plastinalarning temperatura 
о‘zgarishiga bog‘liq tarzda bukilishiga asoslangan termometrlar. 
Qarshilik termometri - tarkibiga elektr qarshilikni temperaturaga bog‘liqligi 
asosida ishlovchi termoо‘zgartirgich va о‘lchanayotgan qarshilikdan kelib chiqqan 
holda 
temperaturaning 
qiymatini 
kо‘rsatuvchi 
ikkilamchi 
asboblarni 
mujassamlashtirgan temperatura о‘lchash komplekti. 
Texnologik signalizatorlar - nazorat qilinadigan parametrlarni belgilangan 
qiymatdan og‘ishini bildiruvchi (signal beruvchi) va pozitsiyali rostlash (ulash, 
uzish) ga mo`ljallagan avtomatik elementlar. Signalizatorlarni o`lchash 
asboblaridan farqi ko`rsatish shkalalarini bo`lmasligi va ularning o`rniga kontaktlar 
o`rnatilishi bilan izohlanadi. Signalizatorlarda ishga tushish diapazonini rostlash 
mexanizmlari bo`lib, ular ishlash diapazonini o`zgartirish imkonini beradi. 

Download 8.92 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish