Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish, СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ БИОЛОГИИ, Mavzu Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonla, maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-oiladagi-shaxslararo-munosabatlarini-o-rganish, Toshkent farmatsevtika instituti
Elektromexanik o‘zgartkichlar - kiruvchi mexanik kattaliklar (bosim, 
ko‘chish, kuchlanish, ...) ni chiquvchi elektr kattaliklar (kuchlanish, elektr toki, 
qarshilik, induktivlik, ...) ga o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan o‘zgartkichlar. 
Generatorli o‘zgartkichlar - shunday o‘zgartkichki, ularda axborot oqimini 
shakllantirish uchun qo‘shimcha manbadan energiya talab qilinmaydi. 
Parametrik o‘zgartkichlar - shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va 
axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. 


230 
Termopara - keng tarqalgan termoelektrik o‘zgartkichlardan biri bo‘lib, u 
ikki turli moddadan iborat o‘tkazgichlar uchlarini birlashtirib payvandlash orqali 
hosil qilinadi. O‘tkazgichlarning ikkinchi uchlari ikkilamchi asbobga ulanadi. 
Datchik (ma’lumot beruvchi)- nazorat qilinadigan yoki boshqariladigan 
kattalikni boshqa turdagi kattalikka, ya’ni keyinchalik qayta ishlov berish uchun 
qulay signalga aylantirib beruvchi element. 
Aktiv qarshilikli (reostatli) parametrik datchiklar - bu datchiklar tizimdagi 
chiziqli va burchak siljishlarni, kuch momentlarini, tebranishlarni va titrashni
tezlanishni va boshqa elektromagnit kattaliklarni о‘lchash uchun qо‘llaniladi. 
Reostatli datchik – harakatlanuvchi kontakti о‘lchanayotgan noelektrik 
kattalik 
х
ning ta’sirida kо‘chib yuradigan datchik. 
Potensiometrik datchiklar – reostatli datchiklar kо‘pincha potensiometrik 
sxema bо‘yicha ulanadi va chiziqli siljishlarni о‘lchaydi. 
Tenzometrik datchiklar – qattiq jismlarning elastik deformatsiyalarini 
о‘lchash uchun ishlatiladigan datchiklar. 
Sig‘imli datchiklar - sig‘imli datchiklar sig‘imi о‘lchanayotgan noelektrik 
kattalik ta’sirida о‘zgaradigan kondensatordan iborat. 
Termoelektrik datchiklar - kirishdagi issiqlik ta’sirini chiqishda EYUK 
signaliga aylantirib beradigan datchiklar bo‘lib, bu datchiklardan amaliyotda eng 
kо‘p ishlatiladigani – termoparalardir. 
Pezoelektrik datchiklar - pezoeffektga ega bо‘lgan materiallardan (masalan, 
kvars, fosfat ammoniydan) tayyorlangan plastinalar yig‘indisidan tashkil topadi. 
Dielektrikning 
yuza 
qismini 
mexanik 
deformatsiyalanishidan 
(masalan, 
plastinalarga F kuch qо‘yilganda) ularning sirtida elektr zaryadlari paydo bо‘ladi 
(23-rasm). Bunda zaryadlar yig‘indisi kuch miqdorini, uning belgisi esa kuch 
yо‘nalishini bildiradi. 
Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar – bu o‘zgartkichlarning ishi magnit 
oqimlarini kompensatsiyalashga asoslangan. Magnitomodulatsion o‘zgartkichlar 
birlamchi 
asbob 
sezgir 
elementining 
chiziqli 
siljishini 
o‘zgarmas 
unifikatsiyalangan chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 


231 
Pnevmtik o‘gartkichlar - o‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish 
signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan 
o‘zgartkichlar bo‘lib, ularning ichida kuch kompensatsiyali va siljish 
kompensatsiyali o‘zgartkichlar yong‘in va portlash xavfi bor korxonalarda keng 
ishlatiladi. 
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi – o‘lchash vositalarining 
umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz 
xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir etuvchi boshqa tavsiflar 
bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi. 
Shtangenasboblar - o‘lchash va belgi qo‘yish uchun mo‘ljallangan 
asboblarning katta guruhidir. Bu asboblarni boshqa asboblardan farqlovchi 
xususiyati shuki, bularda har bir 1 mm da bo‘linmalari bor shkalali lineyka 
(shtanga) qo‘llanadi, millimetrini o‘nli va yuzli qismlari esa asosiy shkaladan 
yordamchi (qo‘shimcha) - nonius shkalasi yordamida o‘qiladi. 

Download 8.92 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish